{"id":110509,"date":"2023-10-07T13:10:11","date_gmt":"2023-10-07T10:10:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110509"},"modified":"2023-10-07T13:10:14","modified_gmt":"2023-10-07T10:10:14","slug":"organizmlar-sistemasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/organizmlar-sistemasi\/","title":{"rendered":"Organizmlar sistemasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Organizmlar sistemasi &#8212; Yer yuzida mavjud bo&#8217;lgan va qirilib ketgan organizmlar sistemasi. Tirik organizmlarning 2 milliondan ortiq (ba&#8217;zi ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, 2,5\u20143 millionga yaqin) turi mavjud. Zamonaviy sistematika turlar o&#8217;rtasida qarindoshlik munosabatlarini namoyon qiladigan turdan va kenja turlardan boshlab eng yuksak taksonlar \u2014 sinflar, bo&#8217;limlar (tiplar) va dunyolargacha bo&#8217;lgan darajada ishlab chiqiladigan filogenetik, ya&#8217;ni evolyutsion sistemani tuzishga harakat qilmoqda. Ammo 19-asrdayoq ayrim olimlar barcha bir hujayralilar yoki hatto tuban organizmlar (sodda hayvonlar, suv o&#8217;tlari, tuban zamburug&#8217;lar)ni mustaqil dunyoga ajratishni, ayrim mikologlar esa zamburug&#8217;larga alohida dunyo sifatida qarashni taklif etishgan. Shunga qaramay, 20-asr o&#8217;rtalarigacha organik olam faqat o&#8217;simliklar va hayvonlar dunyosiga ajratib kelindi. Faqat 20-asr o&#8217;rtalarida elektron mikroskopiya va molekulyar biologiyaning rivojlanishi bilan yuksak taksonlar sistemasini butunlay yangidan qayta ishlab chiqish boshlandi. Hozirgi tiriklikning eng yirik bo&#8217;limlari viruslar va hujayrali organizmlar hisoblanadi. Hujayrali organizmlar prokariotlar va eukariotlarga ajratiladi. Prokariotlarga bakteriyalar va ko&#8217;k-yashil suvo&#8217;tlar kiradi. Ularning yadro membranasi, mikronaychalari, aktinomiozin harakat sistemasi bo&#8217;lmaydi; genlari operon, RNKsi polistron holida tashkil topgan; ribosomalari juda mayda (70S) bo&#8217;ladi. Prokariotlarning halqa shaklidagi yagona xromosomasi tsitoplazmada erkin joylashgan; ularda translyasiya va transkripsiya birgalikda boradi. Peptidoglikanli hujayra devori, bacterial flagellinli xivchin va gazli vakuola prokariotlar uchun xos. Eukariotlarga sodda hayvonlar, suvo&#8217;tlar (ko&#8217;k-yashil suvo&#8217;tlardan tashqari), zamburug&#8217;lar, ko&#8217;p hujayrali o&#8217;simliklar va hayvonlar kiradi. Ular yadrosi membrana bilan o&#8217;ralgan. Tsitoplazmasida mikronaychalar va aktinomiozinli harakat sistemasi bo&#8217;ladi (endositoz, ekzositoz, amyobasi- mon harakatlanish va boshqa tsitoplazmatik harakatlanishni yuzaga keltiradi). Translyasiya va transkripsiya alohida boradi; RNKsi monosistronli, ribosomalari yirik, xromosomalari ko&#8217;p chiziqli, xromatini nukleosoma tarzida; mitoz orqali ko&#8217;payadi. Eukariotlar hujayrasining nafas olishi mitoxondriyalarda, fotosintez esa xloroplastlarda boradi. Eukariotlar xivchini bir xil tipda murakkab tuzilgan. Ularning bir qancha organoidlari, masalan, mitoxondriyalar va xloroplastlarning kelib chiqishi endosimbiotik bakteriyalar bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lishi mumkin. Prokariotlar va eukariotlar organik olamning 2 ta katta dunyosi hisoblanadi. Prokariotlar katta dunyosi 2 ta dunyo \u2014 eubakteriyalar va arxebakteriyalarga ajratiladi. Ular, asosan, lipidlar tarkibi bo&#8217;yicha o&#8217;zaro farq qiladi. Eukariotlar sistemasiga 2 xil yondoshuv mavjud. 1-xil yondoshuvga ko&#8217;ra, eukariotlar 4 dunyoga, xususan, ko&#8217;p xujayralilar bir-biridan yaxshi farq qiladigan monofilik 3 dunyoga: ko&#8217;p xujarali hayvonlar (Metazoa), yuksak ko&#8217;p hujayrali quruqlik o&#8217;simliklari (Metaphyta)ra va yuksak zamburuglar (Eumycota) ajratiladi. Qolgan barcha eukariotlar (bir hujayralilar, koloniyalilar, ayrim ko&#8217;p hujayralilar) bitta protistlar (Protista) dunyosiga birlashtiriladi. Boshqa xil yondoshuvga ko&#8217;ra, barcha eukariotlar filogenetik jihatdan o&#8217;zaro teng bo&#8217;lgan juda ko&#8217;p dunyoga ajratiladi. Agar hozirgi ilmiy nuqtai nazardan qaraladigan bo&#8217;lsa, bu xildagi yondoshuvga ko&#8217;ra, 10-15 ta eukariotlar dunyosini ajratish mumkin. Lekin, ayniqsa, tuban eukariotlar o&#8217;rtasidagi qarindoshlik munosabatlarining noanikdigi bunday sistemalarning ishonchli bo&#8217;lishiga imkon bermaydi. Shunday qilib, tuban eukariotlar o&#8217;rtasida chegara munozarali masala bo&#8217;lib qolmoqda. Hamma uchun ma&#8217;qul keladigan Organizmlar sistemasi hozirgacha ishlab chiqilmagan. Shuning uchun har xil manbalarda ko&#8217;rsatiladigan dunyo, kenja dunyo va tiplar (bo&#8217;limlar) soni ham bir xil emas. Zamonaviy Organizmlar sistemasiga misol tariqasida A. L. Taxtajan. L. Margelis, J. Korlis, S. Karpov, I. M.Mirabdullaev va boshqalarning sistemasini ko&#8217;rsatish mumkin. Bu mualliflarning sistemasi asosida Organizmlar sistemasi quyidagi ko&#8217;rinishga ega bo&#8217;ladi: 1. Katta dunyo. Prokariotlar (Prokaryota). 1. Eubakteriyalar (Eubacteria) dunyosi. 2. Arxebakteriyalar (Archaebacteria) dunyosi. II. Katta dunyo. Eukariotlar (Eukaryota). 1. Protistlar (Protista) dunyosi. 2. Ko&#8217;p hujayrali hayvonlar (Metazoa) dunyosi. 3. Haqiqiy zamburug&#8217;lar (Eumycota) dunyosi. 4. Yuksak o&#8217;simliklar (Metaphyta) dunyosi. u4y.:Kusakin O. G., Drozdov A. L., Filema organicheskogo mira. Chast 2, Sankt- Peterburg, 1998; Margelis L., Rol simbioza v evolyusii kletki, M., 1983. Iskandar Mirabdullayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Organizmlar sistemasi &#8212; Yer yuzida mavjud bo&#8217;lgan va qirilib ketgan organizmlar sistemasi. Tirik organizmlarning 2 milliondan ortiq (ba&#8217;zi ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, 2,5\u20143 millionga yaqin) turi mavjud. Zamonaviy sistematika turlar o&#8217;rtasida qarindoshlik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/organizmlar-sistemasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110509","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110509","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110509"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110509\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110521,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110509\/revisions\/110521"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110509"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110509"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110509"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}