{"id":108592,"date":"2023-09-26T12:28:23","date_gmt":"2023-09-26T09:28:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108592"},"modified":"2023-09-26T12:28:28","modified_gmt":"2023-09-26T09:28:28","slug":"hoshimov-otkir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hoshimov-otkir\/","title":{"rendered":"Hoshimov O&#8217;tkir"},"content":{"rendered":"\n<p>Hoshimov O&#8217;tkir (1941.5.8, Toshkent) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1991). ToshDU ning filologiya fakulteti jurnalistika bo&#8217;limini tugatgan (1964). &#171;Qizil O&#8217;zbekiston&#187; (1959-62), &#171;Toshkent haqiqati&#187; (1963 \u2014 66), &#171;Toshkent oqshomi&#187; (1966-82) gazetalarida adabiy xodim, bo&#8217;lim mudiri. G&#8217;afur G&#8217;ulom nomidagi adabiyot va san&#8217;at nashriyotida bosh muharrir (1982-85). &#171;Sharq yulduzi&#187; (1985-95), &#171;teatr&#187; (2005 yildan) jurnallarida bosh muharrir. Ilk kitobi \u2014 &#171;Po&#8217;lat chavandoz&#187; (1962, ocherklar to&#8217;plami). Birinchi yirik nasriy asari \u2014 &#171;cho&#8217;l havosi&#187; (1963). &#171;Odamlar nima derkin&#187; (1965), &#171;shamol esaveradi&#187; (1966), &#171;Qalbingga quloq sol&#187; (1973) qissalari e&#8217;lon qilingan. &#171;Bahor qaytmaydi&#187; (1970), &#171;dunyoning ishlari&#187; (1982) qissalari yozuvchiga shuhrat keltirgan. &#171;Bahor qaytmaydi&#187; qissasida iste&#8217;dodli bir yigitning shuhrat ilinjida xazon bo&#8217;lgan umri, ruhiy-ma&#8217;naviy inqi-rozi san&#8217;atkorona ifodalangan. Hazin va nurli tuyg&#8217;ular bilan yo&#8217;g&#8217;rilgan avtobiografik xarakterdagi &#171;dunyoning ishlari&#187; asarida muallif o&#8217;z onasi timsolida o&#8217;zbek onalariga xos ulkan mehr-muruvvatni tarannum etgan. Yozuvchining &#171;Muhabbat&#187;, &#171;Dehqonning bir kuni&#187;, &#171;urushning so&#8217;nggi qurboni&#187;, &#171;O&#8217;zbek ishi&#187; kabi novellalari o&#8217;zbek hikoyachiligida muhim hodisa bo&#8217;ldi. Ilk romani &#171;nur borki, soya bor&#187; (1976) da Hoshimov o&#8217;ziga zamondosh-tengdosh jurnalist Sherzodning kechinmalari orqali hayajonli ma&#8217;naviy-axloqiy masalalar bilan birga o&#8217;tkir ijtimoiy muammolarni ko&#8217;targan. &#171;Ikki eshik orasi&#187; (1986), &#171;tushda kechgan umrlar&#187; (1994) romanlarida Hoshimov zamondosh-asrdosh odamlar taqdirini 20-asrning eng keskin fojiaviy hodisalari \u2014 2-jahon urushi hamda mustabid tuzumning jinoyatkorona siyosati oqibatlari bilan bog&#8217;liq holda tahlil va talqin etish yo&#8217;lidan borgan. &#171;Ikki eshik orasi&#187;dagi deyarli barcha personajlar urush davrida urush jafosini chekkan odamlardir. Asar personajlari timsolida o&#8217;zbek xalqi tabiatiga, millat mentalitetiga xos bag&#8217;rikenglik, bardosh va matonat kabi fazilatlar ochib berilgan. &#171;Tushda kechgan umrlar&#187; romanidagi Rustamning fojiaviy qismati orqali Hoshimov afg&#8217;on urushining ma&#8217;nosiz mohiyatini teran va ta&#8217;sirchan ifoda etgan. Butun umri davomida totalitar rejim siyosatining qalqoni va qilichi sifatida ish ko&#8217;rgan, necha minglab halol odamlar dilini jarohatlagan, yostig&#8217;ini quritgan Komissar ham o&#8217;ziga xos fojiaviy obraz. Bu kimsaning fojiasi shundaki, u o&#8217;zi olib borgan qora ishlarni haq deb bilgan. Hoshimovning bir qancha asarlari ekranlashtirilgan. &#171;Xazon bo&#8217;lgan bahor&#187;, &#171;inson sadoqati&#187; (1975), &#171;vijdon dorisi&#187;, &#171;To&#8217;ylar muborak&#187; (1979), &#171;Qatag&#8217;on&#187; kabi drama, komediya, bir qator kinossenariylar muallifi. &#171;Daftar hoshiyasidagi bitiklar&#187; (2001) kitobi ijtimoiy-ma&#8217;naviy hayotda muayyan iz qoldirgan. Asarlari jahonning ko&#8217;plab tillariga tarjima qilingan. 1-, 2-chaqiriq O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Oliy Majlis matbuot va axborot qo&#8217;mitasi raisi (1995-2004). Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1986). &#171;Mehnat shuhrati&#187; (1996), &#171;Buyuk xizmatlari uchun&#187; (2001) ordenlari bilan mukofotlangan. As: Saylanma [2 j.li], T., 1993. Ad.: Sharafiddinov O., O&#8217;tkir Hoshi- mov [&#171;XX asr o&#8217;zbek adabiyoti tarixi&#187; kitobida], T., 1999; Normatov U., Ruhiyat manzillari, T., 2001; Rasulov A., Ardoqli adib, T., 2001. Umarali Normatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hoshimov O&#8217;tkir (1941.5.8, Toshkent) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1991). ToshDU ning filologiya fakulteti jurnalistika bo&#8217;limini tugatgan (1964). &#171;Qizil O&#8217;zbekiston&#187; (1959-62), &#171;Toshkent haqiqati&#187; (1963 \u2014 66), &#171;Toshkent oqshomi&#187; (1966-82) gazetalarida adabiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hoshimov-otkir\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108592","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108592","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108592"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108592\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108598,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108592\/revisions\/108598"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108592"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108592"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108592"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}