{"id":108439,"date":"2023-09-26T08:15:14","date_gmt":"2023-09-26T05:15:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108439"},"modified":"2023-09-26T08:15:17","modified_gmt":"2023-09-26T05:15:17","slug":"hech-narsa-hech-nima","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hech-narsa-hech-nima\/","title":{"rendered":"Hech narsa, hech nima"},"content":{"rendered":"\n<p>Hech narsa, hech nima \u2014 har qanday sifatning, muayyan ob&#8217;yektning va umuman bor bo&#8217;lgan narsalarning yo&#8217;qligini, mavjud emasligini ifodalovchi falsafiy tushuncha. U mavjudlik, borliq, nimadir degan tushunchalarning qarama-qarshisi. U \u2014 yo&#8217;qlikdir. Yo&#8217;qlik \u2014 Hech narsadir. Borliq tushunchasi nimaningdir mavjudligini ifodalasa, yo&#8217;qlik tushunchasi esa o&#8217;sha joyda nimaningdir mavjud emasligini anglatib, nimaning aksi bo&#8217;lgan Hech narsani ifodalaydi. Yo&#8217;qlik deb o&#8217;tmishdagi va kelajaqdagi hodisalarning hozirgi zamonda (aynan shu vaqtda) yo&#8217;q ekanligiga qo&#8217;llash mumkin. Bugungi hodisa kecha yo&#8217;q edi, ammo potentsial (imkoniyatdagi) borliq sifatida mavjud edi. Ertangi hodisa ham hozircha yo&#8217;qlik, ammo potentsial borliqdir. Biz o&#8217;tmishni bugungi kunda qoldirgan iziga qarab, kelajakni esa bugungi hodisalardagi o&#8217;zgarish sur&#8217;atiga va tendentsiyalariga qarab faraz qilamiz. Bugungi voqelik ertaga esa yo&#8217;qlikka aylanadi, bugun tirik bo&#8217;lgan ko&#8217;pgina jonivorlar ertaga o&#8217;lik bo&#8217;ladi. Mutlaq yo&#8217;qlikning o&#8217;zi yo&#8217;qdir. Hech narsani gnoseologik ma&#8217;noda ham tushunish mumkin. Biz yo&#8217;q deb hisoblagan ob&#8217;yektlar hozircha bizning fikr doiramizdan (bilish chegarasidan) chetda qolgan bo&#8217;lishi ham mumkin. O&#8217;tgan asrlarda elektromagnit maydonining, ko&#8217;pgina elementar zarralarning mavjudligi haqidagi tasavvurlar yo&#8217;q edi. Aniqrog&#8217;i, biz ularning mavjudligini bilmas edik. Ular biz uchun &#171;yo&#8217;qlik&#187; hisoblanar edi. Hech narsa tushunchasi haqida qadimdan mutafakkirlar fikr yuritib kelishadi. Demokrit harakat va o&#8217;zgarishlar bo&#8217;lishi uchun borliq (atomlar) va bo&#8217;shliq (Hech narsa) bo&#8217;lishi lozim, deb ta&#8217;kidlagan. Sofist Gorgiy Hech narsa borliqning teskari tomonidir deydi. Platon va Aristotel fikricha, Hech narsa o&#8217;z-o&#8217;zicha imkoniyat, passiv bog&#8217;liqlik bo&#8217;lib, bu sifatlar har bir konkret narsada mujassamlashgan bo&#8217;ladi. Plotin falsafasida Hech narsa, ya&#8217;ni yo&#8217;qlik yomonlik bilan aynanlashtiriladi. Sharq falsafasida, kalom ta&#8217;limotida, Forobiy va Ibn Sino asarlarida Hech narsa azaliy borliqsan tashqaridagi iroda sifatida talqin etiladi va u hamma narsaning ibtidosi va intihosidir deb ta&#8217;kidlanadi. Hayopg falsafasisa hamma balolar yo&#8217;qlikdan kelib chiqadi, deyiladi. Gegel &#171;mantiq fani&#187; asarida Hech narsa sof borliqning qarama-qarshisi, kategoriyalar harakatining dastlabki bosqichidir deb hisoblagan. 19-asr oxiri \u2014 20-asr boshlariga kelib an&#8217;anaviy metafizika ta&#8217;limotining susayishi tufayli Shopengauer, Nisshe, Bergson tomonidan Hech narsa ma&#8217;nosiz tushuncha sifatida falsafiy iste&#8217;moldan chiqarib tashlandi. Ammo, zamonaviy kosmologik kontsepsiyada hamma narsa o&#8217;sha Hech narsadan vujudga kelgan deyiladi. Shunday ekan, Hech narsa aslida hamma narsaning ibtidosi va intihosi, asosi va davomchisi, sababchisi va oqibati, yaratuvchisi va yo&#8217;qotuvchisidir. Ad.: Al-Farabi, Filosofskie traktati, Alma-ata, 1970;Turaev B.O., Soderjanie prostranstva i vremeni v proshlom i nastoyashem, v kn. Klassicheskaya Nauka Sredney Azii i sovremennaya mirovaya tsivilizasiya, T., 2000; Podolnny R., Hech nimaning o&#8217;zi nima?, T., 1987;To&#8217;raev B.O., Karimov B.R., Hozirgi zamon fanlarida imkoniyat muammolari, T., 1993.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hech narsa, hech nima \u2014 har qanday sifatning, muayyan ob&#8217;yektning va umuman bor bo&#8217;lgan narsalarning yo&#8217;qligini, mavjud emasligini ifodalovchi falsafiy tushuncha. U mavjudlik, borliq, nimadir degan tushunchalarning qarama-qarshisi. U \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hech-narsa-hech-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108439","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108439","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108439"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108439\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108445,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108439\/revisions\/108445"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108439"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108439"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108439"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}