{"id":111251,"date":"2023-10-13T14:52:33","date_gmt":"2023-10-13T11:52:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111251"},"modified":"2023-10-13T14:52:39","modified_gmt":"2023-10-13T11:52:39","slug":"oliy-nerv-faoliyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/oliy-nerv-faoliyati\/","title":{"rendered":"Oliy nerv faoliyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Oliy nerv faoliyati &#8212; hayvon va odam Markaziy nerv sistemasi oliy bulimlari (bosh miya yarim sharlari pusti va pust osti markazlari)ning faoliyati; butun organizmning tashki muhit bilan normal munosabatda bulib turishini ta&#8217;minlaydi. Oliy nerv faoliyati terminini fanga I. P. Pavlov kiritgan. U Oliy nerv faoliyatini &#171;psixik faoliyat&#187; bilan bir ma&#8217;nodagi tushuncha deb hisoblagan. Pavlov aytganidek, psixik faoliyatning hamma shakllari, jumladan, odam tafakkuri va ongi Oliy nerv faoliyati elementlaridandir. Oliy nerv faoliyati to&#8217;g&#8217;risidagi ta&#8217;limotni yaratuvchilardan biri \u2014 Pavlovning o&#8217;tmishdoshi I. M. Sechenov bo&#8217;lgan. U &#171;Bosh miya reflekslari&#187; degan asarida (1863) psixik faoliyatning reflektor tabiati to&#8217;g&#8217;risidagi g&#8217;oyani rivojlantirgan. Yuqori darajada tashkil toptan hayvonlar Oliy nerv faoliyati asosida markaziy nerv sistemasining yuqori qismlari (yuqori darajada tuzilgan umurtqali hayvonlarda va odamda \u2014 bosh miya katta yarim sharlarining po&#8217;stlog&#8217;i)da hosil bo&#8217;ladigan shartli reflekslar hamda murakkab shartsiz reflekslar (instinktlar, emotsiyalar), ya&#8217;ni, asosan, po&#8217;stloq osti nerv qosilalari tomonidan amalga oshiriladigan bosh miya faoliyatining shakllari yotadi. Shartsiz reflekslarning Oliy nerv faoliyatidagi roli shundaki, mazkur reflekslar asosida hamma shartli reflekslar hosil bo&#8217;libgina qolmay, balki shartli va shartsiz reflekslarning Oliy nerv faoliyatidagi ahamiyati hayvonot olamining tarixiy rivojlanish jarayonida o&#8217;zgaradi. Pavlov fikricha, hatto yuqori darajada rivojlangan hayvonlar (masalan, it, maymun)ning Oliy nerv faoliyati, asosan, hayvonlar bilan odamda umumiy bo&#8217;lgan birinchi signal sistemasining xilma-xil va turli-tuman shartli reflekslar yig\u2019indisidan iborat. Nutqning asta-sekin rivojlanishiga qaramasdan birinchi signal sistemasinmng shartli reflekslari bolalar hayotining dastlabki yillarida Oliy nerv faoliyatining asosiy fondini tashkil qiladi; keyingi o&#8217;sish davrlarida esa odamning Oliy nerv faoliyati ma&#8217;lum o&#8217;rinni egallaydi. Lekin odamda mehnat faoliyatining ijtimoiy shakllari rivojlanishi munosabati bilan ikkinchi signallar paydo bo&#8217;ldi va rivojlandi. Pavlov Oliy nerv faoliyatining quyidagi asosiy qoidalarini ishlab chiqqan: 1) shartli reflekslar yoki nerv tutashishlarining hosil bo&#8217;lishi; 2) shartli refleks kuchining qo&#8217;zg&#8217;alish kuchiga bog&#8217;liqligi; 3) shartli qo&#8217;zg&#8217;atgichlarning yig&#8217;indisi; 4) shartli reflekslar mustahkam bo&#8217;lmaganligi uchun, shartli qo&#8217;zg&#8217;atuvchining keskin kuchayishi yoki yangi qo&#8217;zg&#8217;atuvchining ta&#8217;siri tufayli tormozlanishning o&#8217;sishi; 5) nerv jarayonlarining bosh miya po&#8217;stlog&#8217;ida tarqalishi va kontsentratsiyalanishi natijasida uning ayrim qismlari o&#8217;rtasida aloqaning vujudga kelishi hamda shartli reflekslarning umumlashishi va ixtisoslashishi; 6) qo&#8217;zg&#8217;alish va tormozlanishning po&#8217;stloq manbalari o&#8217;rtasidagi qarama-qarshi o&#8217;zaro munosabatni ta&#8217;minlaydigan nerv jarayonlarining bir-biri bilan bog&#8217;liq induktsiyasi. Oliy nerv faoliyatida Markaziy hodisa shartli reflekslar bo&#8217;lib, ular jahon neyro-fiziologiyasi va eksperimental psixologiyadagi muqim tadqiqot ob&#8217;yekti hisoblanadi. Pavlov va uning xodimlari belgilagan Oliy nerv faoliyatining asosiy faktlari va izchilligining to&#8217;g&#8217;ri ekanligi olimlarning ko&#8217;pgina ishlarida isbotlangan. Xususan, fiziolog P. K. Anoxin funktsional sistema nazariyasini ishlab chiqib, bu nazariyani funktsiyalar evolyutsiyasiga tatbiq etdi, natijada evolyutsion jarayonning umumiy qonuniyati bo&#8217;lgan sistemogenez tushunchasini yaratdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oliy nerv faoliyati &#8212; hayvon va odam Markaziy nerv sistemasi oliy bulimlari (bosh miya yarim sharlari pusti va pust osti markazlari)ning faoliyati; butun organizmning tashki muhit bilan normal munosabatda bulib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/oliy-nerv-faoliyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-111251","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111251","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111251"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111251\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111264,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111251\/revisions\/111264"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111251"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111251"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111251"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}