{"id":108717,"date":"2023-09-27T09:08:40","date_gmt":"2023-09-27T06:08:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108717"},"modified":"2023-09-27T09:08:44","modified_gmt":"2023-09-27T06:08:44","slug":"himolay","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/himolay\/","title":{"rendered":"Himolay"},"content":{"rendered":"\n<p>Himolay (sanskritcha Himalaya \u2014 qorlar makoni) \u2014 yer sharidagi eng baland tog&#8217; sistemasi, Hindiston, Xitoy, Nepal, Butan va Pokiston hududlarida, shimolda Tibet tog&#8217;ligi bilan Janubda Hindgang tekisligi oralig&#8217;ida joylashgan. Uzunligi 2400 kilometrdan ziyod, eni 350 kilometrgacha. Tizmalarining o&#8217;rtacha balandligi 6000 metr, eng baland joyi 8848 metr. 11 ta cho&#8217;qqisining balandligi 8000 metrdan ziyod. Himolay aniq morfologik va tabiiy geografik chegaralarga ega: shimolda Hind va Tsangpo (Brahmaputra) daryolari yuqori oqimlarining ko&#8217;ndalang tektonik vodiylari, shimoli-g&#8217;arbida Hinduraj tizmasi, sharqida Brahmaputra daryosi darasi. Himolay \u2014 Markaziy Osiyo cho&#8217;llari va Janubiy Osiyo tropik landshaftlari o&#8217;rtasidagi yirik orografik, iqlim va flora to&#8217;sig&#8217;i hisoblanadi. Himolay Hindgang tekisligidan 3 yirik pog&#8217;ona shaklida tik ko&#8217;tarilgan. 1-pog\u2019ona daryolar daralari bilan kuchli parchalab yuborilgan Sivalik (Old Himolay, o&#8217;rtacha balandligi 900-1200 metr) tizmasidan iborat. 2-pog&#8217;onadagi alohida tog&#8217; massivlari va tizmalardan iborat kichik (past) Himolay tog&#8217;lari 3-pog&#8217;onadagi katta (baland) yoki Bosh Himolay tizmasidan tog&#8217;oralig&#8217;i botiqlari va qadimgi muzlik soyliklari (Katmandu, Srinagar va boshqalar) bilan ajralgan. U ham o&#8217;z navbatida Assom, Nepal, Panjob tizmalariga ajraladi. Muzlik ko&#8217;p (maydoni 33 ming km2). Himolay Alp orogenezi davrida shakllangan bo&#8217;lib, Janubiy tog&#8217;oldi qismi qum-tosh va konglomeratlardan, tub yon bag&#8217;ir va o&#8217;q qismi gneys, kristalli slanes va metamorfik jinslardan tuzilgan. Foydali qazilmalardan kichik va katta Himolayda magmatik va metamorfik jinslar majmui bilan bog&#8217;liq ravishda mis, oltin, xromit, sapfir konlari bor. Himolay tog&#8217;oldi bukilmasida neft va gaz konlari aniqlangan. Himolay Hindistonning ekvatorial mussonlari bilan Markaziy Osiyoning kontinental o&#8217;lkasi o&#8217;rtasidagi keskin iqlim chegarasidir. Himolay g&#8217;arbiy sektori iqlimiga temperaturaning keskin tebranishi, kuchli shamollar xos. Qishi sovuq, yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -10\u00b0, -18\u00b0, 2500 metrdan balandda qor bo&#8217;ronlari bo&#8217;ladi. Yozi iliq, iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 18\u00b0 atrofida, quruq. Yog&#8217;in miqdori tsiklonlarga bog&#8217;liq bo&#8217;lib (yiliga taxminan 1000 mm), vodiy va soyliklarda tog&#8217; yon bag&#8217;irlariga nisbatan 3-4 marta kam yog&#8217;adi. Himolay g&#8217;arbida 1800-2200 metr balandlikda Hindistonning ko&#8217;plab iqlim kurortlari joylashgan. Sharqiy qismi musson rejimli nisbatan issiq va nam iqlimli. Yozda 1500 metrdan baland yon bag&#8217;irlarda temperatura 35\u00b0, vodiylarda 45\u00b0 gacha ko&#8217;tariladi. Yomg&#8217;ir deyarli to&#8217;xtamay yog&#8217;adi. Janubiy yon bag&#8217;irlarning g&#8217;arbida 2500 mm dan sharqida 5500 mm gacha, ichki rayonlarda 1000 mm chamasida yog&#8217;in tushadi. Himolayning shimoliy yon bag&#8217;irlariga sovuq tog&#8217;- cho&#8217;l iqlimi xos. Temperaturaning sutkalik amplitudasi 45\u00b0 gacha, yillik yog&#8217;in 100 mm chamasida. Daryo va soylar, asosan, Himolayning Janubiy yon bag&#8217;irlarida ko&#8217;p bo&#8217;lib, yuqori qismida qor va muzliklardan, quyi qismida yomg&#8217;ir suvlaridan to&#8217;yinadi. Vodiylari chuqur va tor, sharshara va ostona ko&#8217;p. Tektonik botiqlarda yoki pastqam joylarda muzliklarning erishidan hosil bo&#8217;lgan ko&#8217;llar, asosan, Himolayning g&#8217;arbiy qismida joylashgan. Eng uzun muzliklar Jomolungma va Kanchen-jangada. Muzliklarning quyi chegarasi Kashmirda 2500 metr, Markaziy qismida 4000 metr. Himolayning landshafti turli-tuman. Balandlik mintaqasi aniq ko&#8217;rinadi. Tog&#8217; etaklari botqoqlashgan changalzor \u2014 terayalardan, 1000-1200 metr balandlikkacha shamolga ro&#8217;para yon bag&#8217;irlarda va daryo vodiylarida doim yashil sernam tropik o&#8217;rmonlar, 1200-1500 metrda doim yashil keng bargli o&#8217;rmonlar mintaqasi, 2200 metrdan yuqorida mo&#8217;tadil mintaqaning barg to&#8217;kuvchi va igna bargli o&#8217;rmonlari, 2700\u2014 3600 metrda igna bargli o&#8217;rmonlar, 3600-5000 metr, ba&#8217;zi joylarda 6000 metrgacha subalp va Alp o&#8217;tloqlari mintaqalari mavjud. G&#8217;arbiy yon bag&#8217;irlarida siyrak kserofit o&#8217;rmonlar va butazorlar, barg to&#8217;kuvchi musson o&#8217;rmonlari, 1200-1500 metrdan O&#8217;rta dengiz bo&#8217;yiga xos subtropik turlar tarqalgan. Shimoliy yon bag&#8217;irlari tog&#8217;-cho&#8217;l landshaftlari \u2014 siyrak quruq o&#8217;t va butalar, daryo vodiylarida teraklar o&#8217;sadi. 5000 metrdan yuqorisi glyasialnival mintaqa. Tuproqlari qorabalchiqli botqoq, qizil-qo&#8217;ng&#8217;ir, o&#8217;rmon- qo&#8217;ng&#8217;ir, qo&#8217;ng&#8217;ir-chala podzol va tog&#8217;o&#8217;tloqi tuproqlar. Tog&#8217;yon bag&#8217;irlarining quyi qismida, terayalarda yirik sut emizuvchi hayvonlar \u2014 fil, karkidon, buyvol, qobon, antilopa; yirtqichlardan yo&#8217;lbars, qoplon; maymunlar yashaydi. Qush turlariga boy. Shimoliy yon bag&#8217;irlarida Tibet faunasi \u2014 Himolay ayig&#8217;i, yovvoyi echki, arxar, qo&#8217;tos va kemiruvchi ko&#8217;p. Yon bag&#8217;irlarida 2500 metrgacha dehqonchilik qilinadi. Plantasiya xo&#8217;jaligi rivojlangan. Sug&#8217;oriladigan terrasalarda sholi ekiladi. Shimoliy Himolayda 4500 metr balandlikkacha arpa ekiladi. Alpinizm (asosan, Nepalda) taraqqiy etgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Himolay (sanskritcha Himalaya \u2014 qorlar makoni) \u2014 yer sharidagi eng baland tog&#8217; sistemasi, Hindiston, Xitoy, Nepal, Butan va Pokiston hududlarida, shimolda Tibet tog&#8217;ligi bilan Janubda Hindgang tekisligi oralig&#8217;ida joylashgan. Uzunligi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/himolay\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108717","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108717","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108717"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108717\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108725,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108717\/revisions\/108725"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108717"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108717"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108717"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}