{"id":110289,"date":"2023-10-06T16:09:56","date_gmt":"2023-10-06T13:09:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110289"},"modified":"2023-10-06T16:10:01","modified_gmt":"2023-10-06T13:10:01","slug":"ostrovskiy-aleksandr-nikolayevich","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ostrovskiy-aleksandr-nikolayevich\/","title":{"rendered":"Ostrovskiy Aleksandr Nikolayevich"},"content":{"rendered":"\n<p>Ostrovskiy Aleksandr Nikolayevich [1823.31.3 (12.4), Moskva &#8212; 1886.2 (14).4, Kostroma gubernyasi] \u2014 rus dramaturgi. Dastlab 1-Moskva gimnaziyasi (1835\u2014 40), keyin Moskva universitetining yuridik fakultetida (1840-43) o&#8217;qigan. Ammo o&#8217;qishni tugatmay, Moskvadagi vyukdon sudi (1843-45) va tijorat sudida (1845-51) xizmat qilgan. Sud muassasalarida ishlash Ostrovskiyga yozilajak pyesalari uchun boy material bergan. Ostrovskiyning dastlabki &#171;kambag&#8217;al qarzdor&#187; va &#171;oilaviy baxt manzarasi&#187; komediyalari &#171;Moskovskiy gorodskoy listok&#187; (&#171;Moskva shahri Varanasi&#187;) gazetasida bosilgan (1847). Ostrovskiyning &#171;kambag&#8217;al qarzdor&#187; pyesasi asosida yaratilgan &#171;qo&#8217;ynidan to&#8217;kilsa ko&#8217;njiga&#187; komediyasi (1849) Moskvadagi teatr jamoatchiligiga manzur bo&#8217;lgan. Ammo asar Nikolay I tomonidan taqiqlanib, muallif politsiya nazorati ostiga olingan. Ostrovskiy qalamiga mansub asarlar jami 47 ta bo&#8217;lib, ular &#171;Ostrovskiy teatri&#187; degan adabiy hodisani tashkil etgan. Ostrovskiyning adabiy-estetik qarashlari V. G. Belinskiy asarlari ta&#8217;sirida shakllangan. 40-yillarda yashagan boshqa rus yozuvchilari singari, Ostrovskiy ham san&#8217;atkor o&#8217;ziga zamondosh jamiyatning turli qismlarini maxsus o&#8217;rganib, zamondoshlar uchun xalq hayotining hanuzgacha tasvir etilgan sohalarini kashf etishi lozim, deb hisoblagan. 40-yillarda yashagan rus yozuvchilari ijodidagi ana shu tamoyil &#171;fiziologik ocherk&#187;da, ayniqsa, yorqin ko&#8217;ringan. Ostrovskiyning dastlabki pyesalari mazkur &#171;fiziologik ocherklar&#187; uslubida yozilgan. Ostrovskiy ijodi 3 bosqichdan iborat. Ijodining l-bosqichida dramaturg Rossiyadagi islohotlarga qadar bo&#8217;lgan hayotni tasvir etgan bo&#8217;lsa (&#171;oilaviy turmush&#187;, 1847; &#171;qo&#8217;ynidan to&#8217;kilsa qo&#8217;njiga&#187;, 1849; &#171;bechora kelin&#187;, 1852; &#171;kambag&#8217;allik ayb emas&#187;, 1853 va boshqalar), 2-bosqichida islohotdan keyingi rus jamiyati hayotini aks ettirgan (&#171;eski do&#8217;stga nima etsin&#187; 1860; &#171;Kechikkan muhabbat&#187;, 1873; Balzaminovlar oilasi haqidagi trilogiya, 1856-61; &#171;quturgan pullar&#187;, 1869; &#171;bo&#8217;rilar va qo&#8217;ylar&#187;, 1875 va boshqalar). &#171;Boy kelinlar&#187; (1875) pyesasi bilan Ostrovskiy ijodining 3-bosqichidagi &#171;g&#8217;amgin komediyalar&#187; turkumi boshlanadi. Dramaturg bu davrda &#171;haqiqat yaxshiku, ammo baxt afzal&#187; (1876), &#171;yurak tosh emas&#187; (1877), &#171;Sepsiz qiz&#187; (1878), &#171;aybsiz aybdorlar&#187; (1883) singari asarlarini yozgan. Ostrovskiy pyesalari sovet davrida O&#8217;zbekiston teatrlarida o&#8217;zbek va rus tillarida namoyish etilgan. Ostrovskiyning ayniqsa, &#171;momaqaldiroq&#187;, &#171;Sepsiz qiz&#187;, &#171;Aybsiz aybdorlar&#187;, &#171;kambag&#8217;allik ayb emas&#187; singari qator pyesalari o&#8217;zbek tiliga tarjima etilib, uzoq yillar davomida o&#8217;zbek sahnalarida ijro etildi. As: Pesalar, T., 1956; Sobranie sochineniy, t. 1-10, M., 1959-60. Ad.: Filippov V. A., Velikiy russkiy dramaturg A. N. Ostrovskiy, M., 1948; A. N. Ostrovskiy v vospominaniyax sovremennikov, M., 1996. Naim Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ostrovskiy Aleksandr Nikolayevich [1823.31.3 (12.4), Moskva &#8212; 1886.2 (14).4, Kostroma gubernyasi] \u2014 rus dramaturgi. Dastlab 1-Moskva gimnaziyasi (1835\u2014 40), keyin Moskva universitetining yuridik fakultetida (1840-43) o&#8217;qigan. Ammo o&#8217;qishni tugatmay, Moskvadagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ostrovskiy-aleksandr-nikolayevich\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110289","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110289","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110289"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110289\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110300,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110289\/revisions\/110300"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110289"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110289"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110289"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}