{"id":108781,"date":"2023-09-27T12:23:17","date_gmt":"2023-09-27T09:23:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108781"},"modified":"2023-09-27T12:23:20","modified_gmt":"2023-09-27T09:23:20","slug":"hindiston-xalq-qozgoloni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hindiston-xalq-qozgoloni\/","title":{"rendered":"Hindiston xalq qo&#8217;zg&#8217;oloni"},"content":{"rendered":"\n<p>Hindiston xalq qo&#8217;zg&#8217;oloni, sipohiylar qo&#8217;zgoloni \u2014 hind xalqining ingliz mustamlakachilariga qarshi ozodlik harakati (1857\u2014 59). Qo&#8217;zgolonning asosiy harbiy yadrosi armiya bo&#8217;lgani bois uni sipohiylar qo&#8217;zg&#8217;oloni deb ham atashadi. Unda mamlakatning turli tabaqalariga mansub aholi \u2014 dehqonlar, hunarmandlar va zodagonlar ishtirok etgan. Ingliz mustamlakachilari Hindistonni zabt etgach, unda mahkam o&#8217;rnashib olish uchun armiyaga mahalliy aholini jalb qila boshlaganlar. Sipohiylar deb atalmish hind askarlari tarkibida hindular, musulmonlar va sikhlar mavjud edi. Sipohiylar armiyasining asosiy vazifasi mustamlakachilarning manfaatlarini qo&#8217;riqlash, shuningdek, xalq harakatini bostirishdan iborat edi. Inglizlar sipohiylardan qo&#8217;shni mamlakatlarga qarshi yurishlarda foydalanganlar, bu yurishlarda ko&#8217;p hind askarlari halok bo&#8217;lgan. Inglizlar sipohiylarni moddiy, ma&#8217;naviy jihatdan kamsitganlar. Ularning maoshi ingliz askarlarinikidan ancha kam bo&#8217;lgan, arzimagan bahona bilan ularni qattiq jazolaganlar. Shu sabablarga ko&#8217;ra, sipohiylarning sabr kosasi to&#8217;la boshlagan. Hindular sigirni muqaddas deb bilib, uning go&#8217;shtini iste&#8217;mol qilmas, musulmonlar uchun cho&#8217;chqa harom hisoblangan. Sipohiylar ishlatadigan miltiq o&#8217;qlari sigir va cho&#8217;chqa yog&#8217;i bilan moylangan, bu hol qo&#8217;zg&#8217;olon chiqishining asosiy bahonalaridan biri bo&#8217;lgan. Hind xalqining deyarli barcha tabaqalarida 19-asr o&#8217;rtalarida inglizlarga qarshi norozilik kuchaygan. Sipohiylarning dastlabki chiqishi 1857 yil 10 mayda Mirut shahrida boshlangan. Bengaliya va Panjob o&#8217;rtasidagi hudud qo&#8217;zg&#8217;olonning markazi bo&#8217;lgan. Ularning 3 polki aholi va mahalliy sipohiylar yordamida Dehli qal&#8217;asini egallagan. Qo&#8217;zg&#8217;olonchilar Boburiylar sulolasi hukmronligi tiklanganligini e&#8217;lon etgan va Bahodirshoh II ni Hindistonning hukmdori sifatida mamlakatni ozod qilish uchun kurash chaqirigiga qul qo&#8217;yishga majbur qilgan. 2 hafta ichida butun shim. Hindiston qo&#8217;zg&#8217;olonchilar qo&#8217;liga o&#8217;tgan. Kanpur va Lakhnauda qo&#8217;zg&#8217;olonchilar katta qo&#8217;shini yig&#8217;ilgan. Bu 3 qo&#8217;zg&#8217;olon markazida alohida-alohida mustaqil hukumatlar tuzilgan. Dehlida Bahodirshoh II hukumatidan tashqari sipohiylar va shaharliklardan iborat oliy ma&#8217;muriy kengash \u2014 jalsa tuzilgan. Dehlidagi qo&#8217;shinlarga jalsa a&#8217;zosi Baxtxon qo&#8217;mondonlik qilgan. Lekin Dehli va Lakhnaudagi saroy amaldorlaridan tuzilgan hukumat a&#8217;zolarining bir- biri bilan kelisha olmasligi tufayli, qo&#8217;zg&#8217;olonchilar o&#8217;rtasida nizolar bo&#8217;lib turgan. Kanpurdagi hukumat boshqaruv apparatini tuzgan, qo&#8217;shin va aholini oziq-ovqat bilan ta&#8217;minlash choralarini ko&#8217;rgan. Inglizlar Bengaliya va Panjobni o&#8217;z qo&#8217;llarida saqlab qolgan. Bu hududdagi qo&#8217;zg&#8217;olonlarni, Dekandagi sipohiylarning chiqishlarini tezda bostirgan. Madras va Bombeydagi sipohiylar qo&#8217;shinlarini o&#8217;z tobeliklarida saqlab qolgan. Kalkuttada yirik qo&#8217;shin to&#8217;plagan bosqinchilar 1857 yil may oxirida Gang daryosi bo&#8217;ylab hujumga o&#8217;tgan; iyunda Banoras va Ollohobodni egallagan. Kanpurdagi Nana Sohib qo&#8217;shiniga 15-16 iyulda qattiq zarba bergan. 4 oylik qamaldan keyin 19 sentabrda Dehlini qo&#8217;lga kiritgan. Bahodirshoh II ni Rangunga surgun qilgan. Lakhnau ham 1858 yil 19 martda taslim bo&#8217;lgan. Shundan so&#8217;ng partizanlik harakati boshlangan. Tantia Topi Jhansi hokimasi Lakshmi Bai bilan birga Kalpi, Kanpur va Gvalior atroflarida urush olib borgan. Angliya qirolichasi Viktoriyaning qo&#8217;zg&#8217;olonda ishtirok etgan barcha zodagonlarni avf etganligi to&#8217;g&#8217;risidagi manifesti e&#8217;lon etilgan (1858.1.11). Natijala zodagonlar qo&#8217;zgolondan chetlashgan. Partizanlar harakati 1859 yil aprelda bostirilgan. Qo&#8217;zgolonchilar vahshiena jazolangan. Hindiston xalq qo&#8217;zg&#8217;olonida ingliz mustamlakachilarining har tomonlama qo&#8217;li baland kelgan. Ular iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy va harbiy jihatdan hind qo&#8217;shinlaridan ustunligi sababli qo&#8217;zg&#8217;olonchilar mag&#8217;lubiyatga uchragam. Qo&#8217;zgolon yengilsala, inglizlar Hindistondagi siyosatlarini o&#8217;zgartirishga majbur bo&#8217;lgan. Ost-Indiya kompaniyasi tugatilgan, Hindiston bevosita Angliya hukumatining nazoratiga o&#8217;tgan. Ad..Osipov A.M., Velikoe vosstanie v Iplii, 1X57-1859, M.. 1957; G&#8217;issov T.G&#8217;., Hindistonning yangi tarixi, T.. 1999. Temur G&#8217;iyosov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hindiston xalq qo&#8217;zg&#8217;oloni, sipohiylar qo&#8217;zgoloni \u2014 hind xalqining ingliz mustamlakachilariga qarshi ozodlik harakati (1857\u2014 59). Qo&#8217;zgolonning asosiy harbiy yadrosi armiya bo&#8217;lgani bois uni sipohiylar qo&#8217;zg&#8217;oloni deb ham atashadi. Unda mamlakatning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hindiston-xalq-qozgoloni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108781","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108781","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108781"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108781\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108789,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108781\/revisions\/108789"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108781"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108781"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108781"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}