{"id":111338,"date":"2023-10-16T15:13:48","date_gmt":"2023-10-16T12:13:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111338"},"modified":"2023-10-16T15:13:54","modified_gmt":"2023-10-16T12:13:54","slug":"olimxon-amir-olimxon-amir-sayd-olimxon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/olimxon-amir-olimxon-amir-sayd-olimxon\/","title":{"rendered":"Olimxon, Amir Olimxon, Amir Sayd Olimxon"},"content":{"rendered":"\n<p>Olimxon, Amir Olimxon, Amir Sayd Olimxon (1881, Karmana \u2014 1944.28.4, Kobul) \u2014 Buxoro amiri (1910-20), mang&#8217;itlardan. Amir Abdulahadning o&#8217;g&#8217;li. Peterburgdagi Nikolayev kadet (pajlar) korpusida ta&#8217;lim olgan (1893\u2014 96). 1898 yil Qarshi, so&#8217;ngra valiaxd sifatida Karmana bekliklariga hokim bo&#8217;lgan. Otasi vafotidan so&#8217;ng, Buxoro taxtiga o&#8217;tirgan (1910 yil 24 dekabr). Olimxon davrida Buxoro amirligining Rossiyaga qaramligi yanada kuchaydi. Taraqqiyparvar kuchlar, shuningdek, yosh buxoroliklar qattiqta&#8217;qib qilindi. Birinchi jahon urushi davrida Rossiya imperatori Nikolay II uni general-Leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlagan va o&#8217;zining general-ad&#8217;yutanti qilib tayinlagan (1915 yil dekabr). Chunki, u Rossiyaga katta miqdorda pul bilan yordam bergan edi. Buxoroda 1917 yil aprel namoyishi, xususan, Kolesov voqeasi (1918 yil mart) dan keyin u amirlik hududida 3000 kishini jadidlikda ayblab, nohaq qatl qildirgan. 1920 yil avgustda Buxoro bosqini natijasida amirlik tuzumi ag&#8217;darib tashlandi. Sentabr oyining o&#8217;rtalarida Olimxon Sharqiy Buxoroga borib, Buxoro xalqining bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borgan mustaqillik kurashiga rahbarlik qilishga urindi. Olimxon Hisor viloyatini o&#8217;ziga qarorgoh qilib, 6 oy davomida qizil askarlarga karshi kurashgan. Hisorda yangi hukumat tashkil qilib, buxoroliklarning qizil askarlarga qarshi olib borayotgan jang harakatlarini muvofiqlashtirishga intilgan. Olimxon Ko&#8217;lob, Hisor va Dushanba atrofida katta miqdordagi kuchlarni birlashtirishga muvaffaq bo&#8217;lgan. 1920 yil noyabr oyining o&#8217;rtalarida uning qo&#8217;shinlari Boysun, Darband, Sherobodni qizil askarlardan ozod qilishdi. Olimxon ixtiyoriga Farg&#8217;onadan yordamga yuborilgan 4000 yigit ham Sharqiy Buxoroga yetib keladi. 1921 yil 8 yanvarda Olimxon qo&#8217;shinining miqdori 25000 kishiga yetgan. Hisordan Ko&#8217;lob viloyatiga kelgan Olimxon butun qo&#8217;shinlariga Ibrohimbekni Oliy bosh qo&#8217;mondon (o&#8217;rinbosarlar: Sharqiy Buxoroda \u2014 Davlatmandbek va G&#8217;arbiy Buxoroda \u2014 Mulla Abdulqahhor) qilib tayinlaydi. Biroq, bir qator janglarda mag&#8217;lubiyatga uchragach, Olimxon Amudaryoning Chubek kechuvidan Afgonistonga o&#8217;tib ketgan (1921 yil 4 mart). Olimxonni Kobulda Afg&#8217;oniston amiri Omonullaxon qabul qilib, doimiy yashashi uchun unga Kal&#8217;ai Fotuda Maxsus qarorgoq ajratib beradi. U Kobulda yashasa ham Buxorodagi ozodlik harakatiga g&#8217;oyaviy jihatdan rahbarlik qilishda davom etdi, ko&#8217;rboshilar va ulamolarga turli maktublar va qimmatbaho sovg&#8217;alar jo&#8217;natib, ularni kurashga ilhomlantirgan. Olimxon Kobulda o&#8217;zining esdaliklarini yozib tugallaydi. Umrining oxirida ko&#8217;zi ojizlanib qoladi, og&#8217;ir dardga chalinadi. Uzoq davom etgan xastalikdan so&#8217;ng u Kal&#8217;ai Fotuda vafot etadi. Kobul atrofidagi shahidoni Islom (Islom shahidlari) qabristoniga dafn etilgan. Olimxon ning xotiralari Parijda frantsuz tilida (1929), keyinchalik G&#8217;arbda fors tilida, O&#8217;zbekistonda o&#8217;zbek va rus tillarida (1991), Tojikistonda tojik tilida (1992) alohida kitob sifatida chop qilingan. Olimxon hukmronligi davrida Buxoroda Olimxon madrasasi qurilgan, Sitorai Mohi Xosa saroyini qurish yakunlangan. As: Buxoro xalqining hasrati tarixi .T., 1991. Ad.: Ayniy S, Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, M., 1926; Fitrat, Amir Olimxonning hukmronlik davri, T., 1992; Muhammad Ali Baljuvoniy, Tarixi nofeiy [foydali tarix], T., 2001; Rajabov Q., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Olimxon, Amir Olimxon, Amir Sayd Olimxon (1881, Karmana \u2014 1944.28.4, Kobul) \u2014 Buxoro amiri (1910-20), mang&#8217;itlardan. Amir Abdulahadning o&#8217;g&#8217;li. Peterburgdagi Nikolayev kadet (pajlar) korpusida ta&#8217;lim olgan (1893\u2014 96). 1898 yil &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/olimxon-amir-olimxon-amir-sayd-olimxon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-111338","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111338","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111338"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111338\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111346,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111338\/revisions\/111346"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111338"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111338"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111338"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}