{"id":109264,"date":"2023-09-28T17:18:25","date_gmt":"2023-09-28T14:18:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=109264"},"modified":"2023-09-28T17:18:29","modified_gmt":"2023-09-28T14:18:29","slug":"ohangaron-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ohangaron-tumani\/","title":{"rendered":"Ohangaron tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Ohangaron tumani (1939 yilgacha Qurama tumani) \u2014 Toshkent viloyatidagi tuman. 1929 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1957 yilda O&#8217;rta Chirchiq va Toshkent tumanlari tarkibiga qo&#8217;shilgan. 1971 yil 31 avgustda qayta tashkil etildi. Shimolda yuqori Chirchiq, Parkent, Bo&#8217;stonliq tumanlari, sharqdan Namangan viloyati, Janubdan Tojikiston Respublikasi, Janub-g&#8217;arbdan Piskent tumani va g&#8217;arbdan O&#8217;rta Chirchiq tumani bilan chegaradosh. Maydoni 3,19 ming km2. Aholisi 78,1 ming kishi (2002). Ohangaron tumanida 1 shahar (Ohangaron), 8 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Birlik, Do&#8217;stlik, Ozodlik, Susam, Telov, Uvak, Qoraxitoy, Qurama) bor. Markazi \u2014 Ohangaron shahri. Tabiati. Tuman hududi Janubi-Sharqda Qurama, shimol va shimoli-garbda Chatqol tog&#8217; tizmalari o&#8217;rtasidagi vodiyda joylashgan. Bu tog&#8217; tizmalari Kamchiq dovoniga birlashadi. Tog&#8217;lardan tushayotgan soylar yon bag&#8217;irlarini yuvib, adirlar hosil qilgan. Foydali qazilmalardan qo&#8217;ng&#8217;ir ko\u2019mir (Angren, Obpartak, Cho&#8217;chqabuloq, Jigariston), mis, rux, molibden, oltin (Qo&#8217;shbuloq, Qizilolma, Novgarzon, Oltintopgan), flyuorit (Gushsoy), alunit (okcha, Novgarzon), Feruza (Ungurlikon, Objazsoy), qurilish materiallari bor. O&#8217;tga chidamli tuproq, qum, shag&#8217;al, ohaktoshning zaxiralari katta. Iqlimi kontinental, yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -3\u00b0, -5\u00b0, iyulniki 22\u00b0-26\u00b0. Yillik yog&#8217;in 220-280 mm. Ohangaron vodiysida tezligi 5-10 metr tog&#8217;-vodiy shamoli esadi. Vegetatsiya davri 180 kun. Tuman hududidan Ohangaron daryosi va uning irmoqlari (Beshko&#8217;l, Irtosh, Ko&#8217;ksaroy, Chetsuv, Chinor, Qorabog&#8217;, Oqcha, Shovvoz, Novgarzon, Gushsoy va boshqalar) oqib o&#8217;tadi. Tumanning shimoli-g&#8217;arbidagi xo&#8217;jaliklar Chirchiqdan boshlanuvchi Hamdam va Parkent kanallaridan suv oladi. Daryo kayirlarida o&#8217;tloqi va o&#8217;tloqi-botqoq tuproq, adirlarda tipik bo&#8217;z tuproq (chirindisi 15-26%), tog&#8217; etaklarida to&#8217;q bo&#8217;z tuproqlar tarqalgan. Tuman yovvoyi o&#8217;simlik va hayvonot dunyosiga boy. Adirlarda efemer va efemeroidlar ko&#8217;p. Qo&#8217;ng&#8217;irbosh, rang, oqquray, qo&#8217;ziquloq va tabobatda ishlatiladigan 8 turdagi tog&#8217; giyohlari o\u2019sadi. Tog&#8217; etaklari va yon bag&#8217;irlarida archa, yong&#8217;oq, pista, tog&#8217;olcha, do&#8217;lana, olma ko&#8217;p. Qushlardan tustovuq, so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, chug&#8217;urchiq, kaklik, kaptar, burgut, kalxat, qarchig&#8217;ay, zarg&#8217;aldoq, bulbul, qizilishton, popushak, sa&#8217;va va boshqalar bor. Sut emizuvchilardan ko&#8217;rsichqon, yumron-qoziq, sassiqko&#8217;zan, suvsar, kiyik, arxar (tog&#8217;qo&#8217;ylari), chiyabo&#8217;ri, tulki, bo&#8217;ri, quyon, bo&#8217;rsiq, tipratikan, qobon ko&#8217;p, ba&#8217;zan ayiq uchraydi. Sudraluvchilardan kaltakesaklar, har xil ilon, hasharotlardan qorakurt va boshqalar mavjud. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, qirg&#8217;iz, rus, tatar, ukrain va boshqa millat vakillari yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 24 kishi. Shahar aholisi 34,7 ming kishi, qishloq aholisi 43,4 ming (2002). Tumanda 4 ta qo&#8217;shma korxona, 165 xususiy firma, aktsiyadorlik, mas&#8217;uliyati cheklangan jamiyat va kichik korxonalar mavjud. Ohangaron tumanida 6 shirkat, 3 yordamchi, 1 jamoa, 526 fermer xo&#8217;jaliklari bor. Qishloq xo\u2019jaligida g&#8217;allachilik yetakchi o&#8217;rinda, bog&#8217;dorchilik, chorvachilik, polizchilik bilan ham shug&#8217;ullaniladi. Jami ekin maydoni 26,04 ming gektar. Shundan 12,5 ming gektar yerga boshoqli don, 249 gektar maydonga poliz ekinlari ekiladi. 1625 gektar pichanzor va 66,8 ming gektar yer yaylov. Ugom-Chatqol milliy tabiat bog&#8217;iga qarashli Ohangaron o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi bor. Tuman jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 25,7 ming qoramol, 98,7 ming qo&#8217;y va echki, 154,8 ming parranda boqiladi (2003). Ohangaron tumanida 53 umumiy ta&#8217;lim maktabi (18,2 ming o&#8217;quvchi), qishloq xo\u2019jalik va iqtisodiyot kasb-qunar kolleji (245 o&#8217;quvchi), 8 klub, musiqa maktabi, 28 kutubxona (333 ming kitob), 42 sport maydonchasi, 3 yodgorlik monumenti mavjud. Markaziy kasalxona, 14 qishloq vrachlik punkti, 14 feldsher-akusherlik punkti, 3 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 3 dorixona faoliyat ko&#8217;rsatadi. Tuman hududidan Toshkent\u2014Angren temir yo\u2019l va Toshkent\u2014Qo&#8217;qon\u2014O&#8217;sh\u2014Qashqar xalqaro aqamiyatga ega bo&#8217;lgan avtomobil yo&#8217;li o&#8217;tgan. Umumiy yo&#8217;llar uzunligi 205 kilometr bo&#8217;lib, bu yo&#8217;llardan Toshkent\u2014Angren, Toshkent\u2014Yangiobod, Angren\u2014Bo&#8217;ka, Angren \u2014 Bekobod, Olmaliq \u2014 Chirchiq, Ohangaron \u2014 Olmaliq, Olmaliq \u2014 To&#8217;ytepa, Ohangaron \u2014 Nurobod, Ohangaron \u2014 Tut yo&#8217;nalishlari bo&#8217;yicha avtobuslar qatnaydi. Tumanda 1932 yildan &#171;Oxangaron&#187; (avvalgi &#171;Qurama haqiqati&#187;) gazetasi chiqariladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ohangaron tumani (1939 yilgacha Qurama tumani) \u2014 Toshkent viloyatidagi tuman. 1929 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1957 yilda O&#8217;rta Chirchiq va Toshkent tumanlari tarkibiga qo&#8217;shilgan. 1971 yil 31 avgustda qayta &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ohangaron-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-109264","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109264","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=109264"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109264\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":109294,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109264\/revisions\/109294"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=109264"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=109264"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=109264"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}