{"id":110410,"date":"2023-10-07T10:16:53","date_gmt":"2023-10-07T07:16:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110410"},"modified":"2023-10-07T10:17:00","modified_gmt":"2023-10-07T07:17:00","slug":"otit","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/otit\/","title":{"rendered":"Otit"},"content":{"rendered":"\n<p>Otit (Yunoncha otos \u2014 quloq, itis \u2014 yallig&#8217;lanish) \u2014 quloqning yallig&#8217;lanishi. Tashqi quloqning yallig&#8217;lanishi tashqi. Otit, o&#8217;rta quloqning yallig&#8217;lanishi o&#8217;rta Otit va ichki quloqning yallig&#8217;lanishi labirintit deyiladi. Tashqi Otitga tashqi eshituv yo&#8217;liga infektsiya kirishi, shuningdek, qashinib yoki hasharot chaqib yaralanishi, kuyish, sovuq urishi, shpilka yoki barmoq bilan quloq kovlash va hokazolar sabab bo&#8217;ladi. O&#8217;rta Otit ko&#8217;pincha yosh bolalarda uchrab, birmuncha og&#8217;ir kechadi, quloq qattiq og&#8217;riydi, harorat ko&#8217;tariladi, eshitish ancha pasayadi, miya va uning pardasiga asorat berishi mumkin. O&#8217;rta Otitga aksariyat yuqori nafas yo&#8217;llarining yallig&#8217;lanishi bilan kechadigan infektsion kasalliklar: gripp, o&#8217;tkir respirator kasalliklar, qizamiq, skarlatina va boshqalar sabab bo&#8217;ladi. O&#8217;rta Otitda vrach tavsiyasi bo&#8217;yicha kompress qilinadi; u og&#8217;riqni pasaytiradi va nog&#8217;ora bo&#8217;shlig&#8217;idagi yallig&#8217;lanish so&#8217;rilib ketishiga imkon beradi. O&#8217;rta quloq yallig&#8217;lanishining oldini olish uchun organizmni chiniqtirish, servitamin ovqatlar iste&#8217;mol qilish, fizkultura va sport bilan shug&#8217;ullanish lozim. Tamaki chekish va alkogolga ruju qilish oqibatida nafas yo&#8217;llarining surunkali yallig&#8217;lanishi keyinchalik o&#8217;rta quloqqa ham o&#8217;tishi mumkin. Tumov bo&#8217;lganda burunni to&#8217;g&#8217;ri qoqa bilish ham o&#8217;rta Otitning oldini olishda ayniqsa muhim. O&#8217;z vaqtida to&#8217;g&#8217;ri davo qilinsa, bemor butunlay tuzalib ketadi, eshitish qobiliyati o&#8217;z holiga qaytadi. Ba&#8217;zan so&#8217;rg&#8217;ichsimon o&#8217;siq kataklari va ular oralig&#8217;idagi to&#8217;siqlarning yallig&#8217;lanishi kabi asoratlar yuzaga kelishi yoki kasallik surunkali shaklga o&#8217;tishi mumkin. Surunkali Otitda vaqt-vaqti bilan yiring oqib turadi, eshitish qobiliyati pasayadi. Surunkali Otitga xos alomatlar paydo bo&#8217;lishi bilan darhol vrachga murojaat etish lozim. O&#8217;z vaqtida davo qilinmasa, meningit, sepsis, hatto miya to&#8217;qimasi abstsessi kabi asoratlar ro&#8217;y beradi. O&#8217;rta quloq yallig&#8217;lanishini muntazam davolash zarur, bemor vrach-otorinolaringolog nazorati ostida bo&#8217;lishi lozim. Bu kasallikda quloq pardasida doimiy teshik mavjudligi tufayli quloqqa suv kirganda dard zo&#8217;rayadi. Shuning uchun cho&#8217;milganda va bosh yuvganda paxtani vazelin yoki boshqa suyuq moyga shimdirib, quloqqa tiqib qo&#8217;yish kerak.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Otit (Yunoncha otos \u2014 quloq, itis \u2014 yallig&#8217;lanish) \u2014 quloqning yallig&#8217;lanishi. Tashqi quloqning yallig&#8217;lanishi tashqi. Otit, o&#8217;rta quloqning yallig&#8217;lanishi o&#8217;rta Otit va ichki quloqning yallig&#8217;lanishi labirintit deyiladi. Tashqi Otitga tashqi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/otit\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110410","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110410","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110410"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110410\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110426,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110410\/revisions\/110426"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110410"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110410"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110410"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}