{"id":11049,"date":"2021-11-19T13:38:09","date_gmt":"2021-11-19T10:38:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=11049"},"modified":"2025-10-29T11:41:20","modified_gmt":"2025-10-29T08:41:20","slug":"astrofotometriya-haqida-nimani-bilasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/astrofotometriya-haqida-nimani-bilasiz\/","title":{"rendered":"ASTROFOTOMETRIYA haqida nimani bilasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>ASTROFOTOMETRIYA (ostro&#8230; va foto, Yunoncha metreo \u2014 o&#8217;lchayman) \u2014 amaliy astrofizika bo&#8217;limi; u osmon jismlaridan kelayotgan nurlarni o&#8217;lchash va nurlanish spektrining turli qismlari ravshanligini o&#8217;rganish bilan shug&#8217;ullanadi. Yoritqichlar ravshanligini aniqlashning eng sodda yo&#8217;llari vizual va fotografik usullar hisoblanadi. Bunda ravshanligi ma&#8217;lum bo&#8217;lgan (standart) yulduzlardan taqqoslash maqsadida foydalaniladi. Zamonaviy ilmiy tadqiqot ishlari Astrofotometriyada asosan turli fotoelektrik nur qabul qilgichlar, xususan, fotoelektron ko&#8217;paytirgich, fotoqarshilik, fotodiod va boshqalar yordamida bajariladi. Bularning samarasi fotoemulsiyaga nisbatan kamida yuz marta yuqori. Astrofotometriyada zaryad aloqasiga asoslangan matrisali asboblar (SSD) qo&#8217;llaniladi; bunda fotoelektrik va fotografik (tasvirni hosil qilish) xususiyatlari birgalikda hisobga olingan. Astrofizik ob&#8217;yektlar spektrida energiya taqsimotini o&#8217;rganish maqsadida ko&#8217;p rangli Astrofotometriya qo&#8217;llaniladi. U to&#8217;lqin uzunlik Astrofotometriya bo&#8217;ylab spektrning turli qismlari uchun nurlanish oqimini o&#8217;lchaydi va natijalarni yulduz kattaligi m birligida ifodalab beradi. Pogson formulasidan yoritilganlik nurlanish intensivligi 1 ga to&#8217;gri mutanosib ekani sababli, bu formula yordamida quyidagi munosabat keltirib chiqariladi. Ushbu ayirma yulduzning rang ko&#8217;rsatkichi deyiladi. Uning qiymati qanchalik katta bo&#8217;lsa, yulduz rangi shunchalik &#171;qizil&#187; hisoblanadi va bu rang ma&#8217;lum spektral oraliqqa mansub bo&#8217;ladi. Umuman, yulduz kattaligi nechta spektral oraliq uchun topilishiga qarab shuncha rangli fotometriya qo&#8217;llanilgan deyiladi. Yulduzlar spektrining turli qismlari uchun energiya taqsimotini o&#8217;rganish dastlab fotometrik sistemani ishlab chiqishlikni talab etadi. Bu sistemaga har bir rangning effektiv to&#8217;lqin uzunligi, uning effektiv yarim kengligida fotometrik standartlari (ma&#8217;lum yulduzlar uchun o&#8217;lchangan nurlanish oqimi qiymatlari) va boshqalar kiradi. Fotometrik sistemalar uch turga bo&#8217;linadi: keng polosali (da>300 A\u00b0), o&#8217;rtacha polosali (100A)&lt;da&lt;300A) va tor polosali (DA&lt;100A). Amalda ko&#8217;proq keng polosali Astrofotometriya qo&#8217;llanilib, ayniqsa uch rangli U (ultrabinafsha), V (ko&#8217;k), V (sariq) sistema yordamida topilgan U \u2014 V va V \u2014 V rang ko&#8217;rsatkichlar orasidagi statistik diagrammadan zarur ma&#8217;lumotlar olinadi. Bu sistemani Astrofotometriya bo&#8217;yicha davom ettirib, qizil (K) va infraqizil (I) kattaliklar ham ki-ritilsa, besh rangli fotometriya hosil bo&#8217;lib, qo&#8217;shimcha rang ko&#8217;rsatkichlar yordamida yoritqichning fizik xususiyatlari chuqurroq o&#8217;rganiladi. Hozir 12 rangli keng polosali fotometrik sistema ishlab chiqilgan. O&#8217;rtacha va tor polosali sistemalar faqat maxsus hollarda ishlatiladi. Salohiddin Nuriddinov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ASTROFOTOMETRIYA (ostro&#8230; va foto, Yunoncha metreo \u2014 o&#8217;lchayman) \u2014 amaliy astrofizika bo&#8217;limi; u osmon jismlaridan kelayotgan nurlarni o&#8217;lchash va nurlanish spektrining turli qismlari ravshanligini o&#8217;rganish bilan shug&#8217;ullanadi. Yoritqichlar ravshanligini aniqlashning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/astrofotometriya-haqida-nimani-bilasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-11049","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11049","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11049"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11049\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162511,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11049\/revisions\/162511"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11049"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11049"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11049"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}