{"id":108938,"date":"2023-09-27T15:52:43","date_gmt":"2023-09-27T12:52:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108938"},"modified":"2023-09-27T15:52:49","modified_gmt":"2023-09-27T12:52:49","slug":"hind-eroniy-tillar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hind-eroniy-tillar\/","title":{"rendered":"Hind-eroniy tillar"},"content":{"rendered":"\n<p>Hind-eroniy tillar, oriy tillar \u2014 Hind-Yevropa tillari oilasining bir tarmog&#8217;i; hind tillari va eroniy tillaridan iborat. Uning tarkibiga, shuningdek, dard tillari (Afg&#8217;oniston, Pokiston va Hindiston shimoldagi tog&#8217;li o&#8217;lkalarda tarqalgan Kashmiriy, shina, phalura, kho&#8217;var, Gavar, Dameli, Poshoyi kabi 20 dan ortiq tillar \u2014 4 milliondan ortiq kishi so&#8217;zlashadi) va Nuriston tillari (Afg&#8217;onistonning Nuriston tog&#8217;li viloyatida tarqalgan 10 ga yaqin til \u2014 150 mingdan ortiq kishi so&#8217;zlashadi) ham kiradi. Shunday qilib, Hind-eroniy tillar tarmog&#8217;i 150 ga yaqin jonli va 20 ga yaqin o&#8217;lik tillarni qamrab oladi va ularda taxminan 900 millionga yaqin kishi so&#8217;zlashadi (o&#8217;tgan asrning oxirlari). Hind-eroniy tillarning qadimgi vakillari bo&#8217;lgan oriylarning kelib chiqishi va asl vatani haqida 2 xil fikr mavjud. Birinchi fikrga ko&#8217;ra, oriylar dastlab yagona qabila, elat sifatida O&#8217;rta Osiyoda yashab, keyinchalik ularning bir qismi Hindukush toglari orqali Hindisgonga, bir qismi Eronga borib o&#8217;troqlashgan. Ikkinchi taxminga ko&#8217;ra, oriylar vatani Janubiy rus dashtliklari bo&#8217;lib, ular Kavkaz orqali Eron va Hindistonga ko&#8217;chib o&#8217;tganlar. Qiyosiy-tarixiy grammatika ushbu tillarda umumiy fonemalar tizimi, umumiy lug&#8217;aviy tarkib, umumiy morfologiya va so&#8217;z yasalish tizimi va hatto umumiy sintaktik belgilar bo&#8217;lganligini tasdiqlaydi. Oriylar nomini bildiruvchi &#171;Agua&#187; atamasi ham umumiy bo&#8217;lib, juda ko&#8217;p hindiy va eroniy etnik terminlarda o&#8217;z aksini topgan (ushbu so&#8217;z shaklidan hozirgi Eron davlatining nomi kelib chiqqan). Qadimgi hind va Eron obidalari &#171;Rigveda&#187; va &#171;Avesto&#187; ham ba&#8217;zi jihatlari bilan o&#8217;zaro shunchalik yaqinki, ularni bir asos manbaning 2 varianti deb o&#8217;ydash mumkin. Olimlar oriy qabilalarning 2 qismga (hind-oriy va eroniy shoxobchalarga) ajralishi miloddan avvalgi 2-ming yillikning boshlarida ro&#8217;y bergan deb hisoblaydilar. Ushbu tarmoqqa mansub qadimgi (o&#8217;lik) tillardan hind-oriy guruhidagi Veda tili, sanskrit, pali tillarini, eroniy guruhdagi Avesto tili, qadimgi fors, o&#8217;rta fors (pahlaviy), Parfiya, Sug&#8217;d, Xorazmiy, sak tillarini va boshqalarni ko&#8217;rsatish mumkin. Hind-oriy guruhidagi tillar eroniy tillarga nisbatan birmuncha konservativ (o&#8217;zgarmas) bo&#8217;lib, ularda hind- yevropa, hind-eroniy davrlarning ba&#8217;zi arxaizmlari yaxshi saqlanib qolgan, ayni paytda eroniy guruhdagi tillar fonetika va morfologiya sohasida bir qancha jiddiy o&#8217;zgarishlarga uchragan. Hozirgi Hind-eroniy tillar Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Eron, Nepal, Shrilanka, Afg\u2019oniston, Turkiya, Iroq, Tojikiston, shimoliy va Janubiy Osetiya, Gruziya va boshqa joylarda tarqalgan. Bu garmoqdagi tillar mazkur 2 guruh tillari taraqqiyotining umumiy tipologiyasini ko&#8217;rsatuvchi bir qancha umumiy tamoyillar bilan ajralib turadi. Dard tillari Hind-eroniy tillar tarmogidagi 2 asosiy guruh o&#8217;rtasida alohida oraliq guruhni tashkil etadi. Shuning uchun ham bu tillarking aniq o&#8217;rni haqida yagona fikr yo&#8217;q: Imgliz olimlari R.B.Shou, J.A.Grirsoi va norveg gilshunosi S.Kopovlar dard tillarini ko&#8217;proq eroniy gillarga yaqin deb hisoblasalar, ingliz olimi R.L.Terner va norveg olimi G.Morgensterps ularni butunlay hind- oriy tillariga mansub deb topadilar. Grirson (so&#8217;gpti ishlarida) va rossiyalik tilshunos J.I.Edslmanlar esa dard tillarimi hind-oriy va eroniy tillar o&#8217;rgasidagi oraliq o&#8217;ringa ega bo&#8217;lgan mustaqil guruh DSB hisoblaydilar. Ad.: &#8216;Edslmap D.I.. Dardskis yashki, M., 1965: Gryunbsrg A.L., Opp lpshnistichsskoy karg! Nuristana. &#171;Slranm i parodm Vostoka&#187;, M.. 1971: Edelman D. I .. Srapiitslpaya grammatika iostochno iranskix yashkoi. Fopologiya, M.. 19X6. Anvir Ismoilov. Abduvihob Madvaliyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hind-eroniy tillar, oriy tillar \u2014 Hind-Yevropa tillari oilasining bir tarmog&#8217;i; hind tillari va eroniy tillaridan iborat. Uning tarkibiga, shuningdek, dard tillari (Afg&#8217;oniston, Pokiston va Hindiston shimoldagi tog&#8217;li o&#8217;lkalarda tarqalgan Kashmiriy, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hind-eroniy-tillar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108938","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108938","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108938"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108938\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108945,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108938\/revisions\/108945"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108938"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108938"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108938"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}