{"id":111600,"date":"2023-10-18T13:43:08","date_gmt":"2023-10-18T10:43:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111600"},"modified":"2023-10-18T13:43:15","modified_gmt":"2023-10-18T10:43:15","slug":"qoy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoy\/","title":{"rendered":"Qo&#8217;y"},"content":{"rendered":"\n<p>Qo&#8217;y \u2014 quvushshoxlilar oilasi qo&#8217;ylar turkumiga mansub juft tuyoqli, kavsh qaytaruvchi uy hayvoni. Qo&#8217;y bundan 8 ming yil avval xonakilashtirilgan. Uning ajdodi yovvoyi qo&#8217;ylar (muflonlar, arxar, arkallar) hisoblanadi. Mavjud kalta dumli qo&#8217;y zotlari muflonlardan, uzun dumli qo&#8217;y zotlari va yog&#8217;li dumli Qorako&#8217;l qo&#8217;ylari arxarlardan, dumbali (hisori, jaydari va shu kabilar) qo&#8217;ylar arkallardan kelib chiqqan. Qo&#8217;y asrlar mobaynida inson hayotida muhim oziq-ovqat mahsuloti (go&#8217;shti, yog&#8217;i), kiyim-kechak (teri, juni) va boshqalar sifatida katta rol o&#8217;ynagan. Tanasining balandligi 55-100 santimetr, uzunligi 60-100 santimetr. Ko&#8217;pgina zotlarda qo&#8217;chqorlari yaxshi rivojlangan burama shoxli, sovliqlari shoxsiz yoki kalta shoxli. Tumshug&#8217;i to&#8217;g&#8217;ri, uchi ingichkaroq lablari yupqa, serharakat, kurak tishlari o&#8217;tkir, oyoqlari baquvvat. Voyaga yetgan Qo&#8217;ylarda 32 tish bo&#8217;ladi. Tusi oq, qora, malla va ko&#8217;k. Mayin junli, yarim mayin junli va dag&#8217;al junli, kalta dumli (10-12 umurtqali), uzun dumli (20-22 umurtqali), dumli va dumbali Qo&#8217;ylarga bo&#8217;linadi. Qo&#8217;ylar 14-15 yil yashaydi. Xo&#8217;jalikda 6 \u2014 8 yil foydalaniladi. 5-7 oyligida jinsiy yetiladi. 15-18 oyligida qochirishga qo&#8217;yiladi. Bo&#8217;g&#8217;ozlik davri 145-155 kun. Ko&#8217;pgina Q.lardan bittadan, ayrimlaridan 2 tadan, romanov zotli qo&#8217;ylardan 5 va undan ortiq qo&#8217;zi olinadi. Qo&#8217;zilar 2-6 kilogramm tug&#8217;iladi. 2-4 yoshida o&#8217;sishdan to&#8217;xtaydi. Mayin junli Qo&#8217;yning jun qoplami diametri o&#8217;rtacha 18-25 mkm bo&#8217;lgan bir xildagi tivit tolalaridan, dag&#8217;al junli Qo&#8217;ylarning jun qoplami diametri 100-200 mkm bo&#8217;lgan aralash dag&#8217;al tolalardan iborat. Mayin junli q.ning jun tolasi uzunligi 6-10 santimetrdan uzunroq, yarim mayin junli Qo&#8217;ylarda 10-20 santimetr va dag&#8217;al junli Qo&#8217;ylarda 10-15 santimetr. Mayin junli Qo&#8217;ydan yiliga o&#8217;rtacha 5-6, yarim mayin junli Qo&#8217;ydan 3-6 va dag&#8217;al junli Qo&#8217;ylardan 1-4 kilogramm jun olinadi. Mayin junli va yarim mayin junli Qo&#8217;ylarning juni yiliga bir marta, dag&#8217;al junli Qo&#8217;ylarniki 2 marta \u2014 bahorda va kuzda qirqiladi. Qo&#8217;chqorlarining og&#8217;irligi 60-180, sovliqlariniki 35-110 kilogramm. So&#8217;yim chiqimi 45-60%. Qo&#8217;ylar tabiiy va mahalliy sharoitlarni hamda Qo&#8217;y zotlarining o&#8217;ziga xos biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda yaylovda (10-11 oy), yaylovda-qo&#8217;lda, qo&#8217;lda-yaylovda va qo&#8217;lda boqiladi. O&#8217;rta Osiyo xalqlari qadimdan Qo&#8217;ylarni go&#8217;shti, yog&#8217;i, terisi va suti uchun boqadi. Uzoq asrlar mobaynida O&#8217;zbekistonda xalq selektsiyasida hisori qo&#8217;y zoti, Qorako&#8217;l qo&#8217;y zoti va olimlar va chorvadorlar hamkorligida olib borilgan selektsiya \u2014 naslchilik ishlari natijasida bu zotning bir qancha zavod tiplari yaratildi. Dunyodagi barcha mamlakatlarda 250 dan ortiq turli yo&#8217;nalishga mansub qo&#8217;y zotlari urchitilib ko&#8217;paytirilmoqda. Ulardan \u2014 askaniya qo&#8217;y zoti, degeres qo&#8217;yi, merinoslar, prekos, RAM-bule, romanov qo&#8217;y zoti, saraji qo&#8217;y zoti, Tojikiston qo&#8217;y zoti, edilboy qo&#8217;y zoti kabi zotlar go&#8217;sht, jun yo&#8217;nalishidagi eng sermahsul zotlar hisoblanadi. O&#8217;zbekistonda, asosan, Qorako&#8217;l qo&#8217;y zoti, dumbali hisori qo&#8217;y zoti va dumbali jaydari qo&#8217;ylar boqiladi. Qo&#8217;ylar yaylovda boqilganda kuniga 8\u2014 10 kilogramm o&#8217;t iste&#8217;mol qiladi. Dag&#8217;al ozuqalar (pichan, silos) va boshqalarni yaxshi hazm qiladi. Yozda cho&#8217;l sharoitida ikki marta, qishda kunora sug&#8217;oriladi. Abdusattor Amirov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qo&#8217;y \u2014 quvushshoxlilar oilasi qo&#8217;ylar turkumiga mansub juft tuyoqli, kavsh qaytaruvchi uy hayvoni. Qo&#8217;y bundan 8 ming yil avval xonakilashtirilgan. Uning ajdodi yovvoyi qo&#8217;ylar (muflonlar, arxar, arkallar) hisoblanadi. Mavjud kalta &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111600","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111600","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111600"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111600\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111618,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111600\/revisions\/111618"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111600"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111600"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111600"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}