{"id":111334,"date":"2023-10-16T15:13:43","date_gmt":"2023-10-16T12:13:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111334"},"modified":"2023-10-16T15:13:48","modified_gmt":"2023-10-16T12:13:48","slug":"olmaota-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/olmaota-viloyati\/","title":{"rendered":"Olmaota viloyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Olmaota viloyati \u2014 Qozog&#8217;istonning Janubi-sharqidagi viloyat. 1932 yil 10 martda tashkil qilingan. Maydoni 104,7 ming km2. Aholisi 1614,8 ming kishi (1999). Asosan, qozoqlar. shuningdek, rus, ukrain, uyg&#8217;ur, koreys va boshqalar ham yashaydi. 11 ma&#8217;muriy tuman, 4 shahar va 6 shaharcha bor. Markazi \u2014 Olmaota shahri. Viloyat Janubda shimoliy Tyanshan tog&#8217;lari, shimoliy-g&#8217;arbda Balxash ko&#8217;li va shimoli-sharqda ili daryosi oralig&#8217;ida joylashgan. Sharqda Xitoy bilan chegaradosh. Olmaota viloyati hududining shimoliy qismi Janubiy Yettisuv tekisligi yoki Balxash bo&#8217;yi tekisligi (balandligi 300-500 metr)dan iborat. Janubiy qismini ketmon, orqa ili Olatovi va Kungay Olatovning shim. etaklari (balandligi 5000 metr) egallagan. Olmaota viloyati shimol qismining iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq (yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -9 dan -10\u00b0 gacha), yozi issiq (iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 24\u00b0). Yillik yog&#8217;in 100 mm dan (cho&#8217;dda) 1000 mm gacha (tog&#8217;larda). Vegetatsiya davri 205-225 kun. Viloyatning shimol va shimoliy-g&#8217;arbida oqar suvlar deyarli yo&#8217;q. Birgina ili daryosi oqadi. Janubiy tog&#8217; oldi qismlarida oqar suvlar ko&#8217;proq. Ko&#8217;pchilik daryolar tog&#8217;lardan boshlanib Ili daryosigacha yetib bormay, qumlarda tugaydi yoki sug&#8217;orishga sarf bo&#8217;ladi. Tog&#8217;larda chuchuk suvli kichik ko&#8217;l va mineral buloqlar ko&#8217;p. Olmaota viloyatining shimoliy-g&#8217;arbiy qismida gilli qo&#8217;ng&#8217;ir tuproq, bo&#8217;z tuproq va sho&#8217;rxoklar, ili daryosi vodiysida qamish, saksovul o&#8217;sadi, to&#8217;qaylar uchraydi. Tog&#8217;larda 600 metrdan yuqorida shuvoq- chalov betaga dashtlari; 800-1700 metr balandlikda o&#8217;tloq, 1500-1700 metrda Subalp o&#8217;tloqlari mintaqasi bo&#8217;lib, igna bargli daraxtlar ham aralash o&#8217;sadi. 2800 metrdan yuqori qismi Alp o&#8217;tloqlari va butazorlardan iborat. Cho&#8217;llarda qum sichqoni, tovushqon, jayran, Eliq, bo&#8217;ri, tulki, bo&#8217;rsiq, ili daryosi deltasida qobon, ondatra bor. Ilon, toshbaqa, kaltakesak, falanga, qorakurt, tog&#8217;larda Bars, silovsin uchraydi. Balxash kuli va Ili daryosida baliq ko&#8217;p. Orqa Ili Olatovi yon bag&#8217;rida Olmaota qo&#8217;riqxonasi tashkil etilgan. Viloyat iqtisodiyotida rivojlangan qishloq xo\u2019jaligi va yaylov chorvachiligi bilan birga har xil sanoat tarmoklari bor. Metallsozlik va murakkab mashinasozlik, yengil (to&#8217;qimachilik, trikotaj, tikuvchilik, ko&#8217;n-poyabzal va boshqalar), yog&#8217;ochsozlik va qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati tarmoqlari rivojlangan. Viloyat energetikasi daryo gidroenergiya resurslariga (Qopchig&#8217;ay GES, Olmaota GESlar kaskadi) va Qarag&#8217;anda havzasi ko&#8217;miriga asoslanadi. Sanoat korxonalarining asosiy qismi Olmaotada joylashgan. Talg&#8217;ar shahrida kigiz bosish va tikuvchilik fabrikalari, spirt zavodi, burunday shaharchasida shakar-qand va g&#8217;isht zavodlari, Qopchig&#8217;ay shahrida temir-beton konstruktsiyalar zavodi bor. Olmaota viloyatida qisman sug&#8217;orib va qisman sug&#8217;ormasdan dehqonchilik qilinadi. Sug&#8217;oriladigan yerning 80% ga yaqiniga ekin ekiladi. Bug&#8217;doy, arpa, suli, tariq, makkajo&#8217;xori, sholi, har xil dukkaklilar va yem-xashak ekinlari (asosan, beda), sabzavot, texnika ekinlari ekiladi. Qand lavlagi, tamaki, meva, uzum etishtiriladi. Qoramol, qo&#8217;y va echki, ot, parranda boqiladi. Tog&#8217; etaklarida, Olmaota atrofida qishloq xo\u2019jaligi shahar aholisini mahsulotlar bilan ta&#8217;minlashga ixtisoslashgan. Viloyat shimolda yaylov chorvachiligi (go&#8217;sht-moy va go&#8217;sht-jun, qo&#8217;ychilik, tuyachilik), tog&#8217;larning Janub qismida yilqichilik, go&#8217;sht va go&#8217;sht-jun (arxarmerinos qo&#8217;ylari boqish) chorvachiligi rivojlangan. Balxash ko&#8217;li va ili daryosida baliq ovlanadi. Muhim avtomobil yo&#8217;llari: Olmaota \u2014 Kaskelen \u2014 Bishkek, Olmaota \u2014 Talg&#8217;ar \u2014 Chilik \u2014 Norinko&#8217;l, Olmaota \u2014 ili \u2014 Toldiko&#8217;rg&#8217;on. Balxash ko&#8217;li va ili daryosida kema qatnaydi. 16 oliy o&#8217;quv yurti, teatrlar, muzeylar bor. Olmaota yonida turistik bazalar, tog&#8217; kurortlari, &#171;Medeo&#187; sport majmui joylashgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Olmaota viloyati \u2014 Qozog&#8217;istonning Janubi-sharqidagi viloyat. 1932 yil 10 martda tashkil qilingan. Maydoni 104,7 ming km2. Aholisi 1614,8 ming kishi (1999). Asosan, qozoqlar. shuningdek, rus, ukrain, uyg&#8217;ur, koreys va boshqalar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/olmaota-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-111334","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111334","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111334"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111334\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111342,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111334\/revisions\/111342"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111334"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111334"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111334"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}