{"id":109286,"date":"2023-09-28T17:18:18","date_gmt":"2023-09-28T14:18:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=109286"},"modified":"2023-09-28T17:18:21","modified_gmt":"2023-09-28T14:18:21","slug":"ogir-sanoat-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ogir-sanoat-2\/","title":{"rendered":"Og&#8217;ir sanoat"},"content":{"rendered":"\n<p>Og&#8217;ir sanoat \u2014 ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari guruhi. Og&#8217;ir sanoat undirma sanoat tarmoqlarining barchasini va ishlov beruvchi sanoatnint bir qismini o&#8217;z ichiga oladi. Unga elektroenergetika, yoqilg&#8217;i sanoati, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, kimyo, neft kimyosi, yog&#8217;ochsozlik, qog&#8217;oz-tsellyuloza, qurilish materiallari sanoati va boshqalar kiradi. Og&#8217;ir sanoat mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishda hal qiluvchi rol o&#8217;ynaydi, xalq xo&#8217;jaligini kengaytirilgan ishlab chiqarish, texnika bilan qurollantirish, mamlakat mudofaa qudratini yuksaltirish, xalq farovonligini o&#8217;stirishning negizi hisoblanadi. O&#8217;zbekistonda 20-asrning boshlariga qadar Og&#8217;ir sanoat korxonalari bo&#8217;lmagan. 20-asrning 20-yillaridan boshlab dastlabki qishloq xo\u2019jaligi mashinasozligi, gidroenergetika, yoqilg&#8217;i sanoati korxonalari qurildi. 2-jahon urushi yillarida O&#8217;zbekistonga 90 ta Og&#8217;ir sanoat korxonasi ko&#8217;chirilib keltirildi. Ularning ko&#8217;pi mashinasozlik, asbobsozlik korxonalari edi. Urushdan keyingi yillarda ko&#8217;pgina yirik korxonalar qurilishi natijasida mashinasozlik tarmoklari ko&#8217;paydi, sifati o&#8217;zgardi. Shuningdek, samolyotsozlik, asbobsozlik, motorsozlik, Elektroapparat, elektrodvigatel, ekskavator, kompressor zavodlari qurildi. Toshkent, Olmaliq, Chirchiq, Samarqand, Navoiy, Farg&#8217;ona, Yangiyo&#8217;l, Namangan, Sho&#8217;rsuv va boshqa joylar turli xil kimyoviy maxsulotlar ishlab chiqaradigan kimyo industriyasi markaziga aylandi. Bekobod, Chirchiq, Toshkent shaharlari kora metallurgiya, Zarafshon, Olmaliq shaharlari esa rangli metallurgiya markazi hisoblanadi. O&#8217;zbekiston sanoatida elektr energiyasi, gaz, neft, ko&#8217;mir, benzin, po&#8217;lat, avtomobillar, traktorlar, paxta terish mashinalari, elektrodvigatellar, transformatorlar, akkumulyatorlar, kabellar, ekskavatorlar, ko&#8217;prikli ko&#8217;targichlar, yigiruv mashinalari, samolyotlar, oltingugurt kislotasi, mineral o&#8217;g&#8217;itlar, tsement, qurilish materiallari va boshqalar ishlab chiqariladi. Mamlakat sanoatida tarmoqlarning tutgan o&#8217;rni xar xil. Masalan, 1995 yilda sanoat maqsulotlarining tarmoqlar bo&#8217;yicha tarkibida yoqilg&#8217;i-energetika majmuasi 18,3%, Metallurgiya 13,9%, kimyo va neft kimyosi sanoati 5,2%, mashinasozlik va metallni qayta ishlash 8,8%, qurilish materiallari sanoati 4,5%, tsellyuloza-qog&#8217;oz sanoati 1%ni tashkil qildi. Sanoat taraqqiyotida yoqilg&#8217;i-energetika majmuasining o&#8217;rni alohida. Uning tarkibiga gaz, neft va neftni qayta ishlash, kumir va energetika kiradi. O&#8217;zbekiston jahondagi 10 ta yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar jumlasiga kiradi. Respublikada qudratli gidro va issiqlik elektr stansiyalari mavjud. Metallurgiya majmuasi tarkibi ma&#8217;dan xom ashyosini, kora va rangli metallarni qazib chiqaruvchi, boyituvchi va qayta ishlab chiqaruvchi korxonalardan iborat. Oltin, kumush, mis, qo&#8217;rg&#8217;oshin, rux, volfram, molibden, litiy, uran, alyuminiy xom ashyosi, Nodir metallar va boshqa qator qazilma boyliklarning aniqlangan zaxiralari ko&#8217;p. Kimyo va mashinasozlik majmualari sanoatning muhim sohalaridir. Yangi iqtisodiy sharoitda bu tarmoqlarda chuqur strukturaviy qayta qurishlar amalga oshirildi, ular mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashga yo&#8217;naltirilgan. 2002 yilda O&#8217;zbekiston Og&#8217;ir sanoat korxonalarida 419,6 ming tonna qora metallar prokati, 2,7 million tonna ko\u2019mir, 7,2 million tonna neft (gaz kondensati bilan birga), 59,7 milliard m3 tabiiy gaz, 49,6 milliard kVt-soat elektr energiyasi, 156 ta transformator, 31285 dona avtomobil, 954 dona traktor, 822 ming tonna mineral o&#8217;g&#8217;itlar, 9733 tonna qog&#8217;oz, 3,9 million tonna tsement ishlab chiqarildi. Jahondagi ko&#8217;pgina rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda Og&#8217;ir sanoatni rivojlantirishga katta e&#8217;tibor berilgan. 1970-yillar o&#8217;rtalarida butun dunyoda 6499 milliard kVt-soat elektr energiyasi, 2642 million tonna neft, 1260 milliard m3 tabiiy gaz, 2505 million tonna ko&#8217;mir, 476 million tonna cho&#8217;yan, 652 million tonna po&#8217;lat, 96,6 million tonna mineral o&#8217;g&#8217;itlar ishlab chiqarildi. Bu ko&#8217;rsatkichlar 20-asrning oxiriga qadar ham ortib bordi. Og&#8217;ir sanoat rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida g&#8217;oyat muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Yaponiya, Italiya va boshqa mamlakatlar sanoatida asosiy o&#8217;rinni egallaydi. Abdurahim Ortiqov, Ravshan Otaboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Og&#8217;ir sanoat \u2014 ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari guruhi. Og&#8217;ir sanoat undirma sanoat tarmoqlarining barchasini va ishlov beruvchi sanoatnint bir qismini o&#8217;z ichiga oladi. Unga elektroenergetika, yoqilg&#8217;i sanoati, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ogir-sanoat-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-109286","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109286","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=109286"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109286\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":109287,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109286\/revisions\/109287"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=109286"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=109286"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=109286"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}