{"id":109681,"date":"2023-10-04T14:52:10","date_gmt":"2023-10-04T11:52:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=109681"},"modified":"2023-10-04T14:52:15","modified_gmt":"2023-10-04T11:52:15","slug":"oktyabr-tontarishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/oktyabr-tontarishi\/","title":{"rendered":"Oktyabr to&#8217;ntarishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Oktyabr to&#8217;ntarishi &#8212; Rossiyada muvaqqat hukumatnit qurol kuchi bilan ag&#8217;darilishi va hokimiyat tepasiga bolsheviklar partiyasining kelishi [1917 yil 24-26 oktabr (6-8 noyabr)]. Fevral inqilobidan keyin muvaqqat hukumatning ishchilar va dehqonlarning talablari, milliy masalalarni hal qilishdagi sustkashligi va qat&#8217;iyatsizligi, Rossiyaning urushda ishtiroki davom etayotganligi umummilliy inqirozni avj oldirdi, markazda ekstremistik (o&#8217;ta so&#8217;l) partiyalarning, mamlakatning chekkalarida esa millatchi partiyalarning kuchayishi uchun sharoit tug&#8217;dirdi. Hammadan ham bolsheviklar faol harakat qildilar. Ular Rossiyada sosialistik inqilobni boshlaymiz, bu jahon inqilobining debochasi bo&#8217;ladi, deb bong urdilar. 1917 yil avgust oxiri \u2014 sentabr boshlarida bolsheviklar Petrograd va Moskva sovetlarida ko&#8217;pchilikni egalladi va qurolli to&#8217;ntarishga tayyorgarlik ko&#8217;rdi. 24 oktabrdan 25 oktabrga o&#8217;tar kechasi (6-7 noyabr) qurollangan ishchilar, Petrograd garnizonining soldatlari va Boltiq flotining matroslari qishki saroyga bostirib kirdi va muvaqqat hukumat a&#8217;zolarini qamoqqa oldi. Butun Rossiya Sovetlarining 2-s&#8217;yezdida bolsheviklar dastlab so&#8217;l eserlar bilan hamkorlikda muvaqqat hukumat ag&#8217;darilganligini qo&#8217;llab-quvvatlab, Tinchlik va yer to&#8217;g&#8217;risida dekretlar e&#8217;lon qildilar. V.I.Lenin boshchiligidagi hukumat \u2014 Xalq Komissarlari Soveti (XKS)ni tuzdilar. Petrograd va Moskvada muvaqqat hukumatga sodiq kuchlarning qarshiligini shafqatsiz bostirib, Rossiyaning muhim Markaziy sanoat shaharlarida tezlik bilan hukmronlikni o&#8217;rnatdilar. Asosiy dushman \u2014 kadetlar partiyasi esa qonundan tashqari deb e&#8217;lon qilindi, partiya yo&#8217;lboshchilari qamoqqa olindi, matbuot erkinligiga chek qo&#8217;yildi. Shunga qaramay, ta&#8217;sis Majlisiga bo&#8217;lgan saylovlar (1917 yil 12 noyab.)da bolsheviklar faqat 25% ovoz oldi. 1918 yil 5(18) yanvarda Petrogradda bo&#8217;lgan ta&#8217;sis Majlisi bolsheviklarning do&#8217;q-po&#8217;pisalardan iborat talablarini rad qilgach, ular tomonidan noqonuniy ravishda tarqatib yuborildi. Bu holat mamlakatning parchalanishi va Rossiyada fuqarolar urushi (1918-22) kuchayishiga olib keldi. 1918 yil mart oyiga kelib Rossiyaning anchagina hududida sovet hokimiyati o&#8217;rnatildi. &#171;Harbiy kommunizm&#187; siyosatiga o&#8217;tilishi, qatag&#8217;on organi \u2014 butun Rossiya Favqulodda komissiyasi (VChK)ning tuzilishi (1917 yil dekabr) va qizil armiyaning tashkil qilinishi (1918 yil Fevral) bolsheviklar g&#8217;alabasini ta&#8217;minlab, ularning yakka-partiyaviy hukmronlikni o&#8217;rnatishiga imkon berdi. 1917 yil kuzida Turkistonda hokimiyatning Sovetlar qo&#8217;liga o&#8217;tishi uchun ob&#8217;yektiv shart-sharoitlar yo&#8217;q edi, bolsheviklarning omma o&#8217;rtasida ta&#8217;siri ham oz bo&#8217;lgan. Bu yerda asosiy siyosiy kuchlar eserlar va milliy partiyalar edi. Biroq, Oktyabr to&#8217;ntarishi haqidagi xabar 27 oktabrda Toshkentga yetib kelgach, bolsheviklar va so&#8217;l eserlar hokimiyatni zo&#8217;ravonlik yo&#8217;li bilan egallash uchun kurash boshladilar. To&#8217;rt kunlik janglardan so&#8217;ng Toshkentning yangi shahar qismida sovet hokimiyati o&#8217;rnatildi (1917 yil 1 noyabr). Muvaqqat hukumatning Turkiston komiteti ag&#8217;darib tashlandi. Biroq qurolli to&#8217;qnashuvda mahalliy aholi deyarli ishtirok etmadi. 1917 yil 15-22 noyabrda bo&#8217;lgan Turkiston Sovetlarining 7-o&#8217;lka s&#8217;yezdila so&#8217;l eserlar, bolsheviklar va maksimalistlardan iborat Turkiston o&#8217;lkasi XKS (raisi F.I.Kolesov) tuzildi. Hukumat tarkibiga tub millat vakillaridan biron kishi ham kiritilmagan edi. Hokimiyatning Sovetlar tomonidan bosib olinishini taraqqiyparvar kuchlar (Fitrat, Ubaydulla Asadullaxo&#8217;jayev, Munavvarqori, Mustafo Cho&#8217;qay, Sherali Lapin va boshqalar) keskin qoralashgan. Turkistondagi sovet hokimiyati muvaqqat hukumatdan meros qolgan harbiy kuchlar va boshqa qurolli kuchlarni o&#8217;z qo&#8217;liga to&#8217;plab, Qo&#8217;qonga hujum qildi va Turkiston muxtoriyatini tugatdi (1918 yil Fevral). Biroq Buxoroga qilingan bosqin (1918 mart) mag&#8217;lubiyatga uchradi. Oktyabr to&#8217;ntarishi 20-asrda Rossiya va butun jahon uchun kuchli ta&#8217;sir qildi. Dunyo siyosiy tartibotida aql bovar qilmaydigan voqealar yuz berdi. Amalga oshirilgan Oktyabr to&#8217;ntarishini saqlab qolish uchun bolsheviklar butun ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ustidan diktaturani, ya&#8217;ni alohida shaxslarning hokimiyatini ta&#8217;minlab beruvchi harbiy-siyosiy rejimni o&#8217;rnatdilar. Bu rejim sobiq SSSR hududida qatag&#8217;on siyosatini amalga oshirdi. Garchi Oktyabr to&#8217;ntarishi 18-19-asrlarda shakllangan sotsialistik g&#8217;oyalar bayrog&#8217;i ostida amalga oshirilgan bo&#8217;lsada, aslida maqsad qanday qilib bo&#8217;lmasin davlatni qo&#8217;lga olishga qaratilgan edi. Bolsheviklar Oktyabr to&#8217;ntarishidan keyin oldingi imperiyachilik siyosatini izchil davom ettirdilar. 20-asrning 2-yarmida esa imperiya chegarasini G&#8217;arbiy Yevropagacha yetkazdilar. Dunyoning ikki qutbga bo&#8217;linish jarayoni boshlandi. Bu jarayon 20-asrning 80-yillarigacha davom etdi. Oktyabr to&#8217;ntarishi insoniyat tarixiy taraqqiyotini butunlay teskariga burib yubordi. Jamiyat taraqqiyotini ta&#8217;minlovchi xususiy mulk, tadbirkorlik, savdo-sotiq, erkin harakat, shuningdek, erkin fikr avvaliga bir qolipga solindi, keyinroq butunlay taqiqlab qo&#8217;yildi. Insoniyat yaratgan, tabiat in&#8217;om etgan hamma narsalar davlat mulkiga aylantirildi. Sobiq Ittifoq hududidagi xalklarning qadriyati asta-sekin yo&#8217;qotila borildi. Yagona xalq, yagona oila, yagona til kabi sun&#8217;iy qadriyatlar tiqishtirildi. Xalqni, uning manfaatlarini nazar- pisand qilmay, aslida xalq irodasiga qarshi amalga oshirilgan Rossiyadagi Oktyabr to&#8217;ntarishi 20-asrdagi davlat terrorizmini boshlab bergan siyosiy voqea edi. Ad:. O&#8217;zbekistonning yangi tarixi, 2-kitob [O&#8217;zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov nasionalnoy nezavisimosti, T., 2000; istoriya sovetskoy Rossii Sankt-Peterburg, 2001; V er go N., Istoriya Sovetskogo gosudarstva, 1900-1991, M., 2001. Hahramon Rajabov, Sayfiddin Jo&#8217;rayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oktyabr to&#8217;ntarishi &#8212; Rossiyada muvaqqat hukumatnit qurol kuchi bilan ag&#8217;darilishi va hokimiyat tepasiga bolsheviklar partiyasining kelishi [1917 yil 24-26 oktabr (6-8 noyabr)]. Fevral inqilobidan keyin muvaqqat hukumatning ishchilar va dehqonlarning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/oktyabr-tontarishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-109681","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109681","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=109681"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109681\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":109689,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109681\/revisions\/109689"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=109681"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=109681"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=109681"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}