{"id":110013,"date":"2023-10-05T14:49:02","date_gmt":"2023-10-05T11:49:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110013"},"modified":"2023-10-05T14:49:06","modified_gmt":"2023-10-05T11:49:06","slug":"oqqorgon-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/oqqorgon-tumani\/","title":{"rendered":"Oqqo&#8217;rg&#8217;on tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Oqqo&#8217;rg&#8217;on tumani &#8212; Toshkent viloyatidagi tuman. 1935 yil 28 iyulda tashkil qilingan. Shimol va shimoli-g&#8217;arbda Quyi Chirchiq tumani, G&#8217;arb va Janubi-g&#8217;arbda Sirdaryo viloyati, shimoli-Sharqda O&#8217;rta Chirchiq tumani, Janub va Janubi- Sharqda Bo&#8217;ka tumani, Sharqda Piskent tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,40 ming km2. Aholisi 86,8 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Oqqo&#8217;rg&#8217;on), 1 shaharcha (Alimkent), 10 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Achchi, Do&#8217;stlik, Zarbdor, Zafar, Oytamg&#8217;ali, Oqqo&#8217;rg&#8217;on, Toshto&#8217;g&#8217;on, Shohruxiya, Eltamg&#8217;ali, erkinlik) bor. Tuman markazi \u2014 Oqqo&#8217;rg&#8217;on shahri. Tabiati. Tuman hududi Sirdaryo va uning irmog&#8217;i Ohangaron daryosi vodiysida joylashgan. Janubi-g&#8217;arbidan Sirdaryo, shimoli-g&#8217;arbidan Ohangaron va uning irmoqlari (Qorasuv va boshqalar) oqib o&#8217;tadi. Sirdaryo bo&#8217;ylaridagi botqoklashgan yerlar quritilib, ekinzorga aylantirilgan. Sirdaryodan sharqqa tomon yer yuzasi balandlasha boradi. Daryolar ko&#8217;hna qayir (terrasa)lar va jarliklar hosil qilgan. O&#8217;rtacha balandligi 320 metr. Shimoli-g&#8217;arbiy tomoni ochiq bo&#8217;lganidan Arktika havo massasi bemalol kirib keladi va qishda temperatura pasayib ketadi. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -3,7\u00b0, eng past temperatura -33\u00b0, iyulniki 26,5\u00b0, eng yuqori temperatura 42\u00b0. Yillik yog&#8217;in 256 mm. Vegetatsiya davri 200 -212 kun. Tuprog&#8217;i yer osti suvi yuza bo&#8217;lganidan kam chirindili allyuvial o&#8217;tloqi tuproq. Ohangaron sohilida (1 -2% chirindi) bo&#8217;z tuproq uchraydi. Yovvoyi o&#8217;simliklardan turang&#8217;il, terak, jiyda, tol, qamish, yantoq, oqquray, tuyakorin va boshqalar o&#8217;sadi. Sirdaryo va ohangaron qayirlarida, Xonariq bo&#8217;ylarida to&#8217;qay mushugi, quyon, tulki, chiyabo&#8217;ri, yumronqoziq, o&#8217;rdak, g&#8217;oz, qirg&#8217;ovul, suv kalamushi, sichqon, chumchuq, loyxo&#8217;rak, baqa, suvilon va boshqalar yashaydi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar (80,9%), shuningdek, qozoq (8,3%), rus (2,8%), tatar (1,09%), tojik (1,6%) koreys (1,4%), ukrain, nemis, qirg&#8217;iz, uyg&#8217;ur, ozarbayjon, Belorus, turkman, yahudiy va boshqa millat vakillari (3,1%) ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 217 kishi. Xo&#8217;jaligi. Tumanda o&#8217;ndan ortiq korxona mavjud. Yirik korxonalari: Alimkent va Oqqo&#8217;rg&#8217;on paxta tozalash zavodlari, &#171;Maftuna&#187;, &#171;Oqqo&#8217;rg&#8217;on MTP&#187; aktsiyadorlik jamiyati. Xususiy firmalar, 46-avtokorxona ishlab turibdi. Paxta yog&#8217;i, trikotaj va tikuvchilik buyumlari, oziq-ovqat, sut mahsulotlari ishlab chiqariladi. 6 qurilish tashkiloti bor. Tuman kompleks rivojlangan qishloq xo\u2019jaligiga ega. 13 shirkat xo&#8217;jaligi va 5 xususiylashtirilgan chorvachilik fermasi mavjud. Qishloq xo\u2019jaligining yetakchi tarmog&#8217;i \u2014 Paxtachilik; g&#8217;alla, sabzavot va poliz, beda, ozuqa ekinlari ham ekiladi. Uzum va meva yetishtiriladi. Tuman xo&#8217;jaliklarida qoramol, qo&#8217;y va echki, parranda, ipak qurti boqiladi. Oqqo&#8217;rg&#8217;on tumanida 49 umumiy ta&#8217;lim maktabi, 1 kasb-hunar kolleji, maxsus internat maktabi, Markaziy kutubxona va uning 38 ta tarmog&#8217;i (287 mingdan ziyod kitob), 15 klub, muzey, Mangulik qo&#8217;rg&#8217;oni bor. 2 stadion, tennis korti, 2 suzish havzasi, 184 sport maydonchasi faoliyat ko&#8217;rsatadi. 78 jismoniy tarbiya va sport muassasalarida 20 mingdan ziyod kishi sport va jismoniy tarbiya bilan shug&#8217;ullanadi. 2 kasalxona, 25 feldsher-akusherlik Punkti, 2 qishloq davolash ambulatoriyasi, 6 qishloq vrachlik punkti, 15 dorixona aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. Oqqo&#8217;rg&#8217;on tumanida avtomobil yo&#8217;llarning umumiy uzunligi 620 kilometrga teng bo&#8217;lib, ulardan mamlakat ahamiyatidagilari 62 kilometrni tashkil etadi. 1935 yil 1 sentabrdan &#171;Oqqo&#8217;rg&#8217;on ovozi&#187; tuman gazetasi chiqariladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oqqo&#8217;rg&#8217;on tumani &#8212; Toshkent viloyatidagi tuman. 1935 yil 28 iyulda tashkil qilingan. Shimol va shimoli-g&#8217;arbda Quyi Chirchiq tumani, G&#8217;arb va Janubi-g&#8217;arbda Sirdaryo viloyati, shimoli-Sharqda O&#8217;rta Chirchiq tumani, Janub va Janubi- &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/oqqorgon-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110013","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110013","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110013"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110013\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110020,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110013\/revisions\/110020"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110013"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110013"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110013"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}