{"id":110329,"date":"2023-10-07T08:24:25","date_gmt":"2023-10-07T05:24:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110329"},"modified":"2023-10-07T08:24:32","modified_gmt":"2023-10-07T05:24:32","slug":"ov-qushlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ov-qushlari\/","title":{"rendered":"Ov qushlari"},"content":{"rendered":"\n<p>Ov qushlari \u2014 yovvoyi parrandalarning mazali go&#8217;shti, qimmatbaho par va patlari, mo&#8217;ynasi uchun ovlanadigan guruhi. Ba&#8217;zi qushlarning tuxumlari ham yig&#8217;iladi. Qushlar qadimdan ov ob&#8217;yekti sifatida sut emizuvchilardan keyingi o&#8217;rinda turgan. Qush ovlari qadimgi Misr freskalari va yunon vazalarida tasvirlangan. Qush ovlashning turli usullari mavjud. 9-asrdan qushlarni Maxsus o&#8217;rgatilgan lochinlar yordamida ovlana boshlangan. 10-17-asrlarda esa ovning bu usulidan foydalanish ommaviy tus olgan. Tarixiy manbalardan ov qilish uchun 17-asrdan ilgari Buxoroga Rossiyadan maxsus o&#8217;rgatilgan lochinlar olib kelingani ma&#8217;lum. O&#8217;zbekistonda qushlarning 100 dan ortiq turi sport, havaskorlik va an&#8217;anaviy ov ob&#8217;yekti hisoblanadi. Ovlanadigan qushlar tog&#8217;, cho&#8217;l, suv, o&#8217;rmon va boshqa ekologik muhitlarda tarqalgan. Yer yuzida ko&#8217;proq g&#8217;ozsimonlar, tovuqsimonlar, balchiqchisimonlar turkumlarining vakillari ovlanadi. Respublika, asosan, suzuvchi qushlar (o&#8217;rdaklar, qashqaldoqlar, balchiqchilar va boshqalar), kaklik, qirg&#8217;ovul, bedana va kaptarlar ovlanadi. Shuningdek, qarqaralar, bulduruqlar, chug&#8217;urchuqlarni ovlash ham kuzatilgan. 19-asr oxirida yer yuzida, ayniqsa, Yevropada qushlarni ovlash g&#8217;oyat kuchayib ketdi, har yili bir necha million qushlar ovlanadi. O&#8217;zbekistonda sportchi va havaskor ovchilar har yili suvda suzuvchi minglab qushlarni ovlaydi. Ularning asosiy qismini o&#8217;rdaklar va qashqaldoqlar tashkil etadi. Ovlanadigan hayvon turlari resurslaridan barqaror foydalanish maqsadida hozir 40 ga yaqin ovchilik va baliqchilik xo&#8217;jaliklari tashkil etilgan. Ularning katta tshemi suv oldi hududlarida joylashgan bo&#8217;lib, suvda suzuvchi kushlarni ovlashga ixtisoslashgan. Ov qilish qoidalari, muddati va miqdorini tegishli tashkilotlar nazorat qilib turadi. Keyingi yillarda Ov qushlari yashashiga salbiy ta&#8217;sir etuvchi omillarning ko&#8217;payganligi inobatga olinib, ularni yashash joylarida, migratsiya va qishlash davrida muhofaza qilishni kuchaytirish, huquqiy jihatdan takomillashtirishni amalga oshirish hamda muvoffiqlashtirish maqsadida suvda suzuvchi qushlarni o&#8217;rganish bo&#8217;yicha xalqaro byuro tashkil etilgan. Suvda suzuvchi qushlar majmuini, shuningdek, ayrim turlari muhofazasini ko&#8217;zda tutib, xalqaro konventsiyalar, bitimlar tuzilgan. Oqbosh o&#8217;rdak, ola qanot, marmar churrak, to&#8217;xta va yo&#8217;rg&#8217;a tuvaloqlar kabi ov qushlari xalqaro va O&#8217;zbekiston Respublikasi qizil kitoblariga kiritilgan. Elmurod Shernazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ov qushlari \u2014 yovvoyi parrandalarning mazali go&#8217;shti, qimmatbaho par va patlari, mo&#8217;ynasi uchun ovlanadigan guruhi. Ba&#8217;zi qushlarning tuxumlari ham yig&#8217;iladi. Qushlar qadimdan ov ob&#8217;yekti sifatida sut emizuvchilardan keyingi o&#8217;rinda turgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ov-qushlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110329","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110329","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110329"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110329\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110337,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110329\/revisions\/110337"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110329"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110329"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110329"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}