{"id":110947,"date":"2023-10-11T10:11:46","date_gmt":"2023-10-11T07:11:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110947"},"modified":"2023-10-11T10:11:51","modified_gmt":"2023-10-11T07:11:51","slug":"orenburg-savdo-yoli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/orenburg-savdo-yoli\/","title":{"rendered":"Orenburg savdo yo&#8217;li"},"content":{"rendered":"\n<p>Orenburg savdo yo&#8217;li &#8212; Rossiya bilan O&#8217;rta Osiyo o&#8217;rtasidagi savdo yo&#8217;li. Rossiya hukumati 18-asrning 30-yillarida Qozog&#8217;iston yerlarini o&#8217;zlashtirish va O&#8217;rta Osiyo bilan savdoni rivojlantirish maqsadida yoyiq daryosiga quyiladigan O&#8217;r daryosi yonida harbiy qal&#8217;a qurishga kirishib, K. Kirillov boshchiligida Orenburg ekspedisiyasini tashkil etdi. Ekspeditsiyaga harbiy qal&#8217;a qurish bilan birga o&#8217;zbek xonliklari bilan aloqalarni rivojlantirish hamda o&#8217;zbek savdogarlariga imtiyozlar berish vazifalari yuklatildi. Orenburg shahri kelajakda Rossiyaning Turkiston o&#8217;lkasi bilan diplomatik, iqtisodiy aloqalarida muhim o&#8217;rin tutishi lozim edi. Hukumat ko&#8217;rsatmasida Toshkent, Xo&#8217;jand, Xiva, Buxoro bilan aloqani yuksak darajaga ko&#8217;tarishga alohida ahamiyat berildi. Buxoroga 1-marta savdo karvoni yuboriladigan bo&#8217;ldi, o&#8217;zbeklarga Rossiyada doimiy yashashga ruxsat ham berildi. 1735 yil avgustdan Orenburg shahriga poydevor qo&#8217;yildi, unda toshkentlik savdogarlar ham qatnashgan. 1744 yilda Orenburg gubernyasi tashkil topdi. Rossiya hukumati O&#8217;rta Osiyodan inglizlarni surib chiqarish uchun xonliklar bilan har qanday yo&#8217;l bilan bo&#8217;lsada diplomatik munosabatlarni qo&#8217;llab-quvvatladi, ularning elchilarini izzat-ikrom bilan kutib oddi. Tashqi ishlar kollegiyasi 1750 yilda Orenburgga Xiva xoni G&#8217;oyibxon vakillari kelganligini bilgandan so&#8217;ng gubernator Neplyuevga elchi orqali xonga tabrik va sovg&#8217;a yuborishni topshiradi va savdoni rag&#8217;batlantirish, Orenburgga ko&#8217;plab savdogarlarni yuborishni taklif etadi. 1753 yilda Xiva va Buxoroga Danilo Rukavkin boshchiligida savdo karvoni keladi. Orenburg savdo yo&#8217;lining uzunligi taxminan 2226 kilometr bo&#8217;lib, karvon uni 50-60 kun mobaynida bosib o&#8217;tgan. 1757, 1761 va 1763 yillarda Xiva elchilari Orenburg va Astraxonga keladi. So&#8217;ngra elchi har yili aprel va avgust oylarida Xiva mahsulotlarini Astraxonga tashib berish uchun Mang&#8217;ishloqqa rus kemalarini yuborishni so&#8217;raydi. 1774 yilda Buxoro elchisi Ernazar Maksutov Kaspiy dengizi atroflarida bepul savdo qilishga ruxsat oladi. Shundan so&#8217;ng buxoroliklarga Rossiya orkali Makkaga haj safariga borishga ruxsat beriladi. Orenburg savdo yo&#8217;li Rossiyaning O&#8217;rta Osiyo xonliklari bilan iqtisodiy, siyosiy va savdo-sotiq ishlarini kuchaytirishda muhim rol o&#8217;ynadi. Nazirboy Tojiboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Orenburg savdo yo&#8217;li &#8212; Rossiya bilan O&#8217;rta Osiyo o&#8217;rtasidagi savdo yo&#8217;li. Rossiya hukumati 18-asrning 30-yillarida Qozog&#8217;iston yerlarini o&#8217;zlashtirish va O&#8217;rta Osiyo bilan savdoni rivojlantirish maqsadida yoyiq daryosiga quyiladigan O&#8217;r daryosi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/orenburg-savdo-yoli\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110947","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110947","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110947"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110947\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110953,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110947\/revisions\/110953"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110947"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110947"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110947"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}