{"id":111279,"date":"2023-10-13T15:07:07","date_gmt":"2023-10-13T12:07:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111279"},"modified":"2023-10-13T15:07:11","modified_gmt":"2023-10-13T12:07:11","slug":"onalar-va-bolalar-muhofazasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/onalar-va-bolalar-muhofazasi\/","title":{"rendered":"Onalar va bolalar muhofazasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Onalar va bolalar muhofazasi \u2014 onalar va bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog&#8217;lom, jismonan va aqlan barkamol bolalarni tarbiyalashga qaratilgan davlat va ijtimoiy-tibbiy tadbirlar tizimi. O&#8217;zbekiston Respublikasida bu tizim ayollar, homiladorlar va emizikli onalar mehnatini muhofaza qilish krnunchiligi, onalar va bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, shuningdek, akusherlik-ginekologiya va pediatriya yordamini ko&#8217;rsatadigan Maxsus davolash-profilaktika muassasalari tarmoqlarini yaratishga asoslangan. Mamlakat mustaqillikka erishganidan so&#8217;ng Onalar va bolalar muhofazasiga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar ko&#8217;zda tutilgan dasturlar ishlab chiqilgan. 1998 yildan Toshkentda &#171;oila&#187; ilmiy-amaliy mar kazi faoliyat ko&#8217;rsata boshladi; bu Markazda O&#8217;zbekistonda oilani shakllantirish va demografik rivojlantirishga oid muammolar yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Davlat tomonidan yosh bolali onalar ish soatlari cheklanadi, ularga to&#8217;liqsiz ish kuni, to&#8217;liqsiz ish haftasi, shuningdek, zaruriyatdan kelib chiqib o&#8217;zlariga qulay soatlarda yoki uyda ishlash imkoniyatlari beriladi. Har bir ona va bola sog&#8217;lig&#8217;ini kuzatish, ularga malakali tibbiy yordam ko&#8217;rsatish ham davlat zimmasida. Sog&#8217;lom avlodni tarbiyalash maqsadida davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan maktabgacha ta&#8217;lim, maktab, Internat maktab, bolalarni sog&#8217;lomlashtirish komplekslari kabi xilma-xil tarmoqlar rivojlantirilmoqda. Onalar va bolalar muhofazasi 2 asosiy bo&#8217;limni: akusherlik-ginekologiya (tug&#8217;ishga yordam berish) va bolalarga davolash-profilaktika yordami ko&#8217;rsatishni tashkil qilishni o&#8217;z ichiga oladi. Akusherlik-ginekologiya yordamini maxsus muassasalar, xususan, shaharda tug&#8217;ruqxonalar, shuningdek, tarkibida ayollar maslahatxonasi bo&#8217;lgan tufuqxona komplekslari, kasalxonalarning akusherlik-ginekologiya bo&#8217;limlari, akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot instituti, tibbiyot institutlari akusherlik-ginekologiya kafedrasi tarkibidagi shu soha bo&#8217;limlari, ayollar maslahatxonasi, poliklinika va ishlab chiqarish korxonalari tibbiy-sanitariya qismi qoshidagi akusherlik-ginekologiya kabinetlari amalga oshiradi. Qishloq joylarda ayollarga akusherlik-ginekologiya yordamini viloyat, tuman kasalxonalarining tug&#8217;ruqxona bo&#8217;limlari, ambulatoriyasi, feldsher-akusherlik punktlari va poliklinikadagi akusherlik-ginekologiya kabinetlari ko&#8217;rsatadi. Ayollar maslahatxonasi o&#8217;z hududidagi poliklinika, homiladorlarni sog&#8217;lomlashtirish muassasalari, &#171;ona va bola skrining&#187; markazi va perinatal markazlar, tibbiy-genetik, shuningdek, &#171;nikoh va oila&#187; maslahatxonalari, oilaviy va bolalar poliklinikalari, ko&#8217;p tarmoqli kasalxonalarning ixtisoslashtirilgan bo&#8217;limlari bilan uzviy bog&#8217;liq holda faoliyat ko&#8217;rsatadi. Onalar va bolalar muhofazasi tizimida davolash-profilaktika yordamining bir nechta bosqichlari mavjud: 1-bosqich \u2014 yoshlarni jinsiy masalalarga tayyorlash, sog&#8217;lom oila qurish, jinsiy hayot genetikasi va jinsiy yo&#8217;l orqali yuqadigan kasalliklardan boxabar etish bo&#8217;yicha yuqori malakali tibbiy yordam ko&#8217;rsatishni &#171;oila va nikoh&#187; ilmiy maslahatxonalari amalga oshiradi. 2-bosqich \u2014 homilani antinatal muhofazalash kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish ayollar maslahatxonasi, tug&#8217;ruqxona komplekslari va boshqalar faoliyatiga kiradi. 3-bosqich \u2014 tug&#8217;ishni bekamu-ko&#8217;st olib borish uchun homilani intranatal muxrfazalash \u2014 bu tug&#8217;ruqxonalar zimmasiga yuklatilgan. 4-bosqich \u2014 yangi tug&#8217;ilgan chaqaloq sog&#8217;lig&#8217;ini himoya etish, uni emizish, umumiy holati, fiziologik rivojlanishini nazorat qilish va boshqa tug&#8217;ruqxonalarning chaqaloqlar bo&#8217;limida ko&#8217;zdan kechirib boriladi. 5-bosqich \u2014 maktabgacha yoshdagi bolalar sog&#8217;lig&#8217;ini muhofaza qilish. 6-bosqich \u2014 maktab yoshidagi bolalar sog&#8217;lig&#8217;igi himoya qilish. Bularning hammasi O&#8217;zbekiston Respublikasida yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan yagona Onalar va bolalar muhofazasi tizimida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Respublikamizda faoliyat ko&#8217;rsatayotgan Akusherlik va ginekologiya instituti, Pediatriya ilmiy tadqiqot instituti, &#171;ona va bola&#187; kasalxonasi va markazlari, shuningdek, shu sohaga oid qator davolash-profilaktika muassasalarida Onalar va bolalar muhofazasi bo&#8217;yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Onalar va bolalar muhofazasi \u2014 onalar va bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog&#8217;lom, jismonan va aqlan barkamol bolalarni tarbiyalashga qaratilgan davlat va ijtimoiy-tibbiy tadbirlar tizimi. O&#8217;zbekiston Respublikasida bu tizim ayollar, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/onalar-va-bolalar-muhofazasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-111279","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111279","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111279"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111279\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111281,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111279\/revisions\/111281"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111279"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111279"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111279"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}