{"id":108757,"date":"2023-09-27T10:36:48","date_gmt":"2023-09-27T07:36:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108757"},"modified":"2023-09-27T10:36:51","modified_gmt":"2023-09-27T07:36:51","slug":"hinduiylik-hinduizm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hinduiylik-hinduizm\/","title":{"rendered":"Hinduiylik, hinduizm"},"content":{"rendered":"\n<p>Hinduiylik, hinduizm -dunyoda keng tarqalgan dinlardan biri. Hinduiylikga e&#8217;tiqod qiluvchilar asosan Hindistonda (95% ga yaqini) yashaydi, Pokiston, Bangladesh, Nepal, Shri Lankada, shuningdek, Janubiy Afrikada, Janubiy- Sharqiy Osiyoda ham uchraydi. Hinduiylikka 780 million kishi e&#8217;tiqod qiladi (2003). Milodning 1-ming yilligida shakllangan. Hinduiylik Veda dini va Brahmanizm rivojlanishi va unga keyinchalik xalq e&#8217;tiqodi, urf-odatlari, marosimlari singib ketishi jarayonida paydo bo&#8217;lgan. O&#8217;rta asrlarda hukmron mafkuraga aylangan. Hinduiylikning asosida jonning yangi shaklga kirishi (sansara) haqidagi ta&#8217;limot yotadi. Unga ko&#8217;ra, kishi o&#8217;lgandan keyin joni (ruhi) yangi o&#8217;simlik, hayvon yoki inson tanasiga kirib oladi va qayta tug&#8217;iladi. Yangi ruhning qay darajada bo&#8217;lishi karma qonuniga, ya&#8217;ni kishining hayot davridagi xulq-atvori, xatti-harakatiga bog&#8217;liq. Hinduiylikning asosiy maqsadi \u2014 insonni mana shu qayta tug&#8217;ilish zanjiridan, azob-uqubatidan halos qilish, ya&#8217;ni mokshaga erishish. Hinduiylikdagi turli diniy-falsafiy ta&#8217;limotlar mokshaga erishishning yo&#8217;llari va vositalarini ishlab chiqdilar. Xususan, vedanta Hinduiylikka falsafiy asos bo&#8217;lib xizmat qildi. Hinduiylikka e&#8217;tiqod qiluvchilar qaysi kastaga mansubligiga qarab diniy rasm-rusumlarni bajarishda farqlanadi. Ular vafot etganlarida yerga ko&#8217;milmaydi, balki olovda kuydiriladi. Hinduiylikga ko&#8217;ra shunday qilinsa marhum poklanadi, gunohlari bu dunyoda qoladi. Olov u dunyoga gunohlardan xoli bo&#8217;lgan jonning o&#8217;zini olib ketadi. Bu dinning aqidalariga ko&#8217;ra, odamzot yaratilishidayoq ijtimoiy jihatdan tengsiz yaratilgan. Shuning uchun bu tengsizlikni Real hayotda tugatishning iloji yo&#8217;q. Chunki unga ta&#8217;sir etishga qodir bo&#8217;lgan kuchning o&#8217;zi yo&#8217;q. Hinduiylikda ajdodlar ruhiga topinish alohida o&#8217;rin tutadi. Vafot etgan ajdod Xudoga tenglashtiriladi. Ajdodlar ruhi bu dunyoda yashayotgan qarindosh-urug&#8217;larini qo&#8217;riqlaydi, ularning oilasi va hayotini muhofaza qiladi. Hinduiylikning muqaddas kitobi vedalar, &#171;Mahobxarata&#187; (ayniqsa uning &#171;bahagavadgita&#187; va &#171;Ramayana&#187; qismlari) va boshqalar. Hinduiylikda asosiy xudolar \u2014 Shiva, vishnu, Brahmaga sig&#8217;iniladi. Ularning ko&#8217;rinishi sifatida ko&#8217;plab mahalliy xudolar e&#8217;tirof etiladi. Hinduiylikda tog&#8217;lar, daryolar (xususan, Gang), o&#8217;simlik (masalan, Nilufar), hayvonlar (maymun, fil, ilon va ayniqsa, sigir) muqaddas sanaladi va ularga topiniladi. Turli g&#8217;ayritabiiy hodisalar ham sig&#8217;inish ob&#8217;yekti hisoblanadi. Diniy marosimlar ibodatxonalarda, uylardagi mehroblar yonida, muqaddas joylarda ado etiladi. Hozirgi Hinduiylik 2 oqim \u2014 vishnuizm va shivaizm shaklida mavjud.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hinduiylik, hinduizm -dunyoda keng tarqalgan dinlardan biri. Hinduiylikga e&#8217;tiqod qiluvchilar asosan Hindistonda (95% ga yaqini) yashaydi, Pokiston, Bangladesh, Nepal, Shri Lankada, shuningdek, Janubiy Afrikada, Janubiy- Sharqiy Osiyoda ham uchraydi. Hinduiylikka &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hinduiylik-hinduizm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108757","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108757","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108757"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108757\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108763,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108757\/revisions\/108763"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108757"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108757"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108757"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}