{"id":108614,"date":"2023-09-26T13:41:54","date_gmt":"2023-09-26T10:41:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108614"},"modified":"2023-09-26T13:41:57","modified_gmt":"2023-09-26T10:41:57","slug":"hol","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hol\/","title":{"rendered":"Hol"},"content":{"rendered":"\n<p>Hol (tilshunoslikda) \u2014 gapning ikkinchi darajali bo&#8217;laklaridan biri bo&#8217;lib, ishharakatning belgi-sifatini, uning bajarilish usulini, shu bajarilish bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan o&#8217;rin, payt, sabab, maqsad, shart-sharoit, miqdor-daraja kabi xususiyatlarini ko&#8217;rsatadi. Hol ravish, fe&#8217;l, ot, sifat, son, olmosh kabi so&#8217;z turkumlari bilan, shuningdek, taqlidiy so&#8217;zlar bilan ifodalanadi: Odil uyalganidan qizarib ketdi (Oybek); Sulaymonov tantanali ravishda knopkani bosdi (Abdulla Qahhor); yetti o&#8217;lchab, bir kes (maqol). Ravishning barcha turlari Hol vazifasida kela oladi. Fe&#8217;lning ravishdosh, sifatdosh shakllari Hol vazifasida keladi. Masalan, Saida kulib so&#8217;zladi. Anvar jilmaygan holda kirib keldi. O\u2019zbek tilida Hol mazmun jihatdan 8 xil bo&#8217;ladi: tarz Hol \u2014 ish-harakatning bajarilish holati, usuli va sifatini bildiradi, odatda fe&#8217;lga bog&#8217;lanadi: Ular juda sekin yurishdi (Oybek). Miqdor-daraja Holi \u2014 ish-harakatning bajarilish darajasini, shu bajarilish bilan birga bog&#8217;liq bo&#8217;lgan miqdorni bildiradi: ko&#8217;p o&#8217;yla, oz so&#8217;zla (maqol). Sabab Holi \u2014 harakat, holat yoki belgining ro&#8217;y berish sababini bildiradi. Bunday Hollar fe&#8217;l bilan ifodalangan bo&#8217;lakka ham, ot bilan (keng ma&#8217;noda) ifodalangan bo&#8217;lakka ham bog&#8217;lana oladi: qolaversa, kenja ukamizga jonimiz kuyganidan keldik (O.Yoqubov). Usha oqshom men andak sharob ichganim uchun kayfiyatim yaxshi edi (R.Tagor). Maqsad Holi \u2014 harakat, holat yoki belgining ro&#8217;y berishidagi maqsadni anglatadi: sizni deb bu yerga keldim, Yo&#8217;lchi aka (Oybek). Shart Holi \u2014 harakat, holatning biror shart asosida ro&#8217;y berishini bildiradi: Ishlasa, tishlaydi. To&#8217;siqsizlik Holi \u2014 harakat, holatning ro&#8217;y berishiga to&#8217;siq bo&#8217;la olmagan shartni bildiradi: U ko&#8217;rsa ham o&#8217;zini ko&#8217;rmaslikka soladi. O&#8217;rin Holi \u2014 harakat va holatning ro&#8217;y berishi, boshlanish, yo&#8217;nalish o&#8217;rnini va bu yo&#8217;nalishdagi so&#8217;nggi nuqtani bildiradi: Stantsiyadan temiryo&#8217;lchilar, shahardan hasharchilar etib keldi (A.Muxtor). Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-tarozu (Maqol). Payt Holi \u2014 harakat, holatning ro&#8217;y berish vaqtini anglatadi: erta-indin bu yerlar qam chamandek yashnaydi (Sh.Rashidov). So&#8217;nggi yillarda Hol bo&#8217;yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari Holning ma&#8217;no (mazmun) turlari keragicha taqlil qilingan bo&#8217;lsada, uning grammatik tabiati chuqur va atroflicha tavsif etilmaganligini ko&#8217;rsatadi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar ham Holning faqat nutqiy ko&#8217;lamdagi tashqi belgilari, ma&#8217;nosi, vazifasi hamda ifodalanish xususiyatlarini talqin qilishga bag&#8217;ishlangan. Ad.Ubaeva F., Hozirgi o&#8217;zbek adabiy tilida hol kategoriyasi, T., 1971; O&#8217;zbek tili grammatikasi, 2-j., Sintaksis, T., 1976. Ilhomjon Madrahimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hol (tilshunoslikda) \u2014 gapning ikkinchi darajali bo&#8217;laklaridan biri bo&#8217;lib, ishharakatning belgi-sifatini, uning bajarilish usulini, shu bajarilish bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan o&#8217;rin, payt, sabab, maqsad, shart-sharoit, miqdor-daraja kabi xususiyatlarini ko&#8217;rsatadi. Hol ravish, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hol\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108614","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108614","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108614"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108614\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108625,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108614\/revisions\/108625"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108614"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108614"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108614"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}