{"id":109241,"date":"2023-09-28T17:02:29","date_gmt":"2023-09-28T14:02:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=109241"},"modified":"2023-09-28T17:02:36","modified_gmt":"2023-09-28T14:02:36","slug":"qongirot-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qongirot-tumani\/","title":{"rendered":"Qo&#8217;ng&#8217;irot tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Qo&#8217;ng&#8217;irot tumani &#8212; Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasidagi tuman. 1927 yil 3 iyulda tashkil etilgan. 1963 yil Xo&#8217;jayli tumaniga qo&#8217;shib yuborilgan. 1964 yil 22 Fevraldan qayta tuzilgan. Shimoli -sharqdan Mo&#8217;ynoq tumani, sharqdan Amudaryo orqali Bo&#8217;zatov, Janubi.-sharqdan Qanliko&#8217;l, Shumanay tumanlari, Janubdan Turkmanistonning Toshhovuz viloyati, G&#8217;arb va shimoldan Qozog&#8217;iston Respublikasining Aterov va Oqto&#8217;ba viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 74,49 ming km2. Hududi jihatidan Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi tumanlari ichida eng kattasi. Aholisi 113,2 ming kishi (2005). Tumanda 1 shahar (Qo&#8217;ng&#8217;irot), 6 shaharcha (Jasliq, Oltinko&#8217;l, Oqsho&#8217;laq, Elobod, Qoraqalpog&#8217;iston, Qubla-Ustyurt), 9 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Ajiniyoz, Navro&#8217;z, Ornek, Ravshan, Suelli, Ustyurt, Xorazm, Qipchoq. Qo&#8217;ng&#8217;irot). Markazi \u2014 Qo&#8217;ng&#8217;irot shahri. Tabiati. Yer yuzasi. asosan, Ustyurt platosidan iborat. O&#8217;rtacha balandligi 150-200 metr. Eng baland joyi 290 metr (tumanning g&#8217;arbiy qismidagi Qorabovur qirida). Markaziy qismida borsa-kelmas, sharqida Qoraumbet sho&#8217;rxoklari, Janubda Asakaovdon botig&#8217;i, Turkmaniston bilan chegaradosh hududida Qoplonqir tekisligining va Sariqamish ko&#8217;lining shimol qismi joylashgan. Iqlimi keskin kontinental, quruq. Yozi issiq, qishi sovuq. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -4,2\u00b0 dan -6\u00b0 gacha, iyulniki 26,2\u00b0, ba&#8217;zan 28\u00b0. Eng past temperatura yanvarda -24\u00b0, eng yuqori temperatura iyulda 41\u00b0. Yillik o&#8217;rtacha yog&#8217;in 100 mm. Vegetatsiya davri 155-165 kun. Sug&#8217;oriladigan zonalarda 183 kun. Tuman xo&#8217;jaliklari Suelli magistral kanali, Ravshan, Oltinko&#8217;l kanallaridan suv oladi, shuningdek, tuman hududiga Mashan ko&#8217;li va shimoliy qismida Suelli ko&#8217;lining Janub chekkasi tutash. Tuproqlari Ustyurt platosida, asosan, cho&#8217;l sur-qo&#8217;ng&#8217;ir, sug&#8217;oriladigan Sharqiy qismida o&#8217;tloqi &#8212; bo&#8217;z va o&#8217;tloqi tuproqlardan iborat. Sho&#8217;rxok, taqir tuproqlar va taqirlar ham uchraydi. Tabiiy o&#8217;simliklari, asosan, cho&#8217;l o&#8217;simliklari: shuvoq (jumladan, gul-shuvoq), sho&#8217;ra, qirqbo&#8217;g&#8217;in, qora saksovul va boshqalar, Amudaryo bo&#8217;ylarida to&#8217;qaylar mavjud. Yovvoyi hayvonlardan sayg&#8217;oq, bo&#8217;ri, tulki, qumsichqon, ilon, kaltakesaklar; kemiruvchilardan ondatra, kalamushlar; qushlardan qirg&#8217;ovul, qarg&#8217;a, o&#8217;rdak, Baliqchi, o&#8217;rdakburun, suvlarida baliqlar bor. Aholisi, asosan, qoraqalpoqlar, o&#8217;zbeklar va qozoqlar, shuningdek, koreys, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 1,52 kishi (2005). Aholining 41% (44 ming kishi) qishloqlarda, 59% (69,2 ming kishi) shaharlarda yashaydi. Xo&#8217;jaligi. Sanoat korxonalaridan paxta tozalash, un tortish, soda, temir-beton buyumlari zavodlari, &#171;Ustyurt-gaz&#187; unitar sho&#8217;ba korxonasi, Ustyurt qidiruv-parmalash boshqarmasi, &#171;urganchtransgaz&#187; sho&#8217;ba korxonasining 5 gaz quvurlari tarmog&#8217;i boshqarmasi, Qo&#8217;ng&#8217;irot texnologik suv bilan ta&#8217;minlash boshqarmasi, Lokomotiv va vagon ta&#8217;mirlash deposi, gidroinshootlar, avtokorxonalar, qurilish tashkilotlari, &#171;TuzLTD&#187;, &#171;Qazqo&#8217;ng&#8217;irotkarbid&#187;, &#171;N01T&#187; qo&#8217;shma korxonalari, &#171;Iygilik- gaz&#187; qo&#8217;shma korxonasining filiali va boshqalar ishlab turibdi. Tuman qishloq xo\u2019jaligining asosiy tarmog&#8217;i \u2014 paxtachilik, g&#8217;allachilik (shu jumladan, sholichilik), go&#8217;sht-sut chorvachiligi. Shirkat va fermer xo&#8217;jaliklari, 6 muqobil MTP, &#171;Qo&#8217;ng&#8217;irot&#187; mashina-traktor parki faoliyat ko&#8217;rsatadi. Qo&#8217;ng&#8217;irot tumanida 40 ming gektar yer sug&#8217;oriladi. Shundan 4 ming gektar yerga paxta, 4 ming gektar yerga sholi, 5,6 ming gektar yerga bug&#8217;doy, 500 gektar yerga boshqa qishloq xo\u2019jalik ekinlari ekiladi. 170,9 ming gektarga yaqin yer maydoni \u2014 o&#8217;rmonzor (asosan, saksovul, turang&#8217;il va boshqalardan iborat). Qolgan yerlar pichanzor va yaylov. Tumandagi jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 27,6 mingga yaqin qoramol (shu jumladan, 12 mingga yaqin sigir), 58,9 mingga yaqin qo&#8217;y va echki, 1,2 mingga yaqin yilqi boqiladi. Mo&#8217;ynoq baliq zavodining Qo&#8217;ng&#8217;irot filiali ishlab turibdi. 2004\/05 o&#8217;quv yilida tumandagi 56 umumiy ta&#8217;lim maktabi (26 mingdan ziyod o&#8217;quvchi), 2 kasb-hunar kolleji (3,3 ming o&#8217;quvchi), biznes maktabi filiali, &#171;Progress&#187; o&#8217;quv markazi bor. 21 kutubxona, tuman tarixi muzeyi mavjud. Tuman Markaziy kasalxonasi, tug&#8217;ruqxona majmui, teri kasalliklari, sil kasalliklari dispanserlari, 3 poliklinika, 24 feldsher-akusherlik punkti, 7 ovul vrachlik punkti, 2 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, qishloq kasalxonasi va boshqa tibbiy muassasalarda 196 vrach, 1084 o&#8217;rta tibbiy xodim ishlaydi. Tumandagi avtomobil yo&#8217;llarining umumiy uzunligi 996 kilometr, shundan 375,5 kilometr avtotrassasi, temir yo\u2019llar uzunligi 340 kilometr. Buyuk ipak yo&#8217;lidagi xalqaro yo&#8217;l qurilishining bir qismi tuman hududida olib borilmoqda. 1944 yildan &#171;Qo&#8217;ng&#8217;irot haqiqati&#187; tuman gazetasi chop etiladi (adadi 2300).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qo&#8217;ng&#8217;irot tumani &#8212; Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasidagi tuman. 1927 yil 3 iyulda tashkil etilgan. 1963 yil Xo&#8217;jayli tumaniga qo&#8217;shib yuborilgan. 1964 yil 22 Fevraldan qayta tuzilgan. Shimoli -sharqdan Mo&#8217;ynoq tumani, sharqdan Amudaryo &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qongirot-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-109241","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109241","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=109241"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109241\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":109251,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109241\/revisions\/109251"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=109241"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=109241"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=109241"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}