{"id":111292,"date":"2023-10-16T13:29:23","date_gmt":"2023-10-16T10:29:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111292"},"modified":"2023-10-16T13:29:28","modified_gmt":"2023-10-16T10:29:28","slug":"omsk-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/omsk-viloyati\/","title":{"rendered":"Omsk viloyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Omsk viloyati \u2014 Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1934 yilda tashkil etilgan. G&#8217;arbiy Sibir iqtisodiy rayoniga kiradi. Maydoni 139,7 ming km2. Aholisi 2162,5 ming kishi (2000), asosan, ruslar (80,3%), shuningdek, nemis (6,3%), Ukrain (4,9%), qozoq (3,5%), tatar (2,3%) va boshqa millat vakillari (2,7%) ham yashaydi. Shahar aholisi 67,3%. Tarkibiga 32 ma&#8217;muriy tuman, 6 shahar, 24 shaharcha kiradi. Markazi \u2014 Omsk shahri. Boshqa yirik shaharlari \u2014 Isilko&#8217;l, Tara. Omsk viloyati G&#8217;arbiy Sibir tekisligida Irtish daryosi havzasida joylashgan. Yer yuzasi qiya-to&#8217;lqinsimon tekislik, balandligi 100-140 metr, Janubiy qismida qator tepa (&#171;Griva&#187;)lar, shim. qismida keng botqoqliklar bor. Iqlimi kontinental, mo&#8217;tadil sovuq. Qishi davomli va qattiq yanv.ning o&#8217;rtacha temperaturasi -20\u00b0. Iyulniki 20\u00b0. Yillik yog&#8217;in 300-400 mm. Vegetatsiya davri 153-162 kun. Daryolari Irtish havzasiga mansub. Ko&#8217;l ko&#8217;p, Janubdagi ko&#8217;llar ko&#8217;pincha sho&#8217;r, shimolda \u2014 chuchuk. Ulardan eng yiriklari \u2014 ik, Tenis, Saltaim, Ebeyti. Tuproklari qora tuproq, podzol, o&#8217;tloq, kulrang o&#8217;rmon, chimli podzol. O&#8217;rmon va butazorlar viloyat hududining 1\/4 qismini egallaydi. Qoraqarag&#8217;ay, oqqarag&#8217;ay, oq qayin, kedr, tog&#8217;terak o&#8217;sadi. Ayiq, bo&#8217;ri, tulki, quyon, ondatra, g&#8217;oz, o&#8217;rdak yashaydi, baliq turi ko&#8217;p. Sanoatining muhim tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik (qishloq xo\u2019jalik mashinasozligi, motorsozlik, priborsozlik, elektrotexnika va radioelektronika sanoatlari \u2014 &#171;Polyot&#187; ishlab chiqarish birlashmasi, &#171;Omsk&#187; motorsozlik korxonasi, &#171;Sibkriotexnika&#187; va boshqalar), neftni qayta ishlash, kimyo va neft kimyosi (sintetik kauchuk, texnik rezina mahsulotlari, plastmassalar, Omsk neftni qayta ishlash zavodi, &#171;Omskkauchuk&#187; aktsiyadorlik jamiyati, texnik uglerod zavodi; avtopokrishkalar \u2014 &#171;Omskshina&#187; va boshqa korxonalar). Yog&#8217;ochsozlik korxonalari ishlab turibdi. Yirik sanoat markazlari \u2014 Omsk, Kalachinsk, Isilko&#8217;l, Tara va boshqa shaharlar. Omsk viloyati Sibirning yirik qishloq xo\u2019jalik rayonlaridan biri. G&#8217;alla, texnik (zig&#8217;ir) va ozuqa ekinlari, kartoshka va sabzavot ekiladi. Sut-go&#8217;sht chorvachiligi rivojlangan. Mo&#8217;ynali hayvonlar (Olmaxon, ondatra va boshqalar) ovlanadi, darrandachilik bilan shug&#8217;ullaniladi. Irtish daryosida kema qatnaydi. Nijnevartovsk \u2014 Ust-Balik\u2014Omsk neft quvuri o&#8217;tkazilgan. Avtoyo&#8217;llar zichligi 53 km\/ming km2. 9 oliy o&#8217;quv yurti, 2 muzey, 4 teatr, filarmoniya bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Omsk viloyati \u2014 Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1934 yilda tashkil etilgan. G&#8217;arbiy Sibir iqtisodiy rayoniga kiradi. Maydoni 139,7 ming km2. Aholisi 2162,5 ming kishi (2000), asosan, ruslar (80,3%), shuningdek, nemis &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/omsk-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-111292","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111292","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111292"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111292\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111301,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111292\/revisions\/111301"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111292"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111292"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111292"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}