{"id":111669,"date":"2023-10-19T13:53:04","date_gmt":"2023-10-19T10:53:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111669"},"modified":"2023-10-19T13:53:07","modified_gmt":"2023-10-19T10:53:07","slug":"qatagon-qurbonlari-xotirasi-muzeyi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qatagon-qurbonlari-xotirasi-muzeyi\/","title":{"rendered":"&#171;Qatag&#8217;on qurbonlari xotirasi&#187; muzeyi"},"content":{"rendered":"\n<p>&#171;Qatag&#8217;on qurbonlari xotirasi&#187; muzeyi \u2014 O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi tizimidagi ilmiy-ma&#8217;rifiy muassasa. O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentining &#171;Qatag&#8217;on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to&#8217;g&#8217;risida&#187; (2001 yil, 1 may)gi farmoni asosida Toshkent shahrida &#171;Shahidlar xotirasi&#187; yodgorlik majmui (2002 yil, 31 avgustda) barpo etilgan. Muzey chor va sovet hokimiyati davrida Vatan ozodligi yo&#8217;lidagi faoliyati hamda xattiharakati uchun qatag&#8217;on etilgan vatandoshlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil qilingan. Muzeyning ilmiytematik ekspozitsiyasi quyidagi 7 bo&#8217;limdan iborat: 19-asrning o&#8217;rtalarida Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va unga qarshi xalq qo&#8217;zg&#8217;olonlari; Turkiston muxtoriyatining tugatilishi va 20-yillardagi qatag&#8217;on; &#171;quloqlashtirish&#187; kompaniyasi (30-yillar); 30-yillardagi qatag&#8217;on; 40 \u201450-yillardagi qatag&#8217;on; 80-yillardagi qatag&#8217;on (&#171;paxta ishi&#187;); mustaqil O&#8217;zbekistonda qatag&#8217;on qurbonlari xotirasining e&#8217;zozlanishi. Muzeyning asosiy vazifalari quyidagilar: qatag&#8217;onchilik siyosatining paydo bo&#8217;lish sabablari va oqibatlarini tadqiq etish va uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi sifatida aks ettirish; mamlakatimiz fuqarolarini, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash; qatag&#8217;on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bog&#8217;liq ma&#8217;naviy-ma&#8217;rifiy tadbirlarni amalga oshirish va targ&#8217;ib etish; qatag&#8217;on qurbonlari hayoti va faoliyatini o&#8217;rganish; ilmiyijodiy merosini to&#8217;plash, nashrga tayyorlash va chop etish; muzey fondlari va ekspozitsiyalarini mamlakatimiz hamda xorijdagi turli hujjatlar va boshqalar eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borish. Muzey &#171;Shahidlar xotirasi&#187; xayriya jamg&#8217;armasi bilan hamkorlikda &#171;Qishloq fojiasi&#187; (R. Shamsutdinov), &#171;Abdulla Qodiriy&#187; (S. Mirvaliev), &#171;Cho&#8217;lpon&#187; (N.Karimov) tadqiqotlari, Munavvarqori Abdurashidxonov va Botuning &#171;tanlangan asarlar&#187;ini nashr etgan, O&#8217;zbekiston hujjatli va badiiy filmlar kinostudiyasi hamda &#171;O&#8217;zbektelefilm&#187; studiyasi bilan hamkorlikda &#171;Barhayot xotira&#187;, &#171;Armonli yillar ko&#8217;zgusi&#187;, &#171;fidoyi olim&#187;, &#171;Mirtemir&#187; singari hujjatli filmlar yaratgan. Muzey binosi mamlakatimizning noyob me&#8217;moriy inshootlaridan biri hisoblanadi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi va g&#8217;oyasi asosida loyihalangan va bunyod etilgan (2002, me&#8217;mori A.Turdiev va boshqalar). Bino an&#8217;anaviy me&#8217;morlik uslubi (ayvon, gumbaz, peshayvon, ravoq va boshqalar)da qurilib, milliy bezaklar bilan ziynatlangan. Muzey binosi murabba tarhli (20&#215;20 metr), balandligi 20 metr, gumbazli (balandligi 6,2 metr, diametri 5,8 metr; Feruza rang gumbazi &#171;Shahidlar xotirasi&#187; yodgorlik majmuidagi ayvon gumbazi bilan uyg&#8217;un), bino atrofi kengligi 4 metr bo&#8217;lgan ochiq ayvon bilan o&#8217;ralgan, undagi 28 ta ustun va to&#8217;sinlar hamda 4 tarafdagi kirish zinapoyalari binoga o&#8217;ziga xos salobat baxsh etadi. Binoning pastki qismida texnik-muhandislik, ma&#8217;muriyat va boshqalar qo&#8217;shimcha xonalar joylashgan, ular ko&#8217;rgazma zali bilan maxsus yo&#8217;lak va zinapoyalar orqali uzviy bog&#8217;lanadi. Bino bezagida marmar, haqiq, granit toshlar, rangli koshinlardan foydalanilgan, yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi (A.Abdullaev, S.Rahmatullaev, N.Sohibnazarov va boshqalar), ganchkorlik (M.Murodov va boshqalar), naqqoshlik (A.Karimov va boshqalar), koshinkorlik (M.Mamajonov, R.Muhammadjonov, M.Shedrin, V.Gan va boshqalar), gumbazning ichki bezagida murakkab iroqi muqarnas mahorat bilan qo&#8217;llanilgan. Binoni barpo etishda toshkent shahri me&#8217;morlik bosh boshqarmasi hamda &#171;Usto&#187; ijodiy ishlab chiqarish uyushmasi ustalari faol ishtirok etgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#171;Qatag&#8217;on qurbonlari xotirasi&#187; muzeyi \u2014 O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi tizimidagi ilmiy-ma&#8217;rifiy muassasa. O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentining &#171;Qatag&#8217;on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to&#8217;g&#8217;risida&#187; (2001 yil, 1 may)gi farmoni asosida Toshkent shahrida &#171;Shahidlar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qatagon-qurbonlari-xotirasi-muzeyi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111669","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111669","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111669"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111669\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111670,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111669\/revisions\/111670"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111669"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111669"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111669"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}