{"id":10971,"date":"2021-11-18T16:35:08","date_gmt":"2021-11-18T13:35:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=10971"},"modified":"2025-10-29T12:53:04","modified_gmt":"2025-10-29T09:53:04","slug":"astraxon-viloyati-haqida-nimani-bilasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/astraxon-viloyati-haqida-nimani-bilasiz\/","title":{"rendered":"ASTRAXON VILOYATI haqida nimani bilasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>ASTRAXON VILOYATI \u2013 Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. Quyi Volga bo&#8217;yida, Janubiy qismi Kaspiy dengiziga tutashadi. Astraxon viloyati 1943 yil 27 dekabrda tashkil etilgan. Maydoni 44,1 ming kilometr kvadrat. Aholisi 1014 ming kishi (1999), asosan, ruslar; qozoq, tatar va ukrainlar ham yashaydi. Astraxon viloyatida 11 ma&#8217;muriy tuman, 5 shahar, 13 shaharcha bor. Markazi \u2014 Astraxon shahri. Astraxon viloyati Kaspiy bo&#8217;yi pasttekisligidagi chala cho&#8217;llar, Volga-Axtuba qayiri va Volga daryosi deltasini o&#8217;z ichiga oladi. Astraxon viloyati hududida sho&#8217;rxoklar, sho&#8217;r ko&#8217;llar hamda qum tepaliklari bor. Sho&#8217;r ko&#8217;llardan eng yirigi Bosqunchoq ko&#8217;lidir. Iqlimi keskin kontinental va juda quruq. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi shimolda \u2014 10\u00b0, Janubda -6\u00b0, iyulniki esa shimolda 24\u00b0 va Janubda 25\u00b0. O&#8217;rtacha yillik yog&#8217;in 200 millimetr. Eng yirik daryosi Volga va uning tarmogi Axtuba. Tuproqlari och kashtan sho&#8217;rtob va qo&#8217;ng&#8217;ir tuproqlar. Boshoqlilar, shuvoq, sho&#8217;ra, o&#8217;tloq o&#8217;simliklari o&#8217;sadi. Sayg&#8217;oq, turli kemiruvchilar, sudraluvchilar, hasharotlar yashaydi. Volgada 50 dan ziyod baliq turi uchraydi. Neft, gaz, tuz, gips kabi foydali kazilmalar bor. Volga deltasida Astraxon qo&#8217;riqxonasi tashkil qilingan. Astraxon viloyatida oziq-ovqat (baliq, go&#8217;sht, tuz), mashinasozlik, shuningdek yog&#8217;ochsozlik va tsellyuloza qog&#8217;oz sanoati, sabzavotchilik, polizchilik, chorvachilik rivojlangan. Yetakchi sanoat tarmoqlari \u2014 taxta tilish, yog&#8217;ochsozlik va tsellyuloza-qog&#8217;oz sanoati. Kimmatbaho osyotr va chastik baliqlari ovlanadi. Astraxondagi baliq-konserva korxonalarida baliq qayta ishlanadi. Astraxon viloyatida Rossiyada eng yirik bo&#8217;lgan Bosqunchoq tuz korxonasi ishlab turibdi. Astraxon viloyatida metallsozlik, kemasozlik va kema tuzatish sanoati korxonalari, ko&#8217;n zavodi va mo&#8217;yna fabrikasi mavjud. Qamish plitalar ishlab chiqaruvchi zavod bor. Bug&#8217;doy, kuzgi javdar, yem-xashak, poliz ekinlari ekiladi. Chorvachilikda go&#8217;sht-jun qo&#8217;ychiligi va go&#8217;sht-sut qoramolchiligi rivojlangan. Transportda etakchi o&#8217;rinni dengiz transporti egallaydi. Volga va uning o&#8217;ng tarmog&#8217;i Baxtemir daryo transportida muhim ahamiyatga ega. Astraxon viloyati temir yo&#8217;l orqali Rossiyaning boshqa rayonlari bilan bog&#8217;langan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ASTRAXON VILOYATI \u2013 Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. Quyi Volga bo&#8217;yida, Janubiy qismi Kaspiy dengiziga tutashadi. Astraxon viloyati 1943 yil 27 dekabrda tashkil etilgan. Maydoni 44,1 ming kilometr kvadrat. Aholisi 1014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/astraxon-viloyati-haqida-nimani-bilasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-10971","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10971","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10971"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10971\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162599,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10971\/revisions\/162599"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10971"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10971"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10971"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}