{"id":110290,"date":"2023-10-06T16:09:56","date_gmt":"2023-10-06T13:09:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110290"},"modified":"2023-10-06T16:10:01","modified_gmt":"2023-10-06T13:10:01","slug":"ot-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ot-3\/","title":{"rendered":"Ot"},"content":{"rendered":"\n<p>Ot \u2014 mustaqil so&#8217;z turkumlaridan biri. U boshqa turkumlardan bir necha belgi \u2014 xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) ot yasalish xususiyatiga ega: ishchi, suhbatdosh, paxtakor, bog&#8217;bon, oshpaz, Mirzacho&#8217;l; b) son-miqdorni bildirish xususiyatiga ega: bola \u2014 bolalar, daftar\u2014daftarlar; v) egalik ko&#8217;rsatkichiga ega: otam, otang, otasi \u2014 otamiz, Otangiz, otalari; g) kelishik shakllari bilan o&#8217;zgaradi; maktab, maktabning, maktabni, maktabga, maktabda, maktabdan; D) gapda barcha gap bo&#8217;laklari vazifasida keladi. Anik, predmetlarni yoki predmet sifatida tasavvur qilinadigan tushunchalarni ifodalaydigan otlar ma&#8217;nosiga ko&#8217;ra, atoqli va turdosh otlarga bo&#8217;linadi. Bir xildagi predmet yoki hodisaning birini ajratib ko&#8217;rsatuvchi Otlar atoqli otlar sanaladi: Rustam, Olimjon, Jomboy, Mars, Venera, Boychibor kabilar. Bir jinedagi predmetlarning umumiy nomi turdosh otlardir: gul, daraxt, qalam, daftar kabi. Ot turkumi 3 xil grammatik kategoriyaga ega: 1) son kategoriyasi; 2) egalik kategoriyasi; 3) kelishik kategoriyasi. Otning funktsional shakllari mavjud bo&#8217;lib, ular ma&#8217;lum bir qo&#8217;shimcha grammatik ma&#8217;no ifodalash, otlarning kategorial shakllariga xos bo&#8217;lmagan biror sintaktik vazifasiga moslashish uchun xizmat qiladi. Otga xos funktsional shaklning yasalishga ko&#8217;ra 3 tipi mavjud: 1) sintetik shakl; 2) analitik shakl; 3) juft va takror shakl. Otning sintetik funktsional shakllari o&#8217;z ma&#8217;no va vazifalariga ko&#8217;ra quyidagi turlarga bo&#8217;linadi: a) kichraytish shakli (baliqcha, yigitcha, kelinchak); b) erkalash shakli (opajon, bo&#8217;taloq, qizaloq); v) hurmat shakli (onajon, opajon, dadamlar, akamlar, oyimlar); g) karashlilik shakli (akamniki, maktabniki);. D) o&#8217;rin belgisi (osmondagi, qirdagi, qishlokdagi); e) chegara shakli (uygacha, toqqacha, boqqacha); j) o&#8217;xshatish shakli (Ozodday \u2014 ozod kabi, sizlarday \u2014 sizlar singari). Otning analitik shakli ko&#8217;makchi yordamida hosil bo&#8217;ladi: qalam bilan (da), otam uchun (-ga) kabi. Otning juft shakli umumlashtirish, jamlik ma&#8217;nolarini ifodalaydi: qozon-tovoq, qovun-tarvuz. Otning takroriy shakli ko&#8217;plik ma&#8217;nosini ifodalaydi: qatra-qatra yosh, ombor-ombor g&#8217;alla. Otlarning yasalishi natijasida yasama otlar paydo bo&#8217;ladi. Yasama Otlar affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya yo&#8217;llari bilan yasaladi. Affiksasiya ot yasashdagi eng mahsuldor usul bo&#8217;lib, uning yordamida shaxs otlari (bo&#8217;yoqchi, ishchi, maktabdosh, zargar, sholikor, saroybon, chorvador, tilshunos, etikdo&#8217;z, oshpaz, aravakash, kaptarboz, kitobxon); narsa, qurol otlari (ochqich, o&#8217;sma, to&#8217;plam, kurak, qirindi, ekin, kekirdak, suyunchi, tuzdon); o&#8217;rin, joy otlari (bodomzor, O&#8217;zbekiston, qarorgoh, ishxona, o&#8217;tloq, Paxtaobod); mavhum ma&#8217;noli otlar (yaxshilik, paxtachilik, ishonch, yig\u2019ilish, radiolashtirish, odamgarchilik). Kompozitsiya usuli bilan ot yasashda qo&#8217;shma otlar vujudga keladi: bilaguzuk, achchiqtosh, uchburchak, kungaboqar, olibsotar, ishlab chiqarish. Abbreviatsiya usuli bilan ot yasalganda, qisqartma otlar hosil qilinadi: BMT, SamDU, O&#8217;zME kabi. Otlar gapda ega, to&#8217;ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi, hol vazifalarida keladi. Ammo o&#8217;rni bilan sifatlovchi, izohlovchi, kesim yoki atov, vokativ ran bo&#8217;lib kelishi ham mumkin. Bozorboy O&#8217;rinboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ot \u2014 mustaqil so&#8217;z turkumlaridan biri. U boshqa turkumlardan bir necha belgi \u2014 xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) ot yasalish xususiyatiga ega: ishchi, suhbatdosh, paxtakor, bog&#8217;bon, oshpaz, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ot-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110290","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110290","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110290"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110290\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110301,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110290\/revisions\/110301"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110290"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110290"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110290"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}