{"id":111260,"date":"2023-10-13T14:52:32","date_gmt":"2023-10-13T11:52:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111260"},"modified":"2023-10-13T14:52:36","modified_gmt":"2023-10-13T11:52:36","slug":"oliy-talim-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/oliy-talim-3\/","title":{"rendered":"Oliy ta&#8217;lim"},"content":{"rendered":"\n<p>Oliy ta&#8217;lim \u2014 turli oliy maktablarda yuqori, oliy malakali mutaxassislar tayyorlash. Oliy ta&#8217;lim oliy o&#8217;quv yurtlari tomonidan xalq xo&#8217;jaligi, fan va madaniyatning turli sohalari bo&#8217;yicha oliy malakali mutaxassis bo&#8217;lishni istagan va tegishli talablarni bajargan o&#8217;rta maxsus yoki kasb-hunar ta&#8217;limini olgan kishilarga ilmiy-nazariy bilim berish hamda muayyan ko&#8217;nikmalar shakllantirish yo&#8217;li bilan amalga oshiriladi. Oliy ta&#8217;lim jarayonida talabaga oliy ma&#8217;lumot beriladi. Oliy ma&#8217;lumot tushunchasi muayyan ixtisoslik bo&#8217;yicha mutaxassis oldida turgan nazariy va amaliy muammolarni mustaqil hal qilish imkonini beradigan darajadagi bilim va malakalar yig&#8217;indisini anglatadi. Oliy ta&#8217;lim uzoq tarixga ega bo&#8217;lib, u dastlab qadimgi Sharq mamlakatlarida paydo bo&#8217;lgan. Misr, Bobil, Xitoy singari mamlakatlarda mil.dan bir necha ming yillar burun Oliy ta&#8217;lim tizimi dunyoga kelgan. Oliy bosqichdagi maktablarda talabalar olimlarning tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari, davlatni boshqarish yo&#8217;llari haqidagi asarlarini o&#8217;rganar edilar. Platon (miloddan avvalgi 428\u2014 348 yil), Aristotel (miloddan avvalgi 384-322 yil) singari mutafakkirlar xar bir shaxsning jismoniy va aqliy imkoniyatlari 3 bosqichli ta&#8217;limda to&#8217;la namoyon bo&#8217;lishini asoslaganlar. Shuning uchun ham Yunoniston va qadimgi Rimda ozod kishilar hamda aslzodalarning farzandlari uchun ta&#8217;limning uchinchi \u2014 oliy bosqichi zarurligi tan olingan. Antik Oliy ta&#8217;limda falsafa, Filologiya, musiqa, notiqlik, tibbiyot, matematika fanlarini o&#8217;rganishga alohida e&#8217;tibor qaratilgan. Musulmon Sharqining ko&#8217;p mamlakatlaridagi kabi Turkistonda ham dastlabki Oliy ta&#8217;lim madrasalarsa berilgan. Insoniyat tarixida musulmon Renessansi degan bosqichning yuzaga kelishida madrasalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. G&#8217;arb mamlakatlarida 11 \u201412-asrlarga kelib zamonaviy ma&#8217;nodagi Oliy ta&#8217;lim tizimining dastlabki ko&#8217;rinishlari vujudga kela boshladi. Uyg&#8217;onish davrida matematika, mexanika, astronomiya, navigatsiya, tibbiyot kabi sohalardagi ulkan ilmiy kashfiyotlar Oliy ta&#8217;limning mazmuni chuqurlashuvi hamda qamrovi kengayishiga sabab bo&#8217;ldi. Fan, texnika, madaniyat va san&#8217;atning rivojlanishiga mutanosib ravishda Oliy ta&#8217;lim ham taraqqiy etib bordi. O&#8217;zbekistonning mahalliy aholisiga hozirgi tushunchadagi Oliy ta&#8217;lim O&#8217;rta Osiyo jadidchilik harakati asoschisi Munavvarqori rahbarligida 1918 yil 12 mayda Toshkentda tashkil etilgan Xalq dorilfununida berila boshlangan. Sho&#8217;rolar davrida Oliy ta&#8217;lim tarmog&#8217;i bir qadar kengaygan bo&#8217;lsada, mahalliy aholidan oliy ma&#8217;lumotli kadrlar tayyorlash ustuvor mavqeda bo&#8217;lmagan. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin Oliy ta&#8217;lim tez sur&#8217;atlar bilan rivojlana boshladi. O&#8217;zbekiston Respublikasining &#171;Ta&#8217;lim to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qonuni (1997)ga muvofiq, Oliy ta&#8217;lim o&#8217;rta maxsus yoki kasb-hunar ta&#8217;limi negiziga asoslanadi hamda ikki \u2014 bakalavriat va magistratura bosqichiga ega. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro&#8217;yobga chiqarishning ma&#8217;lum davriga qadar Oliy ta&#8217;lim o&#8217;n bir yillik umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim negizida ham amalga oshiriladi. E&#8217;tiqod erkinligiga amal qilinadigan O&#8217;zbekiston Respublikasida dunyoviy oliy o&#8217;quv yurtlari bilan birgalikda oliy diniy-o&#8217;quv yurtlari ham bor. O&#8217;zbekistonda Oliy ta&#8217;lim davlat qaramog&#8217;idadir. Mamlakatda universitet Oliy ta&#8217;limi ustuvor maqomga ega. Bu tayyorlanayotgan mutaxassislarning jahon darajasida nazariy bilim va amaliy tayyorgarlikka ega bo&#8217;lish imkonini beradi. Oliy ta&#8217;lim rasmiy davlat hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bunda ta&#8217;limning davlat standartlari, o&#8217;quv rejalari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ularda o&#8217;rganilishi majburiy va ixtiyoriy bo&#8217;lgan fanlar, ixtisoslik kurslari, ularning o&#8217;qitilish tartibi, miqdori, vaqti, nazariy va amaliy ta&#8217;lim o&#8217;rtasidagi nisbat, nazariy mashg&#8217;ulotlar, o&#8217;quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, reyting davri, ta&#8217;til, bakalavrlarning malakaviy bitiruv ishlari, magistrlarning dissertatsiyalarni yoklash muddati asosiy pedagogik hujjat \u2014 o&#8217;quv rejasida belgilab beriladi. O&#8217;quv rejasida o&#8217;rganiladigan fanlar gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy, matematik va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy, ixtisoslik fanlari va ta&#8217;limning qo&#8217;shimcha turlari singari qismlarga bo&#8217;linadi. O&#8217;quv rejasidagi fanlar majburiy, maxsus, tanlov va fakultativ ko&#8217;rinishlarida olib borilishi ko&#8217;zda tutilgan. Talabalarga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma&#8217;lumot berish ta&#8217;limning sirtqi shakli orqali amalga oshiriladi. O&#8217;zbekiston Respublikasida Oliy ta&#8217;lim tizimida bir qancha ixtisoslik bo&#8217;yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Kunduzgi Oliy ta&#8217;limda o&#8217;qish kurs tizimida olib boriladi: talaba barcha o&#8217;quv mash-g&#8217;ulotlariga qatnashishi majburiy. Sirtqi Oliy ta&#8217;limda ta&#8217;limning fan-kurs tizimi joriy etilgan. Bunga ko&#8217;ra, talaba imtihon sessiyasidagina mashg&#8217;ulotlarga kelishga majbur. Sirtqi Oliy ta&#8217;limning imtihon sessiyalari har bir o&#8217;quv yurtining imkoniyatiga qarab, bir yilda ikki martadan ortiq bo&#8217;lmagan yo&#8217;sinda tashkil etiladi. Sirtqi Oliy ta&#8217;lim muddati kunduzgi o&#8217;qishdagi tegishli mutaxassislikka qaraganda yarim yoki bir yil ortiq davom etadi. Qozoqboy Yo&#8217;ldoshev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oliy ta&#8217;lim \u2014 turli oliy maktablarda yuqori, oliy malakali mutaxassislar tayyorlash. Oliy ta&#8217;lim oliy o&#8217;quv yurtlari tomonidan xalq xo&#8217;jaligi, fan va madaniyatning turli sohalari bo&#8217;yicha oliy malakali mutaxassis bo&#8217;lishni istagan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/oliy-talim-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-111260","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111260","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111260"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111260\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111263,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111260\/revisions\/111263"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111260"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111260"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111260"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}