{"id":109123,"date":"2023-09-28T13:49:30","date_gmt":"2023-09-28T10:49:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=109123"},"modified":"2023-09-28T13:49:38","modified_gmt":"2023-09-28T10:49:38","slug":"qorgontepa-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qorgontepa-tumani\/","title":{"rendered":"Qo&#8217;rg&#8217;ontepa tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Qo&#8217;rg&#8217;ontepa tumani \u2014 Andijon viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Shimoli-g&#8217;arbda Jalolquduq, Janubi-g&#8217;arbda Xo&#8217;jaobod tumanlari, Sharq, Janubi-Sharq va shimolda Qirg&#8217;iziston bilan chegaradosh. Maydoni 0,48 ming km2 ga yaqin. Aholisi 160,4 ming kishi (2005). Tumanda 2 shahar (Qo&#8217;rg&#8217;ontepa, Qorasuv), 5 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Dardoq, Savay, Sultonobod, Chimyon, Qo&#8217;rg&#8217;ontepa) bor. Markazi \u2014 Qo&#8217;rg&#8217;ontepa shahri. Tabiati. Qo&#8217;rg&#8217;ontepa tumani Andijon viloyatining shimoli-sharqida, Farg&#8217;ona va olay tizmalarining etak qismida joylashgan. Yer yuzasi sharqdan (balandligi 1000 metrgacha) g&#8217;arbga (500 metrgacha) pasayib boruvchi tog&#8217;oldi qiya tekisligidan va Toshohur, Suzoq adirlaridan iborat. Iqlimi kontinental; yozi issiq, qishi nisbatan sovuq. O&#8217;rtacha temperatura yanvarda -2\u00b0 dan -3\u00b0 gacha, iyulda 26-26,5\u00b0. Eng past temperature qishda -24\u00b0, eng yuqori temperatura yozda 41\u00b0. Yiliga 250-400 mm yog&#8217;in tushadi, asosiy qismi qish va bahor oylarida yog&#8217;adi. Vegetatsiya davri 220 kun. Tuman hududidan Qoradaryo va uning tarmoqlari Shahrixonsoy va Qorag&#8217;unon arig&#8217;i, Janubiy chegarasidan savay kanali oqib o&#8217;tadi. Tuproqlari o&#8217;tloqi, o&#8217;tloqi bo&#8217;z tuproqlar. Yovvoyi o&#8217;simliklardan sho&#8217;ra va boshqalar, asosan, adirlarda va haydalmagan erlarda o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan adirlarda bo&#8217;ri, tulki, jayra, shuningdek, turli xil sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suvlarida baliqlar bor. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, qirg&#8217;iz, tojik, rus, tatar, qozoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 334 kishi. Shahar aholisi 57,5 ming kishi, qishloq aholisi 102,9 ming kishi (2005). Xo&#8217;jaligi. Tumanda paxta tozalash, g&#8217;isht zavodlari, don mahsulotlari, &#171;Samo&#187; aktsiyadorlik jamiyati, &#171;Annur&#187; mas&#8217;uliyati cheklangan jamiyat, non kombinati, mahalliy sanoat gazlama, attorlik buyumlari, tikuvchilik, paypoq to&#8217;qish fabrikalari, to&#8217;qimachilik korxonalari, avtokorxona, MTP, qurilish tashkilotlari, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari bor. Kichik va o&#8217;rta biznes korxonalari, mikrofirmalar, &#171;el-jihoz&#187; qo&#8217;shma korxonasi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Qishloq xo\u2019jaligining yetakchi tarmoqlari \u2014 paxtachilik va g&#8217;allachilik. Sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka etishtirish, tokchilik va bog&#8217;dorchilik ham rivojlangan. 12 jamoa va shirkat xo&#8217;jaliklari, 282 dehqon va fermer xo&#8217;jaliklari ishlab turibdi. Tumandagi ekin maydonlariga paxta, g&#8217;alla, kartoshka ekiladi. Pichanzor va yaylovlar, mevazor va tokzorlar bor. Tuman jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 42 mingdan ziyod qoramol (shu jumladan 19,9 mingdan ortiq sigir), 55,8 mingga yaqin qo&#8217;y va echki, 142,2 mingga yaqin parranda, 975 yilqi boqiladi. Tumanda 55 umumiy ta&#8217;lim maktabi (36,5 ming o&#8217;quvchi), bolalar musiqa va sport maktablari, 4 kasb-hunar kolleji (2432 talaba), Mehribonlik uyi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Tuman Markaziy kutubxonasi va uning 36 ta tarmog&#8217;i (371,1 mingdan ziyod asar), o&#8217;lkashunoslik muzeyi, klub muassasalari, madaniyat uylari, 2 madaniyat va istirohat bog&#8217;i, Xotira maydoni mavjud. Stadion, sport majmuasi va boshqa sport inshootlari bor. 6 kasalxona (shu jumladan, tuman Markaziy kasalxonasi), poliklinika, tug&#8217;ruqxona, dorixonalar, 7 qishloq vrachlik punkti, 13 feldsher-akusherlik punkti, 5 xususiy tibbiy muassasa aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. Tuman hududidan temir yo\u2019l o&#8217;tgan. Tuman markazidan Toshkent, Andijon va boshqa shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qo&#8217;rg&#8217;ontepa tumani \u2014 Andijon viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Shimoli-g&#8217;arbda Jalolquduq, Janubi-g&#8217;arbda Xo&#8217;jaobod tumanlari, Sharq, Janubi-Sharq va shimolda Qirg&#8217;iziston bilan chegaradosh. Maydoni 0,48 ming km2 ga yaqin. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qorgontepa-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-109123","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109123","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=109123"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109123\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":109133,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109123\/revisions\/109133"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=109123"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=109123"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=109123"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}