{"id":110915,"date":"2023-10-10T16:24:56","date_gmt":"2023-10-10T13:24:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110915"},"modified":"2023-10-10T16:25:01","modified_gmt":"2023-10-10T13:25:01","slug":"operatorlik-sanati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/operatorlik-sanati\/","title":{"rendered":"Operatorlik san&#8217;ati"},"content":{"rendered":"\n<p>Operatorlik san&#8217;ati &#8212; Suratga olish uslubi orqali film mazmuni va g&#8217;oyasini ochib berish hamda badiiy tasvir yaratish vazifasidan iborat kinematografiya va televideniega xos bo&#8217;lgan badiiy ijod sohasi. Operatorlik san&#8217;atining rivoji kino san&#8217;ati, tasviriy san&#8217;at, teatr, dramaturgiya va boshqalar rivoji bilan chambarchas bog&#8217;liq. Operator rejissyor, rassom, filmning boshka ijodkorlari bilan hamkorlikda kinematografik texnika va zamonaviy uslub asosida filmning tasviriy talqini, suratga olish jarayonini ishlab chiqadi. Suratga olingan tasvir sifati operator mahoratiga bog&#8217;liq; u suratga olish jarayonida umumiy, o&#8217;rta, yirik planlardan, rakurs va yorug&#8217;lik-nurdan, kinokadr kompozitsiyasidan maqsadga muvofiq foydalanadi. Operatorlik san&#8217;atining o&#8217;ziga xosligi shundaki, u ekranda narsalarning nafaqat shakl, rang, hajmini, suratga olish joyining manzara va masofasini to&#8217;g&#8217;ri, butun boricha tasvirlash san&#8217;atini ko&#8217;rsatishga, balki harakat tezligi, sur&#8217;ati va yo&#8217;nalishiga imkoniyat yaratadi. Xronikal-hujjatli kino operatori kinojurnalist vazifasini, ilmiy-ommabop va o&#8217;quv kinosi yaratilishida operator ko&#8217;proq muallif-operator vazifasini bajaradi. Har bir filmning postanovkachi operatori va ularga yordamchi operatorlar bo&#8217;ladi. Yordamchi operator postanovkachi-operator topshirig&#8217;i bilan ish ko&#8217;radi. Birinchi o&#8217;zbek kinooperatori Xudoybergan Devonov o&#8217;z faoliyatini 1907-08 yillar boshlagan. o&#8217;zbek kinosining dastlabki yillarida F. Verigodarovskiy, A. Ginzburg, A. Bulinskiy kabi chetdan kelgan mutaxassislar faoliyat ko&#8217;rsatgan. 30-yillarning boshlarida o&#8217;zbek operatorlaridan M. Qayumov, O. Tursunov, A. Saidov, M. Krasnyanskiy va boshqalar ish boshlagan. Keyinroq O&#8217;zbekistonga kelib ishlagan ukrain operatori D. Demuskiy faoliyati respublikamizda Operatorlik san&#8217;atining yuksalishida alohida o&#8217;ringa ega. U operatorlik qilgan &#171;Nasriddin Buxoroda&#187;, &#171;Tohir va Zuhra&#187;, &#171;Nasriddinning sarguzashtlari&#187; kabi filmlar eng yaxshi milliy kino asarlaridir. 50-yillarda N. Ryadov, A. Pann, P. Rasulov, X. Fayziyev kabi milliy suratga olish ustalari kirib keldi. 60-70-yillarga kelib o&#8217;zbek operatorlari film mavzuini kengaytirish uchun yangi uslublar topishda izlandilar. D. Fatxullin (&#171;Nafosat&#187;), Davron Salimov (&#171;Doyra&#187;), T. Ro&#8217;ziyev (&#171;yor-yor&#187;), Sh. Junaydullayev (&#171;Dilbarim&#187;) kabi yangi kuchlarning kelib qo&#8217;shilishi filmlarning tasvir imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. 70-80-yillar o&#8217;zbek kinosida keng tarqalgan janr va mavzu xilma-xilligi yangicha fikrlaydigan operatorlar yetishib chiqishini ta&#8217;minladi. Ayniqsa, A. Ismoilov (&#171;Shiddat&#187;), Sh. Mahmudov (&#171;Ajoyib xayolparast&#187;), T. Qayumov (&#171;Jazirama quyosh ostidagi uy&#187;), E. A&#8217;zamov, L. Simbirsev (&#171;ota nasihati&#187;), D. Abdullauev (&#171;Vatanga xizmat qilib&#187;), N. G&#8217;ulomov (&#171;Suyunchi&#187;), B. Nazarov (&#171;So&#8217;z raisga&#187;) kabi operatorlarning xizmatlari alohida. Mustaqillikdan so&#8217;ng Operatorlik san&#8217;ati yanada gurkirab o&#8217;sdi, imkoniyatlar kengaydi, janr va uslub jixatdan chuqurlashdi. O&#8217;zbek operatorlarining mahoratlari namoyon bo&#8217;lishida &#171;Buyuk Amir Temur&#187; (R. Ibrohimov), &#171;Marg&#8217;iyona&#187; (H. Hasanov), &#171;Otamdan qolgan dalalar&#187; (R. Galiev), &#171;Yolg&#8217;iz yodgorim&#187; (U. Hamroyev), &#171;Ayollar saltanati&#187; (H. Fayziev,) &#171;Tilsimoy \u2014 g&#8217;aroyib qizaloq&#187; (M. Mirzaahmedov) kabi filmlar yana bir katta &#171;kuprik&#187; vazifasini o&#8217;tadi. Rejissyor Zulfiqor Musoqovning &#171;askar hikoyasi&#187;, &#171;Abdullajon&#187;, &#171;Ayajon&#187;, &#171;Mo&#8217;jizalar maydoni&#187; filmlari vizual san&#8217;at rivojla- Nishida boy &#171;ozuqa&#187;dir. Falsafiy g&#8217;oya bilan sug&#8217;orilgan U. Hamroyevning &#171;Voiz&#187; filmi yirik operatorlik ishi bo&#8217;ddi. M. Qayumov, H. Fayziev, A. Ismoilov, T. Nodirov, D. Salimov, Sh. Mahmudov, D. Abdullaev va boshqalar respublikamizning eng taniqli operatorlaridan. Jo&#8217;ra Teshaboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Operatorlik san&#8217;ati &#8212; Suratga olish uslubi orqali film mazmuni va g&#8217;oyasini ochib berish hamda badiiy tasvir yaratish vazifasidan iborat kinematografiya va televideniega xos bo&#8217;lgan badiiy ijod sohasi. Operatorlik san&#8217;atining rivoji &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/operatorlik-sanati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110915","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110915","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110915"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110915\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110926,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110915\/revisions\/110926"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110915"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110915"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110915"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}