{"id":110028,"date":"2023-10-05T15:55:44","date_gmt":"2023-10-05T12:55:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110028"},"modified":"2023-10-05T15:55:49","modified_gmt":"2023-10-05T12:55:49","slug":"oqqorgon-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/oqqorgon-2\/","title":{"rendered":"Oqqo&#8217;rg&#8217;on"},"content":{"rendered":"\n<p>Oqqo&#8217;rg&#8217;on \u2014 Kushonlar davriga oid qishloq xarobasi (miloddan avvalgi 1-asr \u2014 milodiy 4-asrlar). Sherobod shahridan 8 kilometr Janubi-g&#8217;arbda, Xo&#8217;jaqiya qishlog&#8217;i yaqinida joylashgan. Oqqo&#8217;rg&#8217;onning saqlanib qolgan qismi to&#8217;g&#8217;ri to&#8217;rtburchak shaklida, balandligi 3\u2014 4 metr, maydoni 0,6 gektar. 1973-74 yillarda O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya institutining Baqtriya ekspeditsiyasi (Sh. Pidayev) tomonidan arxeologik tadqiqot ishlari olib borilgan. Stratigrafik izlanishlar davomida yodgorlikning madaniy qatlamlari 6,5 metrni tashkil etishi va unda 5 ta me&#8217;moriy bosqich mavjud bo&#8217;lganligi aniqlangan. Oqqo&#8217;rg&#8217;onning eng so&#8217;nggi me&#8217;moriy bosqichi to&#8217;liq ochib o&#8217;rganilgan. Bu yerda 5 ta aloqida joylashgan uylar majmuasi borligi qayd etilgan. Uylar bir-birlari bilan katta ko&#8217;cha va hovlilar bilan ajralib turgan. Har bir uy majmuasi 10 ga yaqin xonadondan iborat bo&#8217;lib, ularda kichik oilalar istiqomat qilgan. Kichik oilaga 2-3 ta xona tegishli bo&#8217;lgan. Oqqo&#8217;rg&#8217;onda jami 70 tadan ortiq xonalar ochib o&#8217;rganilgan. Uylarning devorlari 60\u2014 80 santimetr balandlikda saqlangan. Devorlar kvadrat shaklidagi xom g&#8217;ishtlardan va paxsadan barpo etilgan. Ko&#8217;pgina xonalarning devorlari loy suvoq ustidan oqlangan. Ayrim xonalar loy suvoq ustidan ganch bilan suvalgan. Janubiy uy majmuasidagi bir xona o&#8217;zining katta o&#8217;lchamlari, devorlari qora va qizil ranglar bilan bezatilganligi bilan ajralib turadi. Bu xona qishloq jamoasi oqsoqolining qabul xonasi bo&#8217;lgan deb taxmin qilinadi. Oqqo&#8217;rg&#8217;onda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar davomida yuqori sifatli turli shakldagi bejirim sopol idishlar, temirdan yasalgan pichoq, o&#8217;roq, o&#8217;q-yoy nishlari, qoshiqlar, turli qimmatbaxr toshlardan yasalgan marjonlar, jez ko&#8217;zgular, shisha marjon va idishlar, tosh yerg&#8217;uchoq, tegirmontoshlar, urchuklar, fil suyagidan ishlangan soch to&#8217;g&#8217;nog&#8217;ichlari, ayol ma&#8217;budalarning terrakotadan ishlangan haykalchalari, ot, suvoriy, yo&#8217;lbars, sher, echki, qo&#8217;y, maymun, kabutar kabilarning haykalchalari topilgan. Topilmalar orasida turli tarixiy davrlarga oid tangalar alohida o&#8217;rin egallaydi. Bu yerda Geliokl tangalariga taklid qilib zarb kilingan tangalar, Kushon shohlari Vima takto, Vima Kadfiz, Kanishka, Xu-Vishka, Vasudeva, Kushon-sosoniylar va Soson-kushoniy tangalari (jami 152 ta tanga) topilgan. Qishloq xarobasida bunchalik ko&#8217;p tangalarning topilishi, kushonlar davrida tovar-pul munosabatlari juda yuqori taraqqiy qilganligidan dalolat beradi. Oqqo&#8217;rg&#8217;onda Budda haykalining topilishi buddaviylik dinining qishloq aholisi orasiga kirib borganligidan guvoxlik beradi. Oqqo&#8217;rg&#8217;on aholisi, asosan, dehqonchilik va bog&#8217;dorchilik bilan shug&#8217;ullangan. Dehqonchilik bilan bog\u2019liq mehnat qurollari qishloqning o&#8217;zida tayyorlangan. Dehqonchilik Sherobod daryosidan kanal orqali keltirilgan suvga asoslangan. Oqqo&#8217;rg&#8217;on qishloq jamoasi yashagan yodgorlik bo&#8217;lib, Kushon saltanatining inqirozidan keyin vujudga kelgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sabablar oqibatida tashlab ketilgan. 13-asrda qishloq xarobasiga bir necha qabrlar qo&#8217;yilgan. Qabrlarning biridan oltindan ishlangan sirg&#8217;a va mo&#8217;g&#8217;ullarga xos bo&#8217;lgan paykon topilgan. Ad.: Pidayev Sh. R., Poseleniya Kushanskogo vremeni Severnoy Baktrii, T., 1978. Shokirjon Pidayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oqqo&#8217;rg&#8217;on \u2014 Kushonlar davriga oid qishloq xarobasi (miloddan avvalgi 1-asr \u2014 milodiy 4-asrlar). Sherobod shahridan 8 kilometr Janubi-g&#8217;arbda, Xo&#8217;jaqiya qishlog&#8217;i yaqinida joylashgan. Oqqo&#8217;rg&#8217;onning saqlanib qolgan qismi to&#8217;g&#8217;ri to&#8217;rtburchak shaklida, balandligi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/oqqorgon-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110028","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110028","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110028"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110028\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110038,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110028\/revisions\/110038"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110028"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110028"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110028"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}