{"id":110436,"date":"2023-10-07T12:35:34","date_gmt":"2023-10-07T09:35:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110436"},"modified":"2023-10-07T12:35:46","modified_gmt":"2023-10-07T09:35:46","slug":"ossuariy-ostadon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ossuariy-ostadon\/","title":{"rendered":"Ossuariy, ostadon"},"content":{"rendered":"\n<p>Ossuariy, ostadon (lotincha os \u2014 suyak) \u2014 zardushtiylik diniga mansub xalklarda marhumning suyagi solingan sopol, tosh yoki ganch idish, suyakdon. Zardushtiylarda o&#8217;likni yerga dafn etish man etilgan. Bunda ular &#171;ona yer muqaddas, u barcha jonzotning boquvchisi, tuproqning tarkibini buzmaslik kerak&#187;, degan aqidaga rioya qilishgan. Shuning uchun ham har bir qishloq, tuman, shaharda, tog&#8217;yon bag&#8217;ri yoki baland tepalikda maxsus supalar yasab, o&#8217;likni o&#8217;sha yerga eltib barahna (yalang&#8217;och) tarzda qo&#8217;yishgan. O&#8217;limtikxo&#8217;r hayvon va parrandalar murda go&#8217;shtlarini yeb ketgach, suyaklarini yig&#8217;ishtirib olib, alohida joyda asrashgan. Ba&#8217;zi qavmlarda o&#8217;lik kuydirilib, kuli yig&#8217;ishtirilib, e&#8217;zozlab asralgan. Jamoada ajdodlar ruhini avaylab, ana shu suyaklarning ba&#8217;zi qismini, kulni saqlash maqsadida qopqoqli xumga o&#8217;xshatib Ossuariy \u2014 suyakdonlar yasashgan. Olar loydan kulollar tomonidan kesma naqshli tarzda yasalib, maxsus xumdonlarda pishirilgan. Ular turli hajmda bo&#8217;lgan. Bosh suyaklar saqlanadigan Ossuariylarning qopqog&#8217;i tutqichiga marhum kallasining tasviri tushirilgan. Ossuariy o&#8217;ta mukammal ishlangan. O&#8217;rta Osiyo xalqlarida Ossuariyga solib ko&#8217;mish odati miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida shakllanib, milodiy 8-asrgacha (islomiy dafn rusumlari qabul qilinguncha) davom etgan. Xorazmdan topilgan qadimgi Ossuariy haykallar shaklida bo&#8217;lib, o&#8217;liklarni ilohiylashtirishni ifodalagan. O&#8217;rta Osiyo, Eron, Falastin, Misr va boshqa joylardan ko&#8217;plab Ossuariylar topilgan bo&#8217;lib, ular yerga yoki novuslarda saqlangan. Zardushtiylik dini uzil-kesil shakllangach, bu udum barham topgan. Zeroki murdani kuydirish havoni bulg&#8217;asa, o&#8217;lik go&#8217;shtini yegan darranda yoki qushlar daryo, ariq va hovuzlardan suv ichib, har xil yuqumli kasalliklarning vujudga kelishiga sabab bo&#8217;la boshlaydi. Bundan tashqari, otash (olov) mazdoparastlarda muqaddas sanalib, pokiza odamni kuydirmasligi kerak. Natijada ushbu din ulamolari atrof-muhit, suvning tozaligi, naslning asl bo&#8217;lishini ko&#8217;zlab, o&#8217;likni kafanga o&#8217;rab, ma&#8217;lum chuqurlikka ko&#8217;mish, zaxkash mavzelarda esa, sag&#8217;analarda saqlashni joriy qilganlar; maxsus murdashuy gigiyenasi ishlab chiqilgan. Ossuariylar eng ko&#8217;hna udumlarni o&#8217;rganishga, ajdodlar amaliy san&#8217;atining nozik qirralarini aniqlashga ko&#8217;maklashadi. Hamidjon Homidov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ossuariy, ostadon (lotincha os \u2014 suyak) \u2014 zardushtiylik diniga mansub xalklarda marhumning suyagi solingan sopol, tosh yoki ganch idish, suyakdon. Zardushtiylarda o&#8217;likni yerga dafn etish man etilgan. Bunda ular &#171;ona &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ossuariy-ostadon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110436","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110436","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110436"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110436\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110470,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110436\/revisions\/110470"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110436"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110436"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110436"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}