{"id":111769,"date":"2023-10-20T10:03:55","date_gmt":"2023-10-20T07:03:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111769"},"modified":"2023-10-20T10:03:58","modified_gmt":"2023-10-20T07:03:58","slug":"quloqlashtirish-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/quloqlashtirish-2\/","title":{"rendered":"Quloqlashtirish"},"content":{"rendered":"\n<p>Quloqlashtirish, &#171;quloqlar&#187; (ruscha kulachestvo \u2014 mushtumzo&#8217;r) \u2014 mustabid sovet rejimining badavlat va o&#8217;rta hol dehqonlarni qishloq burjuaziyasi sifatida tugatish siyosati (1929\u2014 33). O&#8217;rta Osiyoda yer-suv islohoti o&#8217;tkazilishi jarayonida qishloqlardagi badavlat xonadonlarni &#171;mushtumzo&#8217;r&#187; (&#171;quloq&#187;) sifatida badarg&#8217;a qilish boshlangan. Bu islohot davridayoq 28 ming yirik va o&#8217;rta mulkdorlarning xo&#8217;jaliklari tugatilgan va ularning erlari musodara qilingan edi. Sovet hukumati qishloq xo\u2019jaligini jamoalashtirish (kollektivlashtirish) davridan boshlab quloqlarni sinf sifatida tugatishga jiddiy tayyorgarlik ko&#8217;rgan. VKP(b)MK siyosiy byurosining &#171;yoppasiga jamoalashtirish rayonlarida quloq xo&#8217;jaliklarini tugatish tadbirlari to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qarori va VKP(b)MK O&#8217;rta Osiyo byurosining &#171;Quloqlarni sinf sifatida tugatish bilan bog&#8217;liq tadbirlar to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi ko&#8217;rsatmalari (1930 yil 26 yanvar) asosida O&#8217;zbekiston Kompartiyasi MK 1930 yil 17 Fevralda &#171;kollektivlashtirish va quloq xo&#8217;jaliklarini tugatish to&#8217;g&#8217;risida&#187; qaror qabul qilgan. O&#8217;zbekiston SSRda quloq xo&#8217;jaliklarini tugatish kompaniyasi shu qarordan so&#8217;ng avj olgan. Quloqlashtirish va o&#8217;rtahol dehqonlarga nisbatan zo&#8217;rlik qilish respublikadagi siyosiy vaziyatni keskinlashtirdi. Dehqonlarning noroziligi kuchayib, Farg&#8217;ona va Zarafshon vodiylari, boshqa hududlarda ommaviy norozilik namoyishlari, sovet tuzumiga qarshi isyonlar va qurolli chiqishlar yuz berdi. Ba&#8217;zi isyonlar qurolli qo&#8217;zg&#8217;olon darajasiga ko&#8217;tarilgan. Faqat Qashqadaryo okrugida 1930 yil boshlarida dehqonlarning 14 ta norozilik chiqishlari yuz berib, ularda 3700 kishi ishtirok etgan. 1930 yil mart oyida O&#8217;zSSRda 240 ta, SSSRda 2 mingdan ortiq qurolli chiqishlar qayd etilgan. &#171;Quloqlar&#187; sifatida ro&#8217;yxatga olingan badavlat xo&#8217;jaliklarning mol- mulki to&#8217;liq musodara qilinib, ularning oilalari o&#8217;zga yurtlar (Ukraina, shimoliy Kavkaz, Sibir, Qozog&#8217;iston, Uzoq Sharq va hokazolar) ga surgun qilingan. Shuningdek, respublikaning o&#8217;zida quloqlar uchun maxsus kontsentrasion lagerlar va ko&#8217;chirib keltirilganlarning majburiy mehnat posyolkalari (17 ta) tashkil qilingan. Sovet hokimiyatiga qarshilik qilgan &#171;quloqlar&#187; esa qamoqqa olingan va otib tashlangan. &#171;Quloqlar&#187;ga qarshi kurash O&#8217;zSSR da kun sayin kengayib borgan. 1931 yil avgustda 3828 ta &#171;quloq&#187; xo&#8217;jaliklari tugatilgan, 3871 xo&#8217;jalik &#171;quloq oilasi&#187; sifatida Ukraina, Sibir va shimoliy Kavkazga surgun qilingan. Rasmiy ma&#8217;lumotlarda ko&#8217;rsatilishicha, 1933 yilda O&#8217;zbekistonda surgun qilingan &#171;quloq&#187; xo&#8217;jaliklari son 5500 taga yetgan. O&#8217;rta Osiyo respublikalaridagi majburiy mehnat ko&#8217;chkindilarining soni 1934 yil 1 yanvar holatida 29559 kishi bo&#8217;lsa, oradan bir yil o&#8217;tgach, ularning soni 12039 kishiga tushib qolgan (kamayish, asosan, vafot etganlar va qochib ketganlar hisobidan). 1933 yilda Quloqlashtirish siyosati, asosan, amalga oshirib bo&#8217;lingan. Biroq 1934-37 yillarda ham ko&#8217;plab badavlat dehqon xo&#8217;jaliklari &#171;quloq&#187; qilingan. Sovet rejimi qishloqda o&#8217;z hokimiyatini to&#8217;la o&#8217;rnatib, jamoalashtirishni amalga oshirib bo&#8217;lgach, surgun qilingan &#171;quloq&#187; xo&#8217;jaliklariga nisbatan o&#8217;z siyosatini bir oz &#171;yumshatgan&#187;. Masalan, SSSR MIK 1934 yil 27 mayda &#171;Sobiq quloqlarning grajdanlik huquqlarini tiklash tartibi to&#8217;g&#8217;risida&#187; qaror qabul qilib, unda &#171;quloqlar&#187;ning saylov huquqlari tiklangan. Ikkinchi jahon urushi davrida majburiy mehnat ko&#8217;chkindilari tarkibida katta o&#8217;zgarishlar yuz bergan. Urushgacha va urushning dastlabki davrida &#171;quloqlar&#187; va ularning chaqiriq yoshidagi farzandlarini mehnat surgunidan ozod qilish boshlangan edi. Urush boshlangach, bu jarayon ham to&#8217;xtatildi. 1942 yilda SSSR hududida mehnat surgunida bo&#8217;lgan 100 ming kishi (O&#8217;zSSRda 1152 kishi) \u2014 &#171;quloqlar&#187; harakatdagi armiya safiga chaqirilib, frontga jo&#8217;natilgan. Sovet tuzumi davrida quloqlikka tortilib, surgun qilinganlardan tirik qolganlarining erkin fuqarolik maqomini olib, o&#8217;z yurtiga qaytish jarayoni juda og&#8217;ir kechib, u taxminan 20 yildan ko&#8217;proq vaqt (1934-56 yil)ni o&#8217;z ichiga oladi. &#171;Quloq&#187; qilinganlar miqdori to&#8217;g&#8217;risida tarixiy adabiyotlar va arxiv manbalarida turli raqamlar keltiriladi. Faqat 1930-31 yillarda SSSRdagi maxsus posyolkalarga ishlash uchun ko&#8217;chirib keltirilgan &#171;quloqlar&#187; soni 1803000 kishi (391 026 xo&#8217;jalik) bo&#8217;lgan. Ayrim tadqiqotchilar hisobiga ko&#8217;ra, &#171;quloq&#187; qilinganlar 3,5\u20149 million kishi atrofida edi. O&#8217;zbekistonda tugatilgan va surgun qilingan &#171;quloq&#187; xo&#8217;jaliklarining aniq miqdori hozirgacha to&#8217;liq aniqlanmagan. Ba&#8217;zi ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, bu davrda 20 ming &#171;quloq&#187; xo&#8217;jaliklari (taxminan 80 000 &#8212; 100 000 kishi) badarg&#8217;a qilingan, ulardan 31 700 kishi esa repressiyaga uchragan. Faqat 1931 yil avgust \u2014 1932 yil may oylari ichida respublikadan 9 651 xo&#8217;jalik (61 872 kishi) &#171;quloqlar&#187; sifatida surgun qilingan. Ad.: Golovanov A . A . Krestyanstvo Uzbekistana: evolyusiya sosialnogo polojeniya 1917-1937 gg., T.. 1992: Aminova R.X.. Vozvrashayas k istorii kollektivizasii v Uzbekistane, T., 1995; O&#8217;zbekistonning yangi tarixi, 2-kitob [O&#8217;zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida), T., 2000; O&#8217;zbekiston tarixi (1917-1991 y.). T.. 2000: Shamsutdinov R., O&#8217;zbekistonda sovetlarning quloklashtirish siyosati va uning fojeali oqibatlari, T., 2001; Shamsutdinov R., Qishloqfojeasi: jamoalashtirish, quloklashtirish, surgun, T., 2003. Rustambek Shamsutdshyuv, Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Quloqlashtirish, &#171;quloqlar&#187; (ruscha kulachestvo \u2014 mushtumzo&#8217;r) \u2014 mustabid sovet rejimining badavlat va o&#8217;rta hol dehqonlarni qishloq burjuaziyasi sifatida tugatish siyosati (1929\u2014 33). O&#8217;rta Osiyoda yer-suv islohoti o&#8217;tkazilishi jarayonida qishloqlardagi badavlat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/quloqlashtirish-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111769","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111769","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111769"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111769\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111771,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111769\/revisions\/111771"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111769"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111769"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111769"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}