{"id":108559,"date":"2023-09-26T10:31:52","date_gmt":"2023-09-26T07:31:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108559"},"modified":"2023-09-26T10:31:56","modified_gmt":"2023-09-26T07:31:56","slug":"homiladorlik-toksikozlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/homiladorlik-toksikozlari\/","title":{"rendered":"Homiladorlik toksikozlari"},"content":{"rendered":"\n<p>Homiladorlik toksikozlari \u2014 homiladorlik davrida uchraydigan kasallik holati; nerv, yurak-tomir, endokrin sistemalar va moddalar almashinuvining o&#8217;zgarishi tufayli kelib chiqib, tug&#8217;ruqdan so&#8217;ng o&#8217;tib ketadi. Homiladorlik toksikozlariga homilador ayol organizmida mavjud xastaliklar sabab bo&#8217;ladi. Shuning uchun bo&#8217;yida bo&#8217;lgan ayol ertaroq (2 oygacha) ayollar maslahatxonasiga borib, vrach maslahatlaridan foydalanishi kerak. Ma&#8217;lumki, homiladorlik boshlanishida ko&#8217;pchilik ayollar boshqorong&#8217;i bo&#8217;ladi. Bu holatlar ba&#8217;zi ayollarda ertaroq, ba&#8217;zilarida esa kechroq boshlanib, o&#8217;tib ketadi. Ammo ba&#8217;zi homilador ayollarda bu alomatlar yo&#8217;qolmay, zo&#8217;rayib boradi, natijada Homiladorlik toksikozlari paydo bo&#8217;ladi. Homiladorlikning birinchi (ilk) va ikkinchi yarmi (kech) toksikozlari farq qilinadi. Ilk toksikozlar homiladorlikning dastlabki 12 haftasida ro&#8217;y beradi. Ayolning umumiy ahvoli o&#8217;zgaradi, dilgir bo&#8217;lib qoladi, ko&#8217;ngli ayniydi, so&#8217;lagi oqadi (ko&#8217;p), qusadi. Ba&#8217;zan ayol hadeb qayt qilaveradi, darmonsizlanadi, oza boshlaydi, uyquchan va serjahl bo&#8217;lib qoladi. Lekin Homiladorlik toksikozlarida kuzatiladigan to&#8217;xtovsiz (sutkasiga 20 martagacha) qusish organizmning suvsizlanishi va ayolning holsizlanishiga olib keladi. Uning qon bosimi pasayadi, gavda temperaturasi ko&#8217;tariladi, pulsi tezlashadi, terisi quruqshaydi, og&#8217;zidan noxush hid keladi. Bunday hollarda davolash tadbirlari yordam bermasa, ba&#8217;zan abort qilib, homilani olib tashlashga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Ilk toksikozlarda homilador ayol maslahatxonaga qatnab davolanishi mumkin; haddan tashqari ko&#8217;p qusish ayolni kasalxonaga yotqizishni talab etadi. Kech toksikozlar homiladorlikning ikkinchi yarmida, ko&#8217;pincha so&#8217;nggi oylarida vujudga keladi. Bularga homiladorlar istisqosi, nefropatiya, preeklampsiya va eklampsiya kiradi. Kech toksikozlarning barchasi ketma-ket kelib, kasallik bosqichma-bosqich kechadi. Homiladorlar istisqosida shish paydo bo&#8217;ladi. Odatda, u to&#8217;piqdan boshlanib, tizza, son, qorin va tashqi jinsiy a&#8217;zolarga o&#8217;tadi, so&#8217;ngra asta-sekin butun tanaga tarqaladi. Ayolning yuzi ko&#8217;pchiydi. Shish ayol gavdasining hamma qismiga tarqalgan bo&#8217;lsa ham uning umumiy ahvoli unchalik o&#8217;zgarmaydi, normal holatda vazni ortadi (homiladorlik davrida 10 kilogramm ortadi). Ayol og&#8217;irligini tarozida tortib turish yo&#8217;li bilan ham shishni aniqlash mumkin. Homilador istisqosida muntazam davolanish zarur. Homilador ayol oyda ikki marta maslahatxonaga borishi, shuningdek, vrach ko&#8217;rsatmalariga va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishi, haftada bir marta tarozida torttirib turishi lozim. Suyuqlik (sutkada 1 l gacha ruxsat etiladi) va tuzni cheklash, servitamin ovqatlar, sabzavotlar, ho&#8217;l mevalar, tvorog, kefir iste&#8217;mol qilish tavsiya etiladi. Ayol o&#8217;z vaqtida davolanib istisqoning oldini olmasa, parhezga, dam olish va mehnat rejimiga rioya qilmasa, istisqo nefropatiyaga o&#8217;tib ketadi. Homiladorlar nefropatiyasi odatda istisqodan keyin vujudga keladi. Nefropatiyaning asosiy belgisi shish va siydikda oqsil bo&#8217;lishidan iborat. Nefropatiyada homilaning rivojlanishi buziladi, u chala yoki o&#8217;lik tug&#8217;ilishi mumkin. Nefropatiyada ayol kasalxonada davolanadi; oldi olinmasa, u osonlikcha preeklampsiyaga o&#8217;tib ketadi. Preeklampsiyada ham nefropatiyadagi kabi shish, qon bosimining oshishi, siydikda oqsil bo&#8217;lishi bilan birga bemorning boshi qattiq og&#8217;riydi, ko&#8217;zi xiralashadi, ko&#8217;z oldida chivin uchayotganga o&#8217;xshab ko&#8217;rinadi; ko&#8217;krak ostida og&#8217;riq paydo bo&#8217;ladi. Bosh og&#8217;rib, ko&#8217;z xiralashuvi miyada qon aylanishining jiddiy buzilganligidan dalolat beradi. Bemor vaqtida davolanmasa, Preeklampsiya yanada og&#8217;irroq kasallik \u2014 eklampsiyaga aylanib ketadi. Homiladorlik toksikozlariga kasallikning shakliga qarab davo qilinadi. Oldini olish uchun homiladorlik davrida gigienaga rioya qilish (to&#8217;g&#8217;ri dam olish va mehnat qilish, bekamu ko&#8217;st ovqatlanish), ayollar maslahatxonasi nazoratida bo&#8217;lish, Homiladorlik toksikozlariga olib keladigan kasallikni o&#8217;z vaqtida davolatish lozim.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Homiladorlik toksikozlari \u2014 homiladorlik davrida uchraydigan kasallik holati; nerv, yurak-tomir, endokrin sistemalar va moddalar almashinuvining o&#8217;zgarishi tufayli kelib chiqib, tug&#8217;ruqdan so&#8217;ng o&#8217;tib ketadi. Homiladorlik toksikozlariga homilador ayol organizmida mavjud xastaliklar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/homiladorlik-toksikozlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108559","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108559","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108559"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108559\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108567,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108559\/revisions\/108567"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108559"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108559"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108559"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}