{"id":111253,"date":"2023-10-13T14:52:35","date_gmt":"2023-10-13T11:52:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111253"},"modified":"2023-10-13T14:52:41","modified_gmt":"2023-10-13T11:52:41","slug":"oligofreniya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/oligofreniya\/","title":{"rendered":"Oligofreniya"},"content":{"rendered":"\n<p>Oligofreniya (oligo&#8230; va phren \u2014 aql), aqliy norasolik \u2014 tug&#8217;ma yoki 3 yoshgacha bo&#8217;lgan davrda orttirilgan ruhiy rivojlanmay qolish bilan kechadigan kasalliklar guruhi. Bu nom nemis psixiatri E.Krepilin tomonidan berilgan. Oligofreniya ayollarga nisbatan erkaklar orasida ko&#8217;proq uchraydi. Oligofreniyaning yengil \u2014 debillik, o&#8217;rtacha \u2014 imbesillik va og&#8217;ir idiotlik (idiotizm) turi farq qilinadi. Oligofreniyaning sabablari xilma-xil. Bularga genetik-irsiy omillar, xromosomalarning buzilishi, ota-ona kasalliklari, ayniqsa, onaning homiladorlik vaqtidagi kasalliklari va zaharlanishlari, bolaning tug\u2019ilish davridagi shikastlanishlari hamda bola tug&#8217;ilgandan keyin 3 yil ichida o&#8217;tkazgan og&#8217;ir kasalliklari (meningit, entsefalit va hokazolar), miyaning shikastlanishlari va boshqalar kiradi. Oligofreniyaning asosiy belgisi ruhiy faoliyatning hamma tomonlama yetishmasligi, shaxsning bilim va ko&#8217;nikmalarining yetuk emasligi, tafakkuri, fikrlash krbiliyatining chegaralanganligi yoki umuman yo&#8217;qligi kiradi. Shaxe rivojlana va kamol topa borgani sari uning fikrlashi abstraktlasha boshlaydi, ya&#8217;ni aniq narsalar va belgilarga qarab tafakkuri boyiydi. Masalan, dastlab bir sonni boshqasiga qo&#8217;shish kerak bo&#8217;lsa, bunda bolalar konkret predmetlarni ko&#8217;zda tutadilar. Keyinroq predmetlashgan sonlar o&#8217;rniga faqat quruq sonlarning o&#8217;zi qolaverishi mumkin bo&#8217;lib qoladi, ya&#8217;ni o&#8217;sha konkret narsalar, buyumlar (predmetlar) mavhumlashadi. Mana shu jarayonga ular tushunib yetmaydilar. Karra jadvalni yodlab olib aytib berish \u2014 konkret hodisadir, konkret xotira faoliyatidir. Biroq bu jadval ichida ayirish, qo&#8217;shish, bo&#8217;lish kabi amallarni bajarishda mavhumlashgan fikrlar zarur bo&#8217;ladiki, buni bajarishda akli zaif bolalar juda qiynaladilar yoki butunlay bajara olmaydilar. Fikrlarni abstraktsiya qilish qobiliyatining yo&#8217;qligini, so&#8217;zlarning ma&#8217;nosiga tushunib yetmaslik holatlarini ham ko&#8217;rish mumkin. Oligofreniyada so&#8217;z boyligi, so&#8217;zlash qobiliyati, hissiyotlar, harakatlar ham sayoz bo&#8217;ladi. Ko&#8217;pincha bunday bemorlarda turli xil tug&#8217;ma nuqsonlar (anomaliyalar) kuzatiladi. Bularga muskullarning zaifligi (parez), bosh miya chanog&#8217;ining katta yoki kichikligi hamda qiyshiq bo&#8217;lishi, ko&#8217;z, quloq, burun, og&#8217;iz bo&#8217;shlig&#8217;i, qo&#8217;l-oyoq panjalari kamchiliklari yoki nuqsonlari va boshqalar kiradi. Kattaroq yoshga etgan aqliy noraso bemorlarda daydilik, ovqatlanish va jinsiy hislarning oshishiga taalluqli xatti-harakatlar, itoat etmaslik, qaysarlik yoki tajovujkorlik belgilari kuzatiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oligofreniya (oligo&#8230; va phren \u2014 aql), aqliy norasolik \u2014 tug&#8217;ma yoki 3 yoshgacha bo&#8217;lgan davrda orttirilgan ruhiy rivojlanmay qolish bilan kechadigan kasalliklar guruhi. Bu nom nemis psixiatri E.Krepilin tomonidan berilgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/oligofreniya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-111253","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111253","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111253"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111253\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111266,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111253\/revisions\/111266"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111253"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111253"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111253"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}