{"id":108639,"date":"2023-09-26T14:09:37","date_gmt":"2023-09-26T11:09:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108639"},"modified":"2023-09-26T14:09:41","modified_gmt":"2023-09-26T11:09:41","slug":"hojiabdulaziz-abdurasulov","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hojiabdulaziz-abdurasulov\/","title":{"rendered":"Hojiabdulaziz Abdurasulov"},"content":{"rendered":"\n<p>Hojiabdulaziz Abdurasulov (Rasulov; 1852 \u2014 Samarqand \u2014 1936) \u2014 xonanda, sozanda (tanbur, dutor), bastakor, O&#8217;zbekiston xalq artisti (1932). Tanbur ijrochiligi va Shashmaqomning cholg&#8217;u yo&#8217;llarini Hoji Rahimberdidan, hofizlik san&#8217;ati sirlarini hamda Nasr sho&#8217;balarini samarqandlik Borux Hofiz, keyinchalik ota Jaloldan o&#8217;rgangan. Haj safarlarini qilib (1887-88 va 1907-08), Eron, Arabiston, Hindiston, Afg&#8217;oniston xalqlari musiqa madaniyati, ijrochilik uslublari bilan tanishgan, o&#8217;z san&#8217;atini ham namoyish etgan. 1920-yillari kontsert guruhlarida qatnashgan, musiqa to&#8217;garaklarini tashkil etgan. Samarqandda musiqa va xoreografiya institutida o&#8217;qituvchi (1928 \u2014 31); M.Ashrafiy, T.Sodiqov, Yu. Va R.Rajabiylar, I.Ikromov, M.Burhonov, D.Zokirov, M.Leviev, N.Hasanov kabi san&#8217;atkorlar Hojiabdulazizdan ta&#8217;lim olishgan. Hojiabdulaziz murakkab ashula yo&#8217;llarini o&#8217;z ovoziga moslab, ijodiy yondoshgan holda o&#8217;zbek va tojik tillarida mahorat bilan aytgan. U &#171;Guluzorim&#187;p turk, &#171;Bozurgoniy&#187;ga Zebo pari, &#171;bebokna&#187; va &#171;Ushshoq&#187; yo&#8217;llariga Namudi Uzzol, &#171;Abdurahmonbegi&#187;ga namudi Navo avjlarini bog&#8217;lab, ularning ta&#8217;sirchanlik va yoqimlilik kuchini orttirgan. &#171;Ushshoq&#187; shu tufayli ham &#171;ush-shoqi Hoji&#187; va &#171;Samarqand ush-shog&#8217;i&#187; nomlari bilan mashhur. Xonanda repertuarida 200 dan ortiq xalq ashulalari va maqom yo&#8217;llari bo\u2019lib, ular ichida mumtoz musiqa asarlari asosiy o&#8217;rin tutadi. Jumladan, &#171;Ushshoq&#187;, uning taronasi, qashqarchasi va Ufari, &#171;rosti Panjgoh&#187;, &#171;Iroq&#187; va &#171;Navo&#187; maqomlari yo&#8217;li, &#171;Abdurahmonbegi-1&#187;, uning Ufari, &#171;Nasrulloyi&#187;, &#171;Iroq&#187;ning qashqarchasi va Ufari, &#171;Gulyor&#187;, &#171;orazi Gulyor&#187;, &#171;Ufar&#187;, &#171;Arzimni aytay&#187;, &#171;Qurbon o&#8217;lam&#187; va hokazolar. Kuy va ashula yo&#8217;llari alohida ajralib turadi. Ularni Hojiabdulaziz Sharq mumtoz shoirlari \u2014 Hofiz, Navoiy, Fuzuliy, Zebunniso, Amiriy, Fazliy kabilarning g&#8217;azallari bilan aytgan. Hojiabdulaziz mohir sozanda sifatida ham tanilgan bo&#8217;lib, maqom yo&#8217;llarini tanbur va dutorda ijro etgan. Ijrosidagi ko&#8217;pgina ashulalar 1909 yildan boshlab gramplastinka va fonograflarga yozib olingan. Samarqand musiqa kollejiga Hojiabdulaziz nomi berilgan. 1997 yildan Samarqandda Hojiabdulaziz nomidagi xonandalar tanlovi o&#8217;tkazilmoqda. Hojiabdulaziz vafotidan so&#8217;ng &#171;Buyuk xizmatlari uchun&#187; ordeni bilan mukofotlangan (2001).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hojiabdulaziz Abdurasulov (Rasulov; 1852 \u2014 Samarqand \u2014 1936) \u2014 xonanda, sozanda (tanbur, dutor), bastakor, O&#8217;zbekiston xalq artisti (1932). Tanbur ijrochiligi va Shashmaqomning cholg&#8217;u yo&#8217;llarini Hoji Rahimberdidan, hofizlik san&#8217;ati sirlarini hamda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hojiabdulaziz-abdurasulov\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108639","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108639","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108639"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108639\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108647,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108639\/revisions\/108647"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108639"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108639"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108639"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}