{"id":111181,"date":"2023-10-12T14:45:24","date_gmt":"2023-10-12T11:45:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111181"},"modified":"2023-10-12T14:45:28","modified_gmt":"2023-10-12T11:45:28","slug":"oltiariq-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/oltiariq-tumani\/","title":{"rendered":"Oltiariq tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Oltiariq tumani &#8212; Farg&#8217;ona viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Janubdan Farg&#8217;ona, shimoldan Namangan viloyati, G&#8217;arb va shimoli- g&#8217;arbdan Rishton, Buvayda hamda Bag&#8217;dod, shimoli-sharqdan Oxunboboyev, Yozyovon tumanlari va Janubdan Qirg&#8217;izistonning Qadamjoy tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,63 ming km2. Aholisi 166 ming kishi (2003). Oltiariq tumanida 1 shahar (Hamza), 1 shaharcha (Oltiariq), 15 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Azimobod, Bo&#8217;rbaliq, Jo&#8217;rak, Zilxa, Katput, Oltiariq, Oqbo&#8217;yra, Povulg&#8217;on, Polosoy, Fayziobod, Yangiarab, Yangiqo&#8217;rg&#8217;on, Qapchig&#8217;ay, Qiziltepa, G&#8217;ayrat) bor. Markazi \u2014 Oltiariq shaharchasi. Tabiati. Tuman hududining Janubiy adirlar, soylarning yoyilmalari, qumli sho&#8217;rxoklardan iborat. Adirlar va adir etaklarining balandligi 500-700 metr. Bu yerlar tog&#8217;lardan oqib tushadigan ko&#8217;p soylarning qadimgi konglomeratlaridan \u2014 So&#8217;x svitasi komplekslaridan tarkib topgan (qalinligi 80-200 metr). Adirlarning Markaziy Farg&#8217;ona tekisliklariga qo&#8217;shilib ketgan qanotlari yoyilma ko&#8217;rinishida bo&#8217;lib, toshli-shag&#8217;alli, gilli va qumoq jinslardan iborat. Ularning hammasi antropogen davrining turli yoshdagi yotqiziqlaridir. Shimol qismining relefi keng tekislik bo&#8217;lib, yuzasini qum, gil, o&#8217;nlab m chuqurlikda toshli-shag&#8217;alli jinslar qoplab yotadi. Ularning tagida 400 metr qalinlikda paleogen davrining karbonatli dengiz cho&#8217;kindilari bor. Iqlimi quruq, sershamol, bahor va kuzda shamol bo&#8217;ladi (tezligi sekundiga 12-15 metr). Yillik o&#8217;rtacha temperatura 13\u00b0, iyulda 26-28\u00b0, eng yuqori temperatura 42\u00b0, yanvarda o&#8217;rtacha temperatura -2\u00b0, eng past temperatura -23\u00b0. Vegetatsiya davri 210 kun. Yillik yogin 100-180 mm. Adir va adir etaklarida och bo&#8217;z, to&#8217;q bo&#8217;z, qo&#8217;ng&#8217;ir bo&#8217;z, markaziy va shimol qismida o&#8217;tloqi, o&#8217;tloqi-botqoq sho&#8217;rxok tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi o&#8217;simliklardan adirlarda shuvoq, bahorda efemer va efemeroidlar, Markaziy va shimol qismidagi qumliklarda sho&#8217;ra, yulg&#8217;un, selin, yantoq va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo&#8217;ri, quyon, tulki, kalamush, o&#8217;qilon, chiporilon, burgut, boyo&#8217;g&#8217;li, kalxat, qiyg&#8217;ir va boshqalar bor. Tumanning ekin maydonlari Oltiariqsoy, Janubiy Farg&#8217;ona, Katta Farg&#8217;ona, Katta Andijon, So&#8217;x-Shohimardon kanallaridan suv oladi. &#171;Qo&#8217;rg&#8217;ontepa&#187;, &#171;keng ko&#8217;l&#187; suv omborlari qurilgan. Cho&#8217;l qismida yirik mineral suv havzasi bor. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar (93,5%), shuningdek, tojyk (4, qirg&#8217;iz (1,9%), rus, lo&#8217;li, koreys, arman, nemis, chuvash, qozoq, ozarbayjon, ukrain va boshqa millat vakillari (1,1%) ham yashaydi. 1 km2 ga o&#8217;rtacha 263 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Shahar aholisi 22 ming 500 kishi (14%), qishloqaholisi 143 ming 500 kishi (86%; 2003). Xo&#8217;jaligi. Oltiariq tumani viloyatning Markaziy qismida joylashganligi, muhim transport yo&#8217;llarining o&#8217;tganligi, iqlim sharoitining qulayligi tumanda ishlab chiqarish, dehqonchilik va tadbirkorlik, madaniy- maishiy sohalari va savdo-iqtisodiy munosabatlarining rivojlanishiga muhim omil bo&#8217;lmoqda. Ishlab chiqarish korxonalari va turli muassasalar Oltiariq shaharchasi, Hamza shahi, Qapchig&#8217;ay, Fayziobod qishloqlarida joylashgan. Tumanda respublikadagi dastlabki korxonalardan hisoblangan Oltiariq neftni qayta ishlash va Oltiariq paxta tozalash zavodlari, shuningdek, &#171;shohimardonsoy&#187; mineral suv qadoqlash zavodi, vagonlarni bug&#8217;lab yuvish korxonasi, Qapchig&#8217;ay temir-beton buyumlari zavodi, Fayziobod qurilish kombinatlari (2 ta), 2 mexanizatsiyalashgan qurilish tashkiloti, MTP lari, 2 avtokorxona, avtomobil yo&#8217;llarini qurish, non mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari va boshqalar mavjud. Tumandagi 1051 xo&#8217;jalik yurituvchi sub&#8217;yektlardan 18 tasi aktsiyadorlik jamiyati, 15 shirkat xo&#8217;jaligi, 6 yirik sanoat korxonalari, 145 kichik va o&#8217;rta korxonalar, 326 fermer xo&#8217;jaliklardir. Tuman hududida respublika ahamiyatiga ega bo&#8217;lgan Toshkent\u2014Farg&#8217;ona hamda mahalliy Marg&#8217;ilon\u2014Qo&#8217;qon, Vodil\u2014uchuy avtomagistrallari o&#8217;tgan. Qoplamali asfalt yo&#8217;llarining umumiy uzunligi 392 kilometr. Qishloq xo&#8217;jaligining yetakchi tarmog&#8217;i \u2014 dehqonchilik. Tumandagi 24 ming gektar sug&#8217;oriladigan yer maydonidan 20,6 ming gektar yerga ekin ekiladi. Oltiariq tumanida 15 shirkat xo&#8217;jaligi, Qiziltepa fermerlar birlashmasi, tuman fermerlar uyushmasi tomonidan 7895 gektar yerga paxta, 8520 gektar yerga don ekinlari ekiladi (2002). 534 gektar o&#8217;rmonzor, 1530 gektar ko&#8217;p yillik daraxtzor, shundan 1250 gektar bog&#8217;, 21 gektar tokzor, 250 gektar tutzor bilan band. Tuman shirkat va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 29,8 ming qoramol (shu jumladan, 12,8 ming sigir), 13,9 ming qo&#8217;y, 32,6 mingdan ziyod parranda boqiladi (2003). Pillachilik bilan ham shug&#8217;ullaniladi. Oltiariq tumanida 41 umumiy ta&#8217;lim maktabi, 9 yillik tayanch maktabi, 3 lisey va gimnaziya, 3 kasb-hunar kolleji faoliyat ko&#8217;rsatadi. Ta&#8217;lim muassasalarida 41 mingdan ziyod o&#8217;quvchiga 3 mingdan ziyod o&#8217;qituvchi ta&#8217;lim-tarbiya beradi. Tumanda 2 bolalar va o&#8217;smirlar sport maktabi, futbol maktablari ishlab turibdi. Markaziy madaniyat saroyi, &#171;Oltiariq tarixi&#187; muzeyi, qishloq muzeyi, 5 madaniyat uyi, 26 jamoat kutubxonasi (239838 asar), &#171;Zilola&#187; ashula va raqs ansambli faoliyat ko&#8217;rsatadi. Tuman markazida Xotira maydoni, &#171;Motamsaro ayol&#187; monumenti mavjud. Oltiariq tumanining Qiziltepa mavzesida Respublika ahamiyatiga molik &#171;Oltiariq&#187; faxriylar sanatoriysi va 2 ta viloyat ahamiyatidagi hamda Fayziobod bolalar sanatoriylarida tabiiy yer osti mineral suvi bilan davolash yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Ushbu mineral suv asosida &#171;Shohimardonsoy&#187; qadoqlash korxonasi tashkil etilib, 2002 yilda ushbu korxona mahsuloti Shveytsariyada o&#8217;tkazilgan Xalqaro ko&#8217;rgazmada xalqaro &#171;sifat oltin yulduzi&#187; medali bilan taqdirlangan. Tumanda 6 kasalxona (830 o&#8217;rin), 7 poliklinika, 15 qishloq vrachlik punkti, 27 feldsher-akusherlik punkti, diagnostika markazlari, salomatlik-shoshilinch tez yordam markazi, silga qarshi kurashish dispanseri va boshqa tibbiy muassasalar &#171;Salomatlik&#187; dasturi asosida &#171;Abakus&#187;, &#171;Urosan&#187;, &#171;Fillips&#187;, &#171;Shiller&#187; laboratoriya jihozlari va plazmaforez apparatlari bilan ta&#8217;minlangan. Tumanda sportning 22 turi bo&#8217;yicha 10 mingdan ziyod sportchi shug&#8217;ullanadi. Stol tennisi, qo&#8217;l jangi, futbol, kurash, velosport rivojlangan. Sportning bu turlari bo&#8217;yicha O&#8217;zbekiston, xalqaro musobaqalar sovrindor va g&#8217;oliblari shu tumandan etishib chiqqan. Tumanda Qapchig&#8217;ay g&#8217;ori (miloddan avvalgi 33-12 ming yilliklar), zuraymomo tepaligi (miloddan avvalgi 6-asr). Kitqonqal&#8217;a (1-4-asrlar); arxeologik manzilgohlar; Ko&#8217;ktillo buva, Muyka Aziz buva, umoch buva, Sertut buva, Shoh Tolib buva, xasta xonim, Devona buva, Oqmozor kabi ziyoratgoxlar, Do&#8217;sti Xudo masjidi (Burbaliq, 18-19- asrlar) va boshqa tarixiy-me&#8217;moriy yodgorliklar mavjud. 1931 yildan &#171;davr ovozi&#187; gazeta nashr etiladi (adadi 3000).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oltiariq tumani &#8212; Farg&#8217;ona viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Janubdan Farg&#8217;ona, shimoldan Namangan viloyati, G&#8217;arb va shimoli- g&#8217;arbdan Rishton, Buvayda hamda Bag&#8217;dod, shimoli-sharqdan Oxunboboyev, Yozyovon tumanlari va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/oltiariq-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-111181","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111181","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111181"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111181\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111182,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111181\/revisions\/111182"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111181"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111181"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111181"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}