{"id":110963,"date":"2023-10-11T12:17:28","date_gmt":"2023-10-11T09:17:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110963"},"modified":"2023-10-11T12:17:33","modified_gmt":"2023-10-11T09:17:33","slug":"onomastika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/onomastika\/","title":{"rendered":"Onomastika"},"content":{"rendered":"\n<p>Onomastika (Yunoncha onomastike \u2014 nomlash, nom qo&#8217;yish san&#8217;ati) \u2014 tilshunoslikning har qanday atoqli nomlarni, ularning paydo bo&#8217;lish va o&#8217;zgarish tarixini o&#8217;rganuvchi bo&#8217;limi, shuningdek, barcha atoqli nomlar yig&#8217;indisi. Ayrim tadqiqotlarda &#171;Onomastika&#187; termini antroponimika ma&#8217;nosida ham qo&#8217;llangan. Onomastika mavjud onomastik tizimlarni aniqlash va o&#8217;rganishni maqsad qilib qo&#8217;yadi. Onomastika atoqli nomlarni olgan ob&#8217;yektlarning toifalariga muvofiq quyidagi bo&#8217;limlardan iborat: antroponimika \u2014 kishilarning atoqli nomlarini; toponimika \u2014 geografik ob&#8217;yektlarning atokli nomlarini; teonimika \u2014 turli diniy tasavvurlar bo&#8217;yicha xudolar, ma&#8217;budlar, diniy-afsonaviy shaxs va mavjudotlarning nomlarini; zoonimika \u2014 hayvonlarga qo&#8217;yilgan (shartli) atoqli nomlarni; kosmonimika \u2014 fazoviy bo&#8217;shliq hududlari, galaktikalar, Burjlar va boshqalarning ilmiy muomalada va xalq orasida tarqalgan nomlarini; astronimika \u2014 ayrim osmon jismlari (planeta va yulduzlar)ning nomlarini o&#8217;rganadi. Onomastikaning yuqoridagilardan tashqari yana bir qancha bo&#8217;limlari bor. Onomastika atoqli nomlarni realionimlar (avval yoki hozir mavjud bo&#8217;lgan ob&#8217;ektlarning nomlari) va mifonimlar (xayoliy-to&#8217;qima ob&#8217;ektlarning nomlari)ga bo&#8217;ladi. Atoqli nomlarning lisoniy xususiyatlariga qarab Onomastika adabiy va dialektal, odatdagi (amaliy) va poetik, zamonaviy va tarixiy, nazariy va amaliy turlarga bo&#8217;linadi. Nazariy Onomastika til va nutqdagi, adabiy va dialektal sohalardagi atoqli nomlarning paydo bo&#8217;lishi, nominasiya (nomlash) asoslari, rivojlanishi, shu jarayondagi turli xil o&#8217;zgarishlari, nutqda qo&#8217;llanishi, muayyan hudud va tillarda tarqalishi hamda tarkibiy tuzilishini o&#8217;rganadi. Badiiy matnlardagi atokli nomlarni (poetik Onomastika) tadqiq etish alohida muammo hisoblanadi. Onomastika, shuningdek, tilshunoslikning qiyosiytarixiy, struktur, genetik, areal, onomastik xaritalashtirish va boshqa usullarini qo&#8217;llagan holda, atokli nomlarning fonetik, morfologik, so&#8217;z yasalishi, semantik, etimologik va boshqa jihatlarini o&#8217;rganadi. Amaliy Onomastika xorijiy tillarga mansub nomlarning transkripsiyasi va trans-literasiyasi, an&#8217;anaviy (talaffuz va yozilishiga ko&#8217;ra), tarjima kilinadigan va qilinmaydigan nomlarni aniqlash, &#171;begona&#187; nomlarni o&#8217;z tilda kanday yozish bo&#8217;yicha yo&#8217;riqnomalar tayyorlash, xorijiy tillardan o&#8217;zlashgan nomlardan yangi so&#8217;zlar hosil qilish bilan, nom berish va nomlarni o&#8217;zgartirish masalalari bilan shugullanadi. Onomastika tarix, etnografiya, arxeologiya, genealogiya, geraldika, matnshunoslik, adabiyotshunoslik, geografiya, astronomiya, geologiya, demografiya kabi fanlar bilan o&#8217;zaro aloqadordir. Abduvahob Madvaliyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Onomastika (Yunoncha onomastike \u2014 nomlash, nom qo&#8217;yish san&#8217;ati) \u2014 tilshunoslikning har qanday atoqli nomlarni, ularning paydo bo&#8217;lish va o&#8217;zgarish tarixini o&#8217;rganuvchi bo&#8217;limi, shuningdek, barcha atoqli nomlar yig&#8217;indisi. Ayrim tadqiqotlarda &#171;Onomastika&#187; &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/onomastika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110963","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110963","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110963"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110963\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110971,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110963\/revisions\/110971"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110963"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110963"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110963"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}