{"id":109125,"date":"2023-09-28T13:49:33","date_gmt":"2023-09-28T10:49:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=109125"},"modified":"2023-09-28T13:49:41","modified_gmt":"2023-09-28T10:49:41","slug":"qoshaloq-yulduzlar-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoshaloq-yulduzlar-2\/","title":{"rendered":"Qo&#8217;shaloq yulduzlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Qo&#8217;shaloq yulduzlar &#8212; tortishish kuchlari ta&#8217;sirida komponentlari massalarining umumiy markazi atrofida elliptik orbita bo&#8217;ylab harakatlanuvchi, bir-biriga yaqin joylashgan 2 ta yulduz; komponentlari dinamik bog&#8217;liq bo&#8217;lgan fizik sistemani tashkil etadi. Qo&#8217;shaloq yulduzlarning vizual, spektral, to&#8217;siluvchan va boshqa turlari mavjud. Vizual Qo&#8217;shaloq yulduzlar teleskop orqali kuzatilganda komponentlarini bir-biridan ajratish mumkin va ularning yorqinliklarida unchalik katta farq sezilmaydi. Spektral Qo&#8217;shaloq yulduzlarning komponentlari yaqin bo&#8217;lgani uchun teleskoplar orqali bir-biridan ajratib bo&#8217;lmaydi. Ularning qo&#8217;shaloqligini spektridagi davriy o&#8217;zgarishlaridan (davriy siljishlari yoki spektr chiziqlarining davriy ikkiga ajralishidan) bilish mumkin. Agar ikkala komponent bir xil yorqinlikka ega va, ayniqsa, ikkalasi bir spektral sinfga mansub bo&#8217;lsa, unda chiziqlarning davriy ajralishi va qo&#8217;shilishi aniq bilinadi. Agar faqat bitta komponentning chiziqlari ko&#8217;rinsa, unda ular davriy ravishda qandaydir bir o&#8217;rtacha vaziyat atrofida tebranib turadi. Dopler qonuni chiziqlarning siljishi va ikkiga ajralishi komponentlari massalarining umumiy markazi atrofida orbital harakatidan kelib chiqadi deb tushuntiradi. Spektrdagi chiziqlarning siljishini o&#8217;lchashdan komponentlarning nur tezliklari o&#8217;zgarishini aniqlash mumkin. To&#8217;siluvchan Qo&#8217;shaloq yulduzlarda uning orbita tekisligi kuzatuvchiga qulay bo&#8217;lgan yon tomondan ko&#8217;ringanda yulduzlardan biri ikkinchisini ma&#8217;lum vaqtga to&#8217;sib qo&#8217;yadi. Ularning davrlari bir necha soatdan bir necha yilgacha boradi. Yorqinliklarining kamayish darajasi va nisbiyligi yulduzlarning o&#8217;lchamlariga, ularning orasidagi masofaga, yorqinliklarining farqiga va orbitalarining qiyaligiga bog&#8217;liq. Ayrim holda fizik qo&#8217;shaloqlarning komponentlari bir-biridan ancha olisda joylashgan, lekin ularning xususiy harakatlari, parallakslari va nur tezliklari yaqin bo&#8217;ladi. Bunday yulduzlar keng juftlarni tashkil etadi. Fazoda ularning komponentlarini minglab, hatto o&#8217;n minglab astronomik birliklar ajratib turadi. Agar ularning komponentlari bir-birining atrofida harakatlanayotgan bo&#8217;lsa, aylanish davrlari millionlab yillarga teng bo&#8217;ladi. Shuningdek, komponentlari bir-biriga juda yaqin joylashgan zich qo&#8217;shaloq sistemalar mavjud. Ularning ajralgan, yarim ajralgan va kontaktli turlari kuzatiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qo&#8217;shaloq yulduzlar &#8212; tortishish kuchlari ta&#8217;sirida komponentlari massalarining umumiy markazi atrofida elliptik orbita bo&#8217;ylab harakatlanuvchi, bir-biriga yaqin joylashgan 2 ta yulduz; komponentlari dinamik bog&#8217;liq bo&#8217;lgan fizik sistemani tashkil etadi. Qo&#8217;shaloq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoshaloq-yulduzlar-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-109125","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109125","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=109125"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109125\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":109135,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109125\/revisions\/109135"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=109125"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=109125"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=109125"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}