{"id":110383,"date":"2023-10-07T09:50:03","date_gmt":"2023-10-07T06:50:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110383"},"modified":"2023-10-07T09:50:07","modified_gmt":"2023-10-07T06:50:07","slug":"ozod-yevropa-ozodlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozod-yevropa-ozodlik\/","title":{"rendered":"&#171;Ozod Yevropa&#187;\/&#187;ozodlik&#187;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#171;Ozod Yevropa&#187;\/&#187;ozodlik&#187; bir qancha Sharqiy Yevropa mamlakatlari hamda sobiq Sovet Ittifoqi Respublikalariga eshittirishlar olib boruvchi notijoriy, nodavlat xalqaro radiostantsiya. &#171;Ozod Yevropa&#187; korporatsiyasi (&#171;Free Europe, Inc.&#187;) 1949 yilda kommunistik mafkura ta&#8217;siri ostidagi Sharqiy Yevropa davlatlarida ro&#8217;y berayotgan voqealar haqidagi xabar va reportajlarni efir orqali berish maqsadida tashkil etilgan. 1951 yilda aynan shu asoslarda Sovet Ittifoqi respublikalari uchun eshittirishlar olib borish maqsadida &#171;Ozodlik radiosi komiteti&#187; (&#171;Radio Liberty Comnitee, Inc.&#187;) korporasiyasi tashkil etilgan. Har ikkala radiostantsiya, asosan, AQSh Kongressi tomonidan Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) orqali mablag&#8217; bilan ta&#8217;minlanib kelingan, ayni paytda byudjetning muayyan qismi ayrim shaxslarning xayriyalaridan iborat bo&#8217;lgan. Radiostantsiyalar faoliyatini mablag bilan ta&#8217;minlash va nazorat qilish bo&#8217;yicha barcha majburiyatlar 1971 yilda Xalqaro radioeshittirishlar kengashi ixtiyoriga o&#8217;tgach, MRB ushbu sohadagi o&#8217;z ishtirokini to&#8217;xtatadi. Xalqaro radioeshittirishlarga ixtisoslashgan mazkur korporatsiyalar 1975 yil RFE \/RL, Inc. (&#171;Radio Free Europe&#187; \/ Radio Liberty, Incorporated) \u2014 PCE\/PC tarzidabirlashtirildi. &#171;Ozod Yevropa&#187;\/&#187;ozodlik&#187; radiostantsiyasi 26 tilda eshittirishlar olib boradi. Radioeshittirishlarning haftalik umumiy hajmi 800 soatni tashkil etadi. Mazkur radiostantsiyalarning shtab-kvartiralari 1995 yilgacha Germaniyaning Myunxen shahrida bo&#8217;lgan, 1995 yildan Chexiya Respublikasining Praga shahriga ko&#8217;chirilgan. Asosiy shtab-kvartirasidan tashqari, joylarda (jumladan, Toshkent shahrida) uning 24 byurosi faoliyat ko&#8217;rsatadi. RSE\/RS, ya&#8217;ni &#171;Ozod Yevropa&#187;\/&#187;ozodlik&#187; radiostantsiyasi avvallari kommunistik tuzumga qarshi eshittirishlar tayyorlagan bo&#8217;lsa, 1991 yildan o&#8217;z eshittirishlari yo&#8217;nalishi va mazmunini quyidagilardan iborat deb hisoblaydi: demokratik va bozor munosabatlari sohasidagi islohotlarga aloqador ichki va mintaqaviy masalalar bo&#8217;yicha yangiliklar, taxliliy materiallar berib borish; demokratik qadriyatlarni targ&#8217;ib qilish orqali fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlashga yordam berish; etnik va liniy kelishmovchiliklarni bartaraf etishga hissa qo&#8217;shish va boshqalar. Ayni vaqtda &#171;Ozod Yevropa&#187;\/&#187;ozodlik&#187; xabarlarida &#171;shov-shuv&#187; ketidan kuvib, voqea-hodisalarni buzib ko&#8217;rsatish, biryoklamalik, &#171;tirnoq ostidan kir qidirish&#187; holatlari ham uchrab turadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#171;Ozod Yevropa&#187;\/&#187;ozodlik&#187; bir qancha Sharqiy Yevropa mamlakatlari hamda sobiq Sovet Ittifoqi Respublikalariga eshittirishlar olib boruvchi notijoriy, nodavlat xalqaro radiostantsiya. &#171;Ozod Yevropa&#187; korporatsiyasi (&#171;Free Europe, Inc.&#187;) 1949 yilda kommunistik mafkura ta&#8217;siri &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozod-yevropa-ozodlik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110383","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110383","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110383"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110383\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110386,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110383\/revisions\/110386"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110383"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110383"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110383"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}