{"id":11136,"date":"2021-11-22T18:48:53","date_gmt":"2021-11-22T15:48:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=11136"},"modified":"2025-10-29T10:39:36","modified_gmt":"2025-10-29T07:39:36","slug":"ateizm-haqida-nimani-bilasiz-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ateizm-haqida-nimani-bilasiz-2\/","title":{"rendered":"ATEIZM haqida nimani bilasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>ATEIZM (Yunoncha a \u2014 inkor qo&#8217;shimchasi, theos \u2014 Xudo; Xudoni, dinni inkor etish)\u2014dinni, diniy ta&#8217;limotni, Xudoni, umuman ilohiy kuchlarga e&#8217;tiqod qilishni inkor etish. Diniy va ateistik dunyoqarashlar bir-biriga zid bo&#8217;lib, buning zaminida idealistik va materialistok falsafiy yo&#8217;nalishlar o&#8217;rtasidagi kurash yotadi. Ateizm qadimda ilk ateistik tasavvurlar paydo bo&#8217;lgan davrdan hoz. kungacha bir necha bosqichni bosib o&#8217;tdi. Qadimgi Misr, Bobil, Hindiston va Xitoyda miloddab avvalgi 3-ming yillikdan boshlab diniy aqidalarni tanqid qilgan asarlar paydo bulgan. Antik dunyo, ya&#8217;ni Yunoniston va Rim ateistlari tabiat hodisalarini Materialistik asosda talqin qilishga, dinlarning vujudga kelish sabablarini ochishga urindilar. O&#8217;rta asrlarda dinning mavqei kuchli bulgan sharoitda Ateizm deyarli rivojlanmadi. Yevropada o&#8217;rta asr mutaassibligi ustidan g&#8217;alaba qozonilgach, Spinoza, frantsuz materialistlari, Feyerbax kabi ateistlar o&#8217;z faoliyatlarini Tavrotning tanqidi va dunyoviy ma&#8217;rifatchilikni yoyishga qaratdilar. Umuman Marksgacha Ateizm asosan dinni tanqid qilish bilan cheklangan holda uning jamiyatda saqlanib qolishi va muayyan maqsadlarga xizmat qilishini e&#8217;tirof etish bilan xarakterlanadi. Marksistik Ateizm bundan tubdan farq qiladi, zero u o&#8217;z oldiga yerdagi hayotni inqilobiy yo&#8217;l bilan o&#8217;zgartirib, dindan xoli bo&#8217;lgan jamiyat barpo etishni maqsad qilib qo&#8217;ygandi. Markschi-leninchilar &#171;kommunistik jamiyat qurilishi jarayonida diniy hamda o&#8217;tmishning boshqa sarqitlaridan ozod bo&#8217;lgan, ilmiy ateistik dunyoqarash bilan qurollangan yangi inson shakllanajagi&#187; haqida da&#8217;vo qildilar. Marksistik ateizm O&#8217;zbekistonda ham o&#8217;zining salbiy rolini o&#8217;ynadi. 30-yillarda respublikada &#171;xudosizlar&#187; nomi bilan o&#8217;zbek tilida jurnal nashr etildi. Arab alifbosi bekor qilingach, minglab kitoblar yoqib yoki ko&#8217;mib tashlandi, yuzlab masjid va madrasalar omborxonalarga aylantirildi yoki tashlandiq holga keltirildi, Arab tili va Islom tarixining bilimdonlari quvg&#8217;in ostiga olindi. Toshkent shahrida Butunittifoq ilmiy ateizm institutining respublikalararo filiali ochilgani (1981 yil) va, ayniqsa, O&#8217;zbekiston KP MKning 16- (1984 yil) plenumi chaqirilganidan keyingi paytni O&#8217;zbekistonda Ateizmning quturgan yillari deb atash mumkin. Zero shu yillari mamlakatda dinga uzil-kesil barham berishga qaratilgan tadbirlar o&#8217;tkazildi. Jumladan, liniy bayramlar va marosimlar ta&#8217;qiqlanadi; hatto sevimli xalq bayrami Navro&#8217;zga ham &#171;diniy&#187; tamg&#8217;a urilib, uni yo&#8217;qqa chiqarishga harakat qilindi. SSSR qulagach, &#171;ilmiy ateizm&#187; umuman fan sifatida yo&#8217;q bo&#8217;ldi. Ilmiy-texnik jihatdan rivojlangan mamlakatlarda muayyan falsafaga (masalan, neopozitivizm, ekzistentsializm va hokazolar) asoslangan ateistik qarashlar hozir ham sezilarli o&#8217;rin egallaydi. Ayniqsa 20- asr 2-yarmida Bertran Rassel va Jan-Pol Sartrlarning asarlari bu borada katta rol o&#8217;ynadi. AQSh va G&#8217;arbiy Yevropa mamlakatlari aholisining 8-10% ateist hisoblanadi. Yer yuzida turli dinlar va mayda diniy firqalar misli ko&#8217;rilmagan darajada ko&#8217;payib ketgan bugungi real voqelikda Ateizmning o&#8217;ziga ham e&#8217;tiqod sifatida qarash urf bo&#8217;layapti. Ko&#8217;pgina xalqaro hujjatlarda, xususan, Inson huquqlari deklarasiyasida: &#171;har bir inson fikr, vijdon, din va e&#8217;tiqod erkinligi huquqiga egadir&#187;, deb yozilgan. Zamonaviy demokratik jamiyatlarda, shu jumladan, O&#8217;zbekistonda fuqarolar uchun haqiqiy vijdon erkinligi huquqi, ya&#8217;ni har qanday dinni erkin tanlab olish yoki hech qanday dinga e&#8217;tiqod qilmaslik Konstitutsiya bilan kafolatlangan. Ahadjon Hasanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ATEIZM (Yunoncha a \u2014 inkor qo&#8217;shimchasi, theos \u2014 Xudo; Xudoni, dinni inkor etish)\u2014dinni, diniy ta&#8217;limotni, Xudoni, umuman ilohiy kuchlarga e&#8217;tiqod qilishni inkor etish. Diniy va ateistik dunyoqarashlar bir-biriga zid bo&#8217;lib, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ateizm-haqida-nimani-bilasiz-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-11136","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11136","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11136"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11136\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162458,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11136\/revisions\/162458"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11136"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11136"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11136"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}