{"id":108616,"date":"2023-09-26T13:41:57","date_gmt":"2023-09-26T10:41:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108616"},"modified":"2023-09-26T13:42:01","modified_gmt":"2023-09-26T10:42:01","slug":"hofizi-abru","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hofizi-abru\/","title":{"rendered":"Hofizi Abru"},"content":{"rendered":"\n<p>Hofizi Abru, Shahobuddin Abdulloh ibn Lutfilloh ibn Abdurrashid al-Havofiy (1361\/62, Hirot &#8212; 1430, Zanjon) \u2014 tarixchi va geograf. Amir Temur va Shohrux saroylarida tarixnavis bo&#8217;lgan. Tarixiy va tarixiy-geografik asarlar (&#171;zayli Zafarnomai Shomiy&#187;, &#171;zayli Jomi&#8217;ut-tavorix&#187;, &#171;Tarixi Hofizi Abru&#187;, &#171;majmua attavorixi Sultoniya&#187;, &#171;Zubdat ut-Tavorixi Boysunquriy&#187;) muallifi. &#171;Zayli Zafarnomai Shomiy&#187; asari Nizomiddin Shomiyning &#171;Zafarnoma&#187;siga ilova bo&#8217;lib, asardagi tarixiy voqealar bayonini 1405 yilgacha davom ettirgan. &#171;Zayli Jomi&#8217;ut-tavorix&#187; Rashiduddin Fazlullodning &#171;Jomi&#8217;ut-tavorix&#187; asarining davomi bo&#8217;lib, unda Eronning 1304\u2014 70 yillardagi tarixi aks ettirilgan (1417). &#171;Tarixi Hofizi Abru&#187; nomi bilan mashhur tarixiy-geografik asarida dunyoning doira shaklidagi xaritasi va boshqa xaritalar berilgan. Bu xaritaning muhim tomonlaridan biri \u2014 gradus to&#8217;ri chizilganidir, uni geograflar Hofizi Abruning shoh asari deb hisoblaydilar. Bu asarda yer yuzidagi suvlar, tog&#8217;-toshlar, mamlakatlar va ulardagi shahar-qishloqlar, shuningdek, Fors, Kermon, Xurosonning batafsil geografiyasi va tarixi, Movarounnahr geofrafiyasi bayon etilgan. Xususan, Samarqand, Buxoro, Kesh, Naxshab, Termiz kabi shaharlar hamda Jayxun, Sayxun, Murg&#8217;ob va boshqa daryolar, mamlakatlar, viloyatlarning kenglik va uzunliklari ko&#8217;rsatib o&#8217;tilgan va masofalar hamda maydonlarni izohlovchi (farsang, oylik yo&#8217;l, kunlik yo&#8217;l) ancha- gina satrlar bor. 1423-27 yillarda yozilgan &#171;majmua&#187;(&#171;to&#8217;plam&#187;) asari Shohrux saltanati tarixini 1417 yilgi voqealar bilan tugatadi. Uning 4-jildi &#171;Zubdat ut-Tavorixi Boysunquriy&#187;da tarixiy voqealar 1417 yilga qadar yetkazilgan. Hofizi Abruning asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy ma&#8217;lumotlar, bizgacha yetib kelmagan asarlardan parchalar va muallifning o&#8217;z davriga oid xabarlari keng o&#8217;rin olgan. Hofizi Abru asarlarining qo&#8217;lyozmalari Sankt-Peterburg, Oksford va Toshkentda saqlanadi. Ad.: Bartold V.V., Sochineniya, t.8, M., 1973; Hasanov H., Sayyoholimlar, T.,1981.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hofizi Abru, Shahobuddin Abdulloh ibn Lutfilloh ibn Abdurrashid al-Havofiy (1361\/62, Hirot &#8212; 1430, Zanjon) \u2014 tarixchi va geograf. Amir Temur va Shohrux saroylarida tarixnavis bo&#8217;lgan. Tarixiy va tarixiy-geografik asarlar (&#171;zayli &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hofizi-abru\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108616","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108616","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108616"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108616\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108627,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108616\/revisions\/108627"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108616"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108616"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108616"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}