{"id":110015,"date":"2023-10-05T14:49:03","date_gmt":"2023-10-05T11:49:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110015"},"modified":"2023-10-05T14:49:06","modified_gmt":"2023-10-05T11:49:06","slug":"ogzaki-drama-ogzaki-dramaturgiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ogzaki-drama-ogzaki-dramaturgiya\/","title":{"rendered":"Og&#8217;zaki drama, og&#8217;zaki dramaturgiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Og&#8217;zaki drama, og&#8217;zaki dramaturgiya \u2014 xalq orasida yaratilgan, xalqqa namoyish etiladigan o&#8217;yin-tomoshalar tarzidagi alohida folklor janri. Jahondagi barcha xalklarning yozma dramaturgiyasi Og&#8217;zaki dramadan boshlangan. Og&#8217;zaki drama xalq an&#8217;anaviy teatri bilan chambarchas bog&#8217;langan holda shakllanib rivoj topib kelgan. Uning matni an&#8217;anaviy fabula va ba&#8217;zi barqaror dialoglar asosida ijro paytida to&#8217;qilgan. Xalq Og&#8217;zaki drama tomoshalarining syujeti, odatda, sodda bo&#8217;lib, asosiy e&#8217;tibor syujetga emas, vaziyatga, qahramonlarning holatiga qaratilgan, unda dialog va ijro paytida to&#8217;qiladigan epizodlar muhim rol o&#8217;ynagan. Ayniqsa, hajviy dialogning ishlanishiga ko&#8217;p e&#8217;tibor qilingan. Og&#8217;zaki drama tomoshabinlarni kuldiribgina qolmasdan, katta ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyatga ham ega bo&#8217;lgan. O&#8217;zbek xalq Og&#8217;zaki dramasi o&#8217;rta asrlarda masxarabozlar va qo&#8217;g&#8217;irchoqbozlar san&#8217;ati bilan bog&#8217;liq holda maydonga kelib, katta taraqqiyot yo&#8217;lini bosib o&#8217;tgan. U professional masxarabozlar, muqallidlar, qiziqchilar, qo&#8217;g&#8217;irchoqbozlar tomonidan badiha yo&#8217;li bilan to&#8217;qilgan. Og&#8217;zaki drama &#171;Tanqid&#187;, &#171;Muqallid&#187;, &#171;kulki-hikoya&#187;, &#171;qo&#8217;g&#8217;irchoq o&#8217;yin&#187; deb atalgan pyesalar turkumlarini o&#8217;z ichiga oladi. Tematik jihatdan Og&#8217;zaki drama nihoyatda boy. Unda xalq turmushi, urf-odatlari, mehnati bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan voqealar ham o&#8217;z aksini topadi. Og&#8217;zaki drama O&#8217;zbekistonda yozma professional dramaning yaratilishi va shakllanishida muhim rol o&#8217;ynadi. H. H. Niyoziy o&#8217;z dramaturgiyasida, jumladan, &#171;Tuhmatchilar jazosi&#187;, &#171;Maysaraning ishi&#187; komediyalarida xalq ijodining boshqa turlari qatori Og&#8217;zaki drama motivlari va tasviriy vositalaridan foydalangan. Og&#8217;zaki drama an&#8217;analarini mashhur qiziqchilar Yusufjon Shakarjonov, Berdiyor Diyorov, Oxunjon Huzurjonov, Hoji tamtamlar davom ettirib, san&#8217;at rivojiga muhim hissa qo&#8217;shdilar. Yevropa mamlakatlarida ham Og&#8217;zaki drama mehnat faoliyati bilan bog&#8217;liq holda shakllangan. Uning asosini yil fasllarining almashishiga hamda dehqonchilik ishlariga bag&#8217;ishlangan o&#8217;yinlar tashkil etadi. Masalan, G&#8217;arbiy Yevropada qishni kuzatish bilan bog&#8217;liq Maslenisa bayramlarida qish va yozning kurashi ramziy obrazlar orqali namoyish etilgan. Dastlab Germaniyada rivojlangan bu mavsumiy o&#8217;yin-tomoshalar keyinchalik, 15 \u201416-asrlarda Italiya, Frantsiya va boshqa mamlakatlarda ham tarqalgan. Rossiyada Og&#8217;zaki drama 17 \u2014 18-asrlarda paydo bo&#8217;lgan. Yevropa mamlakatlarida tarkalgan Og&#8217;zaki drama ham shu mamlakatlardagi milliy yozma dramaturgiya rivojiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Og&#8217;zaki drama, og&#8217;zaki dramaturgiya \u2014 xalq orasida yaratilgan, xalqqa namoyish etiladigan o&#8217;yin-tomoshalar tarzidagi alohida folklor janri. Jahondagi barcha xalklarning yozma dramaturgiyasi Og&#8217;zaki dramadan boshlangan. Og&#8217;zaki drama xalq an&#8217;anaviy teatri bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ogzaki-drama-ogzaki-dramaturgiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110015","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110015","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110015"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110015\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110021,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110015\/revisions\/110021"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110015"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110015"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110015"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}