{"id":111572,"date":"2023-10-18T12:13:36","date_gmt":"2023-10-18T09:13:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111572"},"modified":"2023-10-18T12:13:41","modified_gmt":"2023-10-18T09:13:41","slug":"qabr-gor-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qabr-gor-2\/","title":{"rendered":"Qabr, go&#8217;r"},"content":{"rendered":"\n<p>Qabr, go&#8217;r \u2014 marhumni dafn etish uchun tayyorlangan maxsus joy. Qabr har bir xalqning urf-odati, yashaydigan geografik muhiti, kishilarning tabiiyilmiy tasavvurlari, diniy e&#8217;tiqodlariga ko&#8217;ra bir-biridan farq qiladi. O&#8217;liklarni ko&#8217;madigan xalqlarda, jumladan, o&#8217;zbeklarda ham Qabrning lahad, kamin, tik chuqur va sag&#8217;ana tiplari bor. Aksariyat yer osti suvlari chuqur bo&#8217;lgan qurg&#8217;oq joylarda lahad qaziladi. Lahad tipidagi Qabr O&#8217;zbekistonda bundan 3500 yil ilgarigi jez davri qabristonlarida ham uchraydi. Qabr tayyorlash uchun yerdan bir m3 chamasi tik chuqur \u2014 &#171;ayvoncha&#187; qazib, uning bir burchagidan o&#8217;lik bo&#8217;yi baravar gorizontal kavak \u2014 &#171;lahad&#187; kavlanadi, tuprog&#8217;i tashqariga olinadi. Ulik qo&#8217;yilayotganda go&#8217;rkov lahad ichiga tushib, o&#8217;likning bosh tomonini qibla (G&#8217;arb)ga qaratib yotqizadi. Lahadning teshigiga g&#8217;isht, tosh, guvala, chim qalab bekitiladi, so&#8217;ngra &#171;ayvoncha&#187; tuproq bilan to&#8217;ldiriladi. Ortib qolgan tuproq Qabr ustiga tepa qilib uyiladi. Kamin (yoki kamgoh) tipidagi Qabrda yer bir metrdan ortiq tik va cho&#8217;zinchoq o&#8217;ra qilib qaziladi. O&#8217;ra devori ostki yonidan uchburchak shaklida o&#8217;yiladi. O&#8217;lik shu kamin (kamgoh)ga qo&#8217;yiladi. Kamgoh og&#8217;zi g&#8217;isht, guvala va boshqalar bilan bekitiladi, so&#8217;ngra Qabr tuproq bilan to&#8217;ldiriladi. Tik chuqur shaklidagi Qabrda yer o&#8217;lik bo&#8217;yiga teng qilib kavlanadi, o&#8217;lik chuqurga chalqancha yotqiziladi. Qabr og&#8217;ziga katta yassi toshlar zichlab teriladi, so&#8217;ngra ustiga tuproq tortiladi. Sag&#8217;ana, asosan, yer osti suvlari yuza bo&#8217;lgan joylarda \u2014 Buxoro, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan, sag&#8217;anada yer qazilmaydi. O&#8217;lik yer yuzasiga qo&#8217;yiladi, uning ustiga pishiq g&#8217;ishtdan gumbazsimon sag&#8217;ana bino qilinadi. Qabrlarga qayta-qayta o&#8217;lik qo&#8217;yish, ba&#8217;zan bir oilaning erkaklarini bir Qabrga (oldin o&#8217;lganlarning suyaklarini bir chetga surib, o&#8217;rniga yangi o&#8217;likni sag&#8217;anaga) qo&#8217;yish odati bo&#8217;lgan. Xotinlar ham shunday tartib bilan qo&#8217;yilgan. Ba&#8217;zi turkiy xalqlarda, jumladan, o&#8217;zbeklarda boy tabaqalar sag&#8217;ana qurdirib qo&#8217;yish odati bo&#8217;lgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qabr, go&#8217;r \u2014 marhumni dafn etish uchun tayyorlangan maxsus joy. Qabr har bir xalqning urf-odati, yashaydigan geografik muhiti, kishilarning tabiiyilmiy tasavvurlari, diniy e&#8217;tiqodlariga ko&#8217;ra bir-biridan farq qiladi. O&#8217;liklarni ko&#8217;madigan xalqlarda, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qabr-gor-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111572","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111572","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111572"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111572\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111578,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111572\/revisions\/111578"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111572"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111572"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111572"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}