{"id":11148,"date":"2021-11-22T18:53:27","date_gmt":"2021-11-22T15:53:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=11148"},"modified":"2025-10-29T10:35:32","modified_gmt":"2025-10-29T07:35:32","slug":"aterov-viloyati-haqida-nimani-bilasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/aterov-viloyati-haqida-nimani-bilasiz\/","title":{"rendered":"ATEROV VILOYATI haqida nimani bilasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>ATEROV VILOYATI (1992 yilgacha Gurev viloyati) \u2014 Qozog&#8217;iston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 113,5 ming kilometr kvadrat. Aholisi 447,9 ming kishi (1999); asosan qozoqlar, shuningdek ruslar, beloruslar, o&#8217;zbeklar, koreyslar ham yashaydi. Markazi \u2014 Aterov shahri. Aterov viloyati Kaspiy bo&#8217;yi pasttekisligida joylashgan. Barxan qumlari, suv oqmaydigan botiqlar bor. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi \u2014 3,4\u00b0 dan \u2014 10,6\u00b0 gacha, iyulniki 24\u00b0-26\u00b0. Yiliga 100-200 millimetr yog&#8217;in tushadi. Yozda to&#8217;zonli bo&#8217;ronlar va suxoveylar bo&#8217;ladi. Asosiy daryolari: Ural, Emba, Uil, Sag&#8217;iz. Sayoz, asosan sho&#8217;r ko&#8217;llar bor. Yer yuzasining kattagina qismi sho&#8217;rxok, sho&#8217;rtob va qo&#8217;ng&#8217;ir cho&#8217;l-dasht tuproqlaridan iborat. O&#8217;simliklari chala cho&#8217;l tipidagi (sho&#8217;ra, shuvoq, betaga, chalov va boshqalar) o&#8217;simliklar, daryo qayirlarida daraxt, butazor (to&#8217;qayzor)lar mavjud. Aterov viloyati sanoatida neft qazib chiqarish, neftni qayta ishlash va baliq sanoati muhim o&#8217;rin tutadi. Energetikasi mahalliy va qisman chetdan keltiriladigan neft mahsulotlari va Karaganda ko&#8217;mirida ishlaydi. Neft Emba koni va Aterov atrofidan olinadi. Aterovda neftni qayta ishlash zavodi, shahar yaqinida baliq konserva kombinati ishlab turibdi. Mashinasozlik va metallsozlik (Aterovda mashinasozlik zavodi), kimyo, yog&#8217;ochsozlik, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Qishloq xojaligining yetakchi tarmog&#8217;i \u2014 yaylov chorvachiligi. Asosan dag&#8217;al junli qo&#8217;ylar boqiladi. Qishloq xo\u2019jaligiga yaroqli yerlarning ancha qismi pichanzor va yaylov. Bahorikor va sug&#8217;orma dehqonchilik qilinadi. Qishloq xo\u2019jaligida yem-xashak ekinlari (bir yillik o&#8217;tlar, silos uchun makkajo&#8217;xori) ham ekiladi. G&#8217;alla ekinlaridan asosan arpa, tariq yetishtiriladi, Volga va Ural daryolarining quyi oqimida sholi ekiladi. Sabzavot va kartoshka hamda poliz ekinlari ham salmoqli o&#8217;rin tutadi. Kaspiy dengizida baliq ovlanadi. Temir yo\u2019l orqali boshqa viloyatlar b-ila bog&#8217;langan. Ural daryosi (Uralskgacha) va Kaspiy dengizida (Aterovdan Astraxongacha va Fort Shevchenkogacha) kema qatnaydi. Yuklarning bir qismi avtomobil transportida tashiladi. Avialiniyalar Aterovni Aterov viloyatining boshqa joylari bilan bog&#8217;laydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ATEROV VILOYATI (1992 yilgacha Gurev viloyati) \u2014 Qozog&#8217;iston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 113,5 ming kilometr kvadrat. Aholisi 447,9 ming kishi (1999); asosan qozoqlar, shuningdek &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/aterov-viloyati-haqida-nimani-bilasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-11148","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11148","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11148"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11148\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162449,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11148\/revisions\/162449"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11148"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11148"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11148"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}