{"id":109139,"date":"2023-09-28T14:13:07","date_gmt":"2023-09-28T11:13:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=109139"},"modified":"2023-09-28T14:13:10","modified_gmt":"2023-09-28T11:13:10","slug":"quturish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/quturish\/","title":{"rendered":"Quturish"},"content":{"rendered":"\n<p>Quturish \u2014 neyrotrop virus qo&#8217;zg&#8217;atadigan o&#8217;tkir yuqumli zoonoz kasallik; tomir tortishishi, falajlik, hiqildoq va nafas muskullarining spazmi bilan kechadi. Quturish qadimdan ma&#8217;lum, uni suvdan cho&#8217;chish kasalligi deb ham atashgan. Frantsuz olimi Lui Paster 19-asrning 2-yarmida Quturish kasalligiga qarshi vaktsina kashf etdi, shu sababli Quturishga qarshi tadbirlarni amalga oshiradigan barcha muassasalar Paster Stantsiyalari deb yuritila boshlandi. Ularning faoliyati tufayli quturgan hayvon tishlaganidan so&#8217;ng vaqtida emlangan millionlab odamlar hayoti saqlanib qolindi. Qo&#8217;zg&#8217;atuvchisi quturishning yovvoyi virusi, u nerv hujayralarini tanlab jarohatlaydi. Virus sovuqqa chidamli, muzlatilganda uzoq saqlanadi. Tashqi muhitda, shuningdek, qaynatilganda, 3-5% li lizol, xloramin eritmalarida tez nobud bo&#8217;ladi. Kasallikning yashirin davri hayvonlarda 14-16 kun. Shundan keyin bezovtalik, yirtqichlik. xatti-harakatning o&#8217;zgarishi, ko&#8217;p so&#8217;lak ajralishi kuzatiladi. Hayvon hech narsa ichmay, yemay qo&#8217;yadi. So&#8217;ngra tomir tortishishi, falajlik boshlanib, hayvon o&#8217;lib qoladi. Odamga quturish virusi kasal hayvon, asosan, it, mushuk va boshqalar tishlaganida, yoki so&#8217;lagi teri yuzasiga tushgashia yuqadi. Odamda Quturish kasalligining yashirin davri 15 kundan bir necha oygacha (o&#8217;rtacha 20\u2014 30 kun). Quturgan it bo&#8217;yin, yuzni tishlaganda bu davr qisqaroq, oyoqni tishlaganda uzoqroq bo&#8217;ladi. Kasallik kechishida 3 davr kuzatiladi: Darakchi davr \u2014 odatda kasallik asta-sekin boshlanadi, lohaslik, bosh og&#8217;rishi, biroz isitma ko&#8217;tarilishi kuzatiladi. Bemorning kayfiyati o&#8217;zgaradi, hech narsa yoqmay, yolg&#8217;izlikni istaydi; ovqat yemaydi. Tishlangan joydagi yara bitib ketgan bo&#8217;lsa ham o&#8217;sha sohada og&#8217;riq paydo bo&#8217;lishi muhim belgi hisoblanadi; qo&#8217;zg&#8217;olish (besaranjomlik) davri \u2014 nafas olish azobga aylanadi. Bemor jonsarak, behalovat bo&#8217;lib qoladi. Muskullari, xususan, yutqin va hiqildoq muskullari tirishadi; salgina shamol yoki bir oz ta&#8217;sirot tufayli xuruj takrorlanaveradi. Nafas olish qiyinlashadi, gidrofobiya, aerofobiya alomatlari paydo bo&#8217;ladi. So&#8217;lagi ko&#8217;p oqadi. Isitma ko&#8217;tariladi (39-40\u00b0 gacha). Tirishish vaqtida nafas to&#8217;xtab, kishi o&#8217;lib qolishi ham mumkin; falajlanish davri \u2014 bunda muskullar falajlanib, bemor tinchib qoladi, lekin hushi saqlanadi. Falajlanish pastdan yuqoriga ko&#8217;tarilib boradi va yurak to&#8217;xtashi, nafas markazi falajlanishi oqibatida o&#8217;lim sodir bo&#8217;ladi. Quturishning oldini olish uchun xonadonda boqiladigan itlar ro&#8217;yxatga olinishi va profilaktik tarzda quturishga qarshi emlanishi lozim. Odamni tishlagan it ma&#8217;lum bo&#8217;lsa, u veterinar nazoratida 10 kun ushlab turiladi. Agar u quturgan bo&#8217;lsa, shu muddat ichida o&#8217;ladi. It tishlagan odamga tibbiy yordam poliklinikalar qoshidagi travmatologiya punktida ko&#8217;rsatiladi. It tishlaganda darhol shu punktlarga murojaat qilish, ungacha tishlangan sohani darhol sovunlab yuvish va atrofiga yodning spirtli eritmasini surtish kerak. Hosil bo&#8217;lgan yara tikilmaydi. Iloji boricha ertaroq Quturishga qarshi kultural vaktsina yuborishni boshlash kerak, shunda emlash boshlanganidan 2 hafta o&#8217;tgach, immunitet paydo bo&#8217;lishi mumkin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Quturish \u2014 neyrotrop virus qo&#8217;zg&#8217;atadigan o&#8217;tkir yuqumli zoonoz kasallik; tomir tortishishi, falajlik, hiqildoq va nafas muskullarining spazmi bilan kechadi. Quturish qadimdan ma&#8217;lum, uni suvdan cho&#8217;chish kasalligi deb ham atashgan. Frantsuz &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/quturish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-109139","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109139","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=109139"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109139\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":109147,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109139\/revisions\/109147"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=109139"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=109139"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=109139"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}