{"id":108563,"date":"2023-09-26T10:31:57","date_gmt":"2023-09-26T07:31:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108563"},"modified":"2023-09-26T10:32:03","modified_gmt":"2023-09-26T07:32:03","slug":"hukumat-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hukumat-3\/","title":{"rendered":"Hukumat"},"content":{"rendered":"\n<p>Hukumat \u2014 davlatning oliy kollegial ijroiya organi. Hukumat turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Frantsiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, O&#8217;zbekiston), davlat kengashi (XXR) va hokazolar. Hukumat partiyasiz, bir partiyali va koalitsion bo&#8217;lishi mumkin. Hukumat tuzish tartibi boshqaruv shakliga bog&#8217;liq bo&#8217;ladi. Parlamentar mamlakatlarda Hukumatni davlat boshlig&#8217;ining topshirig&#8217;iga ko&#8217;ra bir palatali parlamentda yoki ikki palatali parlementning quyi palatasida ko&#8217;pchilik o&#8217;ringa ega bo&#8217;lgan partiyaning yetakchisi (koalitsion Hukumatda \u2014 partiyalar yetakchilaridan biri) \u2014 tomonidan shakllantiriladi. Prezidentlik Respublikalarida Hukumat Prezident tomonidan shakllantiriladi, bunda bir qator mamlakatlarda (Belorussiya, Qozog&#8217;iston, Qirg&#8217;iziston va boshqalar) prezident tomonidan tayinlangan Hukumat a&#8217;zolarining har biri parlament tomonidan tasdiqlanishi kerak. Hukumat a&#8217;zolari (Vazirlar, davlat kotiblari va boshqalar) davlat boshqaruvining muayyan Markaziy idoralariga boshchilik qiladilar. Parlamentar mamla-katlarda ular, odatda, parlement a&#8217;zolari bo&#8217;lishi kerak, prezidentlik respublikalarida va qoidaga ko&#8217;ra, yarim prezidentlik respublikalarida ham vazirlik lavozimi va deputatlik mandatini birga qo&#8217;shib olib borish mumkin emasligi qoidasi amal qiladi. Parlamentar davlatlarda Hukumat parlament oldida (ikki palatali parlementda \u2014 quyi palata oldida) kollegial tarzda javobgar bo&#8217;ladi. Parlamentdagi ko&#8217;pchilik tarqalib ketganda (masalan, hukumat koalisiyasi bo&#8217;lganda) Hukumat iste&#8217;foga ketishi kerak yoki parlament tarqatib yuborilib, muddatidan ilgari saylovlar o&#8217;tkazish lozim bo&#8217;ladi. Federativ davlatlarda Markaziy Hukumat va federtasiya tarkibiga kiruvchi davlat tuzilmalari (Shtatlar, viloyatlar) Hukumati mavjud bo&#8217;ladi. Hukumat yo to&#8217;liq tarkibda ishlashi mumkin, yoki Hukumat boshlig&#8217;i bir muncha tor kollegiya (Buyuk Britaniya, Hindiston va boshqa mamlakatlarda \u2014 kabinet) \u2014 tuzadi. Hukumat o&#8217;z tarkibidan yordamchi hukumat qo&#8217;mitalari tashkil etishi mumkin. Hukumat qarorlari siyosiy direktivalar tusida ham, normativ hujjatlar yoki qonun loyihalari ko&#8217;rinishida ham rasmiylashtiriladi (odatda alohida vazirliklar tomonidan ishlab chiqiladi), keyin parlament tasdig&#8217;iga kiritiladi. O&#8217;zbekistonda Hukumat Vazirlar Mahkamasi deb nomlanadi. U ijtimoiy hayotning barcha sohalariga rahbarlik qiladi. Hukumat tarkibi Prezident tomonidan shakllantiriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hukumat \u2014 davlatning oliy kollegial ijroiya organi. Hukumat turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Frantsiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, O&#8217;zbekiston), davlat kengashi (XXR) va hokazolar. Hukumat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hukumat-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108563","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108563","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108563"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108563\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108571,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108563\/revisions\/108571"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108563"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108563"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108563"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}