{"id":108584,"date":"2023-09-26T11:56:37","date_gmt":"2023-09-26T08:56:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108584"},"modified":"2023-09-26T11:56:40","modified_gmt":"2023-09-26T08:56:40","slug":"hisor-olay-toglari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hisor-olay-toglari\/","title":{"rendered":"Hisor-olay tog&#8217;lari"},"content":{"rendered":"\n<p>Hisor-olay tog&#8217;lari &#8212; O&#8217;rta Osiyodagi tog&#8217; sistemasi. Shimolda Farg&#8217;ona botig&#8217;i, Janubda Pomir tog&#8217;lari va afg&#8217;on-Tojikiston botig&#8217;i, g&#8217;arbda Qizilqum cho&#8217;li, Sharqda esa Farg&#8217;ona va qaqshal tizmalarining Janubiy-Sharqiy qismi bilan chegaradosh. Tarkibiga olay tizmasi, Turkiston tizmasi, Nurota tog&#8217;lari, Zarafshon tizmasi va Hisor tizmasi kiradi. Ular bir-biridan kichik tektonik botiqlar va daryo vodiylari bilan ajralgan va bir qancha tarmoqlardan tashkil topgan. Hisor-olay tog&#8217;larining Sharqiy qismi Qirg&#8217;iziston, o&#8217;rta qismi Tojikiston va g&#8217;arbiy qismi O&#8217;zbekiston Respublikalari hududida joylashgan. Barcha tizmalar deyarli kengik bo&#8217;ylab 900 kilometrdan ziyod masofaga cho&#8217;zilgan. Hisor-olay tog&#8217;lari sharqda Olay tizmasi bilan boshlanadi. Tizma shimoldan Farg&#8217;ona botig&#8217;i, Janubdan olay botig&#8217;i bilan chegaralangan va Sirdaryo va Amudaryolarning suvayirg&#8217;ichidir. Ushbu daryolarning ko&#8217;pgina irmoklari (Vaxsh, Kofarnihon, Surxondaryo, Oqbura, Isfayram, Xo&#8217;jabaqirg&#8217;on, Shohimardon va boshqalar) Olay tizmasidan boshlanadi. Hisor-olay tog&#8217;lari gersin burmalanishi davrida shakllangan va hozirgi balandligiga yangi tektonik harakatlar ta&#8217;sirida ko&#8217;tarilgan. Tizmalar, asosan, paleozoy davri cho&#8217;kindi, metamorfik va otqindi tog&#8217;jinslaridan (slanes, qumtosh, konglomerat, ohaktosh, dolomit, granit, granodiorit va boshqalar) tashkil topgan. Tizmalarni bir-biridan ajratib turgan botiqlar, daryo vodiylari hamda Hisorning Janubiy-g&#8217;arbiy tarmoqlari yura, bo&#8217;r, paleogen, neogen va to&#8217;rtlamchi davr cho&#8217;kindi tog&#8217;jinslaridan tuzilgan. Tektonik jihatdan Hisor-olay tog&#8217;lari yaxlit yirik antiklinoriyni tashkil qilsa, alohida tizmalar antiklinoriyga mos keladi. Hisor-olay tog&#8217;lari tog&#8217;li o&#8217;lka bo&#8217;lganligi sababli, tizmalar yon bag&#8217;irlarida balandlik iqlim mintaqalari ifodalangan. Tizmalar etaklaridan yuqoriga tomon iqlim mintaqalari almashinib boradi. Biroq, ular har qaysi tizmada va ularning yon bag&#8217;irlari ekspozitsiyalarida har xil balandliklarda joylashgan. Tizmalarning 350-450 metr balandlikkacha bo&#8217;lgan qismlari (tog&#8217; etaklari), asosan, cho&#8217;l va chalacho&#8217;l iqlim mintaqasiga mos keladi. Bu mintaqada havo trasining sutkalik va yillik amplitudasi katta, yog&#8217;ingarchilik miqdori, nisbiy namlik va bulutli kunlar kam. Qish qisqa, sovuq emas, yoz uzoq vaqt davom etadi. Tizmalarning 1500 metr balandlikkacha bo&#8217;lgan qismida dasht iqlim mintaqasi o&#8217;rin olgan. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 20-25\u00b0, eng yuqori temperatura 35-40\u00b0. Tog&#8217;larning g&#8217;arbida temperatura Sharqiy qismiga nisbatan yuqoriroq. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -5\u00b0, -7\u00b0, eng pas temperatura -25\u00b0, -30\u00b0. Yillik yog&#8217;in 700 mm. O&#8217;rtacha 1500 metrdan 3500 metrgacha balandliklarda tipik tog&#8217; iqlimi hukm suradi. Bu mintaqada iqlim ancha sovuq va nam. Yillik yog&#8217;in tizmalarning G&#8217;arb va shimoli-g&#8217;arbga qaragan qismlarida 1000 mm dan ziyod. Undan yuqori qismida nivalglyasial mintaqa joylashgan. Hisor-olay tog&#8217;laridan boshlanadig&#8217;an barcha daryo va soylar Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon daryolari havzasiga mansub. Olay, Turkiston, Nurota tizmalarining shimoliy yon bag&#8217;irlaridan boshlanadigan hamma daryolar (qurshab, Oqbura, Aravon, isfayram, Shohimardon, So&#8217;x, Isfara, Xo&#8217;jabaqirg&#8217;on, Oqsuv, Zominsuv, Sangzor va boshqalar) Sirdaryo havzasiga qaraydi. Olay, Turkiston, Zarafshon, Hisor tizmalarining Janubiy yon bag&#8217;irlaridan boshlanuvchi daryolar (Vaxsh, Kofarnihon, Surxondaryo, Qashqadaryo va boshqalar) Amudaryo havzasiga mansub. Hisor-olay tog&#8217;laridan boshlanuvchi daryolar havzasining yuqori qismlarida ko&#8217;plab muzliklar va doimiy qor qoplamlari mavjud. Daryolar yomg&#8217;ir va mavsumiy qorlar erishidan hamda yer osti suvlaridan to&#8217;yinadi. Hisor-olay tog&#8217;larida kelib chiqishi va katta-kichikligi turlicha bo&#8217;lgan ko&#8217;llar (Iskandarko&#8217;l, Molguzar, Yashilko&#8217;l, Ko&#8217;kko&#8217;l, kuchandi, Shalaktama ko&#8217;l, Oqtol, Shaxshibaytko&#8217;l, O&#8217;rtadovon, Baqaloq, Suychiqti, Azarchashma, Ko&#8217;likalon, Gushor, Chaldara, buinko&#8217;l, Nejigan, Nofin, Xurdak, Hazarchashma va boshqalar) bor. Tuproq va o&#8217;simliklar balandlik mintaqalari bo&#8217;ylab tarqalgan. Ularning tarqalishiga tizmalar yon bag&#8217;irlarining kungay yoki terskayligining ham katta ta&#8217;siri bor. Tizmalar etaklarida harorat ancha balandligi va kam yog&#8217;in tushganligi tufayli cho&#8217;l va chalacho&#8217;l, dashtlarga xos tuproq va o&#8217;simliklar tarqalgan. Tizmalarning o&#8217;rtacha baland qismlarida tuprog&#8217;i kulrang va jigarrang tuproqlar. Bu tuproqlarda keng bargli o&#8217;rmonlar o&#8217;sadi. Olay va Turkiston tizmalarining shimoliy yon bag&#8217;irlarida 1900-2000 metrdan 3000 metrgacha balandliklarda jigarrang, qo&#8217;ng&#8217;ir tuproqlarda archazor tarqalgan. Archalar ostida betaga, yugan va boshqa dasht o&#8217;simliklari o&#8217;sadi. Dengiz sathidan 2800-3000 metr balandliklarda subalp baland tog&#8217;li mintaqasi joylashgan bo&#8217;lib, u yerlarda tog&#8217;-o&#8217;tloq-dasht tuproqlari tarqalgan. Bu mintaqada dashtlarga xos o&#8217;simliklar bilan birga yirik soyabon-gullilardan yugan, kamol, sevchek, ba&#8217;zi bir joylarda bularga oq so&#8217;xta, qo&#8217;ng&#8217;irboshlar aralashib o&#8217;sadi. 3000 metrdan balandda Alp mintaqasi joylashgan. Mintaqada tog&#8217;-o&#8217;tloq-dasht yarim torfli tuproqlar uchraydi. O&#8217;simlik qoplami past bo&#8217;yli kriofit dashtlidir. Undan yuqorida subnival mintaqa joylashgan bo&#8217;lib, tuproq, o&#8217;simliklar ba&#8217;zi yerlardagina uchraydi. 3600-4000 metr balandliklar nival-glyasial mintaqadan iborat. Mintaqa katta qismlari yalang qoya, Toshloq, qor, muzliklar bilan qoplangan. Murod Mamatqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hisor-olay tog&#8217;lari &#8212; O&#8217;rta Osiyodagi tog&#8217; sistemasi. Shimolda Farg&#8217;ona botig&#8217;i, Janubda Pomir tog&#8217;lari va afg&#8217;on-Tojikiston botig&#8217;i, g&#8217;arbda Qizilqum cho&#8217;li, Sharqda esa Farg&#8217;ona va qaqshal tizmalarining Janubiy-Sharqiy qismi bilan chegaradosh. Tarkibiga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hisor-olay-toglari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108584","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108584","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108584"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108584\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108586,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108584\/revisions\/108586"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108584"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108584"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108584"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}