{"id":111333,"date":"2023-10-16T15:13:42","date_gmt":"2023-10-16T12:13:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111333"},"modified":"2023-10-16T15:13:47","modified_gmt":"2023-10-16T12:13:47","slug":"olot-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/olot-tumani\/","title":{"rendered":"Olot tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Olot tumani \u2014 Buxoro viloyatidagi tuman. 1943 yil 14 Fevralda tashkil etilgan. 1960 yil Qorako&#8217;l tumaniga qo&#8217;shilgan. 1973 yil 26 dekabrda qayta tashkil etilgan. 1983 yildan yana Qorako&#8217;l tumani tarkibida. 1989 yildan Olot tumani yana alohida tuman maqomiga ega bo&#8217;ldi. Buxoro viloyatining Janubi-g&#8217;arbida joylashgan. Janub, Janubi-sharqdan Qashqadaryo viloyati, Janubi-g&#8217;arbdan eng katta masofada (75 kilometr) Turkmanistonning Lebap viloyati (Amudaryo orqali), shimoliy-G&#8217;arb va shimoliy-sharq tomondan Buxoro viloyatining Jondor, qorako&#8217;l, Buxoro, Qorovulbozor tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 3,22 ming km2. Aholisi 77,9 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Olot), 10 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Bahoriston, Guliston, Denov, Jumabozor, Kirlishon, Paxtakor, Soyinqorovul, Tolqonsayot, Chandir, Chorbog&#8217;) bor. Markazi \u2014 Olot shahri. Tabiati. Tuman hududi Zarafshon daryosining eng quyi qismida, Qorako&#8217;l deltasidagi tekislikda joylashgan. Relefida keskinlik kam. Faqat Dengizko&#8217;l rayonida Dengizko&#8217;l botig&#8217;i (160 metr) va Dengizko&#8217;l platosi o&#8217;rtasidagi balandliklar farqlanadi (Jilliqoya \u2014 302 metr, Somontepa \u2014 280 metr). Tumanning 10% ga yaqin maydoni o&#8217;zlashtirilgan vohadan iborat, qolgan qismi qumli, gipsli, gilli, sho&#8217;rxok cho&#8217;llardir, 100 ga yaqin qoldiq ko&#8217;l bor. Ulardan eng kattalari \u2014 Dengizko&#8217;l, Somonko&#8217;l, Qorong&#8217;iko&#8217;l, Sho&#8217;rko&#8217;l, Xo&#8217;jamsayod, Qarag&#8217;anjida va boshqalar. Qorako&#8217;l daryosining quyi oqimi va sobiq moxondaryo o&#8217;zani, asosan, tekislikdan iborat. Tuproqlari o&#8217;tloqi bo&#8217;z, qumloq bo&#8217;z, taqir bo&#8217;z tuproqlardir, Janubda sho&#8217;rxoklar katta maydonni egallaydi. Yer osti sizot suvlari ancha yaqin. Tuman hududida 132 quduqdan foydalanilmoqda. Yirik gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalari mavjud. Tuman hududi orqali Amu-Buxoro, Amu-Qorako&#8217;l kanallari o&#8217;tadi. Foydali qazilmalardan O&#8217;rtabuloq va Olotda tabiiy gaz, qoldiq ko&#8217;llarda tuz, qurilish materiallari zaxirasi katta. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi \u2014 0,4\u00b0, eng past temperatura -24\u00b0, iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 29,3\u00b0, eng yuqori temperatura 46\u00b0. Vegetatsiya davri 205 kun. Yillik yog&#8217;in 120-125 mm. Yovvoyi o&#8217;simliklardan boyalich, kovrak, yantoq, shuvoq, singren, saksovul, Qandim, bahorda rang, qo&#8217;ng&#8217;irbosh, yaltirbosh va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan taroq barmoqli qo&#8217;shoyoq, ingichka barmoqli yumronqoziq, malla yumronqoziq, sug&#8217;ur, sassiqko&#8217;zan, qumsichqon, qum bo&#8217;g&#8217;ma iloni, charx ilon, cho&#8217;l mushugi, qushlardan tuvaloq, qorabovur, olabovur, qirg&#8217;ovullar va boshqalar bor. Qumli cho&#8217;llarning tipik tabiiy komplekslarini qo&#8217;riqlash va boyitish maqsadida tuman hududida 1971 yilda Qorako&#8217;l qo&#8217;riqxonasi tashkil etildi. Qo&#8217;riqxonada 200 ga yaqin o&#8217;simlik turi (shundan 30 ga yaqin daraxt va butalar) bor. Qo&#8217;riqxonadagi suv havzalari (kanallar, ko&#8217;llar)da 30 ga yaqin baliq turi yashaydi. Sudraluvchilarning 30 xili, qushlarning 170 turi, sut emizuvchilarning 30 ga yaqin turi bor. Jumladan, qo&#8217;riqxonada Zarafshon qirg&#8217;ovuli, qum quyoni, qobon va boshqalar ko&#8217;paytirilmoqda. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, turkman, qozoq, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km2 ga 24,2 kishi (2003). Shahar aholisi 11,5 ming kishi, qishloq aholisi 66,4 ming kishi. Xo&#8217;jaligi. Tuman qishloq xo\u2019jaligi asosan, paxtachilik, g&#8217;allachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Pillachilik, sabzavotchilik, polizchilik ham rivojlanmoqda. Sug\u2019oriladigan yerlar 19,5 ming gektar. Tumanda 8 yirik sanoat korxonasi mavjud. Shulardan O&#8217;zbekiston \u2014 Shveytsariya\u2014Germaniya qo&#8217;shma korxonasida paxta xom ashyosidan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Hunarmandchilik tarmoqlari bor. 2 ta avtoxo&#8217;jalik ishlab turibdi. O&#8217;rmon xo&#8217;jaligi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Tumanda 14 shirkat xo&#8217;jaligi, 800 dan ortiq fermerlar xo&#8217;jaligi mavjud. &#171;Olot&#187; shirkat xo&#8217;jaligi qo&#8217;ychilikka ixtisoslashtirilgan. Tuman shaxsiy va jamoa xo&#8217;jaliklarida 36,9 ming qoramol, 87,9 ming qo&#8217;y va echki, 36,2 ming parranda boqiladi (2003). Tuman markazi O&#8217;rta Osiyo temir yo\u2019l tarmoqlari bilan bog&#8217;langan. Buxoro\u2014Olot yo&#8217;nalishida poezd qatnovi yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Avtoyo&#8217;llarning uzunligi 251 kilometr. 2002\/2003 o&#8217;quv yilida 35 ta umumiy ta&#8217;lim maktabida 19,7 ming o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi. Olot qishloq xo\u2019jalik kolleji (653 talaba), muzey, 38 kutubxona, 19 klub, madaniyat va istirohat bog&#8217;i bor. Tumanda Markaziy kasalxona, bir necha feldsher-akusherlik punktlari ishlab turibdi. Ularda 205 malakali tibbiy xodim xizmat qiladi. 1998 yildan &#171;Olot hayoti&#187; gazeta chop etilmoqda (adadi 1000).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Olot tumani \u2014 Buxoro viloyatidagi tuman. 1943 yil 14 Fevralda tashkil etilgan. 1960 yil Qorako&#8217;l tumaniga qo&#8217;shilgan. 1973 yil 26 dekabrda qayta tashkil etilgan. 1983 yildan yana Qorako&#8217;l tumani tarkibida. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/olot-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-111333","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111333","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111333"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111333\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111341,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111333\/revisions\/111341"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111333"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111333"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111333"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}