{"id":111823,"date":"2023-10-20T13:27:10","date_gmt":"2023-10-20T10:27:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111823"},"modified":"2023-10-20T13:27:13","modified_gmt":"2023-10-20T10:27:13","slug":"qadimgi-uygur-tili","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qadimgi-uygur-tili\/","title":{"rendered":"Qadimgi uyg&#8217;ur tili"},"content":{"rendered":"\n<p>Qadimgi uyg&#8217;ur tili \u2014 ilk o&#8217;rta asrlardagi (hozirgi o&#8217;lik) adabiy turkiy tillardan birining shartli nomi; 9-asr o&#8217;rtalari \u2014 13-asr o&#8217;rtalarida Sharqiy Turkiston (hozirgi XXRning Sintszyan-Uyg&#8217;ur Muxtor rayoni)dagi Kucha(r) davlatining rasmiy tili bo&#8217;lgan. Qadimgi uyg&#8217;ur tili 19-asr oxiri \u2014 20-asr boshlarida Sharqiy Turkistondan 8-18-asrlarga mansub yozma yodgorliklarning (bu yodgorliklar Berlin, Kioto, Sankt-Peterburg, London, Parij, Pekin, Istanbul, Stokgolmdagi qo&#8217;lyozma fondlarida saqlanadi va Markaziy Osiyo xalqlari tarixi hamda madaniyatini o&#8217;rganishda muhim manba hisoblanadi) topilishi natijasida fanga ma&#8217;lum bo&#8217;lgan. Matnlarda aks etgan lisoniy tafovutlarga qaraganda, Qadimgi uyg&#8217;ur tilining 2 lahjasi bo&#8217;lgan (ular shartli ravishda &#171;plahja&#187; va &#171;lahja&#187; deb nomlanadi). Qadimgi uyg&#8217;ur tili o&#8217;z davrida boshqa adabiy turkiy tillar (masalan, qadimiy o&#8217;g&#8217;uz tili) bilan ham umumiy, ham farqli fonetik va morfologik belgilarga ega bo&#8217;lgan bo&#8217;lsada, uning bunday xususiyatlari ko&#8217;proq urxun-yenisey yozuvi yodgorliklari tiliga yaqin turadi. Qadimgi uyg&#8217;ur tili yozma yodgorliklari deganda, asosiy manbalarda 5-13-asrlarda 3 xil yozuv shakli (urxun-yenisey, uyg&#8217;ur, Arab yozuvlari)da bitilgan matnlar ko&#8217;zda tutilsada, ulardan faqat 5-9-asrlarda urxunenisey yozuvida (&#171;Selenga toshi&#187;) hamda qadimiy uyg&#8217;ur yozuvida yaratilgan (&#171;moniylarning tavba namozi&#187;) va &#171;moniyuyg&#8217;ur&#187;, &#171;buddauyg&#8217;ur&#187; deb ataluvchi yodgorliklargina Qadimgi uyg&#8217;ur tilining yodgorliklari hisoblanadi; Arab yozuvidagi musulmon-uyg&#8217;ur yodgorliklari esa Qoraxoniylar davri tiliga mansubdir. Shu bilan birga, har uchala turdagi yodgorliklar fonetik, leksik-grammatik jihatdan o&#8217;zaro farqlanadi. Ad.: Sherbak A.M., Grammaticheskiy ocherk yaznka tyurkskix tekstov X\u2014XVII vv. iz Vostochnogo Turkestana, M. \u2014 L., 1961; Baskakov N.A., Vvedenie v izuchenie tyurkskix yazmkov, 2izd., M., 1969; Drevnetyurkskiy slovar, L., 1969; Nasilov V. M. , Yazmk tyurkskix pamyatnikov uygurskogo Pisma XI\u2014XV vv., M., 1974; Abdurahmonov G&#8217;., Rustamov A., Qadimgi turkiy til, T, 1982.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qadimgi uyg&#8217;ur tili \u2014 ilk o&#8217;rta asrlardagi (hozirgi o&#8217;lik) adabiy turkiy tillardan birining shartli nomi; 9-asr o&#8217;rtalari \u2014 13-asr o&#8217;rtalarida Sharqiy Turkiston (hozirgi XXRning Sintszyan-Uyg&#8217;ur Muxtor rayoni)dagi Kucha(r) davlatining rasmiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qadimgi-uygur-tili\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111823","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111823","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111823"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111823\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111825,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111823\/revisions\/111825"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111823"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111823"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111823"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}